• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Shou-biznes

    Vahima hujumlari, depressiya va boshqa ruhiy muammolarni yengib o‘tgan yulduzlar hikoyalari

    Shou-biznes olami yulduzlarining jozibali ko‘rinishi va hayot tarzi odamlarni chalg‘itishi mumkin — go‘yo ularning hayotida hech qanday tashvishga o‘rin yo‘qdek. Ammo ekran ortida chinakamiga insoniy muammolar va fojialar yashiringan bo‘ladi. Doimiy bosim, muvaffaqiyat cho‘qqisiga bo‘lgan yo‘lda talablar, yo‘qotishlar, yolg‘izlik — bularning bari kasallik kabi odamning ich-etini yemiradi. Quyida nafaqat ruhiy muammolarga duch kelgan balki ularga qarshi kurashish yo‘llarini topishga muvaffaq bo‘lgan mashhurlar haqida hikoya qilamiz.

    Foto: Lady.mail.ru

    Adel — ajrimdan keyingi psixologik terapiya orqali najot topgan xonanda

    Zamonaviy estradaning eng taniqli xonandalaridan biri Adel, biznesmen Saymon Konetski bilan ajrashgach, og‘ir ruhiy holatni boshidan kechirdi. Ular sakkiz yil birga yashagan va o‘g‘li Anjeloni tarbiyalab kelgan. Garchi ular shov-shuvlarsiz, tinchgina ajrashishgan va mulkni deyarli teng taqsimlashgan bo‘lishsa ham, 2019-yildagi ajrim Adel uchun haqiqiy zarba bo‘lgan.

    Foto: Lady.mail.ru

    Opra Uinfriga bergan intervyusida Adel ajrimdan so‘ng vahima xurujlari va kuchli bezovtalikni boshidan kechirgani haqida so‘zlab bergan:

    “O‘zimni yo‘qotib qo‘ygandek his qilar edim, go‘yo hayot kemam boshqaruvchisiz oqim bo‘ylab suzayotgandek”, degan edi u.

    So‘ng Adel doimiy ravishda psixoterapevtga qatnay boshlagan va davolanish unga nafaqat hissiy zo‘riqishlarni yengishga, balki o‘zini yaxshiroq tushunishga yordam bergan:

    “Terapiya — bu zaiflik belgisi emas, aksincha, o‘ziga g‘amxo‘rlik qilishning bir turidir” degan Adel.

    Selena Gomes — depressiya, jiddiy kasallik va vaziyatni qabul qilish yo‘lidagi mashaqqatlarni boshidan kechirgan

    Foto: Lady.mail.ru

    Selena Gomes bolaligidan san’atga yaqin o‘sgan. Avval u Disney kanalida, keyin esa musiqa sohasida o‘z tajribasini oshirdi. Atigi 16 yoshida u mashhurlikning salbiy tomonlari — tashqi ko‘rinishga nisbatan bosim, tig‘iz grafika asosida ishlash va atrofdagilarning haddan tashqari e’tibori bilan to‘qnash keldi. U ilk bor depressiya va xavotir alomatlarini 2013-yilda seza boshlagan, 20 yoshida esa bu haqda ommaga ochiq gapira olgan.

    Keyinchalik unga bipolyar buzilish tashxisi qo‘yildi — bu holat vahima xurujlari, hissiy jihatdan zaiflik va doimiy xavotir hissi bilