• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes Ayollar sahifasi Salomatlik

    Shifokorlarni hayratga solgan parhez: Beyonse va Madonna tez ozish uchun qanday ovqatlanadi?

    Sahnada, gastrol safarlarida va qizil yo‘lakda mukammal ko‘rinishga ega bo‘lish uchun mashhurlar har narsaga tayyor. Ayrimlar sport va muvozanatli ovqatlanishni tanlasa, boshqalar o‘ta jiddiy turdagi parhezni ma’qul ko‘radi: ular qalampirli kokteyllar ichadi, nonushtaga kapers yeydi va bir muddat to‘liq ochlik e’lon qiladi. Quyidagi maqolada mashhur xonanda va aktrisalarning eng noodatiy, ammo xavfli bo‘lgan parhez sirlarini jamladik.

    Beyonse — zarang siropi va limonli diyeta

    Foto: New York Post

    “Orzumdagi qiz” filmi uchun tayyorgarlik ko‘rish paytida Beyonse sahna liboslarida ideal ko‘rinish uchun ekstremal detoksga murojaat qilgan. Uning 10 kunlik yagona “taomi” uyda tayyorlangan limonad bo‘lgan: ichimlik oddiy suv, limon sharbati, bir chimdim qalampir va zarang siropidan iborat edi. Kunning qolgan qismida xonanda boshqa hech qanday taom iste’mol qilmagan.

    Ushbu og‘ir parhez tufayli Beyonse bir hafta ichida 9 kilogramm yo‘qotgan, ammo u ogohlantiradi: 

    “Bunday detoks barchaga birdek mos kelavermaydi va umuman olganda, detoks — vaqtinchalik chora. Men tavsiya qilgan “limonadli parhez” organizmni tozalashi mumkin, lekin tanani charchatib qo‘yadi.

    Merayya Keri — faqat losos balig‘i va kapers

    Foto: New York Post

    Merayya Keri chiroyli ko‘rinish uchun ko‘p narsaga tayyor — u hatto oshqozonning bir qismini olib tashlash operatsiyasini ham o‘tkazgan. Xonanda uchun parhez qilish odatiy holatga aylangan. Kerining eng g‘ayrioddiy diyetasi bu atigi ikki mahsulotdan iborat menyu: losos balig‘i va kapersdir. Taomga u hech qanday garnir, shirinlik yoki sous qo‘shmaydi.

    Nutritsiologlar nuqtai nazaridan losos balig‘i — oqsil va foydali yog‘ manbai, kapers esa o‘simlik tolalarga boy sabzavot, unda oz miqdorda uglevodlar bo‘ladi. Ammo bunday tartib hatto kuchli iroda egalarini ham qiynab qo‘yishi mumkin. Shifokorlar ogohlantiradi: oqsilga boy diyetalar tez natija beradi, biroq buyraklar va bo‘g‘imlarga jiddiy zarar yetkazishini ham inobatga olish zarur.

    Madonna — makrobiotik parhez

    Foto: New York Post

    Xonanda Madonna 60 yoshdan oshgan bo‘lsa-da, uning qaddi-qomatiga hatto 30 yoshli ayollar ham havas qiladi. Uning siri temir intizom va makrobiotik diyetadan iborat. Ko‘p yillardan beri xonanda shakar, spirtli ichimliklar, qahva, go‘sht, tuxum va sut mahsulotlarini iste’mol qilmaydi. Madonnaning ratsionida to‘liq don mahsulotlari, sabzavotlar, dukkaklilar, baliq va dengiz mahsulotlari bor. Har birini aniq nisbatda o‘lchab, kaloriyalarni hisoblab iste’mol qiladi.

    Makrobiotik parhez — bu nafaqat ovqatlanish usuli, balki hayot falsafasiga asoslangan yondashuv. Uning asosiy maqsadi tanani ichki muvozanatga olib kelish, organizmni tozalash va tabiiy hayot tarziga qaytish. Bu diyeta qadimgi Sharq falsafasiga tayanadi va Yaponiyada ayniqsa mashhur. Asosiy qoidalari:

    • Yarim vegetarian parhez: go‘sht, tuxum va sut mahsulotlari iste’moldan chiqariladi yoki minimal darajada yeyiladi;
    • Asosiy oziq-ovqatlar: butun donlar, sabzavotlar, dukkaklilar, yong‘oqlar, ba’zida baliq va dengiz mahsulotlaridan iborat;
    • Qayta ishlanmagan mahsulotlar: imkon qadar tabiiy, konservantlarsiz ovqatlar tanlanadi;
    • Tuz va shakar cheklangan: ayniqsa oq shakar va qayta ishlangan tuz iste’mol qilinmaydi;
    • Ovqatlanishda ongli yondashuv: ovqatni shoshilmay, xotirjam va faqat och qolgandagina yeyish kerak.

    Riz Uizerspun — nonushta, tushlik va kechki ovqat uchun bolalar pyuresi

    Foto: New York Post

    Aktrisa Riz Uizerspunning noodatiy parhez usuli bor: unga ko‘ra, nonushta, tushlik va kechki ovqat o‘rniga bolalar pyuresi iste’mol qilinadi. Har bir ovqat uchun bir nechta bankachalar yeyiladi, kuniga maksimal 1200 kilokaloriya bo‘lishi lozim. Tuz, shakar, kofein va boshqa souslar mutlaqo cheklanadi.

    Bunday parhez, albatta, tezda bir necha kilogramm vazn yo‘qotishga yordam beradi, ammo uni uzoq davom ettirib bo‘lmaydi. Chunki organizmga o‘simlik tolali moddalar va muhim ozuqalar yetib borishi shart, aks holda turli kasalliklar yuzaga keladi. Aktrisaning o‘zi ham bu usulni vaqtinchalik qo‘llaydi:

    “Eng asosiysi — ko‘proq harakat qilish va ortiqcha ovqatlanmaslik”, deydi u.
    17 aprel, 20:35   Izoh (0)   2705
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #parhez#diyeta#Gollivud

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Organizmga oqsil yetishmayotganligining 6 alomati

    05.02.2022, 12:11

    Muvaffaqiyatga erishish uchun qisqa muddatda katta vazn yo‘qotgan mashhurlar (foto)

    06.03.2022, 20:16

    40 kilodan 60 kilogacha. Oshqozon kichraytirish operatsiyasi orqali ozayotgan o‘zbekistonlik mashhurlar (foto, video)

    01.04.2022, 19:46

    Diyetada bo‘lsangiz, unuting: yuqori kaloriyaga ega mevalar

    05.07.2023, 15:19

    Cleen Sleeping: diyeta va jismoniy mashqlarsiz ozishga yordam beradigan sog‘lom uyqu haqida

    09.09.2023, 16:53

    Iordaniya qirolichasi Raniya al-Abdullaning bir xil vaznda yurishining siri nimada?

    03.10.2023, 17:17

    O‘smirlarda uchraydigan semizlik: xavotirga asos bormi va nima qilish kerak?

    24.11.2023, 16:48

    69 yoshli pensioner ayol birgina mahsulot orqali 30 kiloga ozdi

    27.02.2024, 15:10

    Qancha iste’mol qilsangiz ham semirtirmaydigan 15 ta mahsulot

    01.04.2024, 12:48

    Tez semirtiradigan eng zararli shirinliklar: ularni umuman iste’mol qilmaganingiz ma’qul

    14.06.2024, 14:30

    Yog‘ bosgan jigarni davolab, ortiqcha vazndan xalos bo‘lishga yordam beradigan samarali maslahatlar

    21.06.2024, 10:21

    Xoakin Feniks, Killian Myorfi va filmdagi obrazi uchun ko‘plab qiyinchiliklarni boshdan kechirgan aktyorlar

    20.09.2024, 14:57

    Olti oy davomida un mahsulotlari iste’mol qilinmasa, organizmda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

    11.10.2024, 12:40

    Ularni har kuni iste’mol qilasiz: semizlikka olib keladigan mahsulotlar

    20 yanvar, 16:49

    Mayizning ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan 7 ta foydali xususiyati

    27 yanvar, 17:45

    Hyu Jekman, Jennifer Lopes va vaqt o‘z ta’sirini o‘tkaza olmaydigan boshqa mashhurlar (foto)

    4 fevral, 14:57

    Mashhur turk aktrisalari ortiqcha vaznni qanday yenggani haqida so‘zlab berdi

    17 fevral, 14:52

    Diyetologlar buni aytmaydi: doim sarviqomat bo‘lishning siz bilmagan 5 ta siri

    20 fevral, 17:35

    Ovqatlanish uyqu sifatiga qanday ta’sir qiladi? Mutaxassislar javob beradi

    25 fevral, 16:40

    O‘z-o‘zini mag‘lub etgan tadbirkor, eski raqobatchilar va sobiq hamkorlar bahsi — o‘tgan haftada o‘tkazilgan tenderlarga nazar 

    3 mart, 22:10

    Nima uchun bahorda vitaminlar yordam bermaydi: immunitetni tabiiy oshirish sirlari

    4 mart, 10:30

    108 yoshli yaponiyalik ayol dunyodagi eng keksa sartarosh sifatida rekord o‘rnatdi

    7 mart, 15:35

    Turkiyadagi Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida epilepsiya va serebral falajni davolashning innovatsion usullari

    17 mart, 09:00

    Diyeta va sportsiz: amerikalik ayol birgina odatini o‘zgartirib, 90 kilogramm ortiqcha vazndan xalos bo‘ldi

    3 aprel, 14:45

    Muvaffaqiyatsiz turmush, depressiya va ortiqcha vazn bilan kurash: Nilufar Usmonova haqida ko‘pchilik bilmaydigan ma’lumotlar

    8 aprel, 14:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonlik instabloger sahifasidagi folloverlari soni kamaygani tufayli o‘z joniga qasd qildi

    Layfstayl | 10 may, 23:30

    O‘zbekistonda bir yilda tadqiqotlar uchun qancha pul ajratilgani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 10 may, 23:10

    O‘zbekiston va Rossiya harbiy hamkorlik rejasini imzoladi

    O‘zbekiston | 10 may, 22:45

    Superliga. “Paxtakor” Toshkentda “Buxoro”ni tor-mor etdi

    Sport | 10 may, 22:27

    Dunyoga mashhur videobloger Mr Beast o‘zbek tilini biladigan koordinator izlamoqda

    O‘zbekiston | 10 may, 22:25

    Yulduzlardan ko‘proq topadi: Zendaya, Beyonse va Rianna stilistlarining gonorari qancha?

    Layfstayl | 10 may, 22:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.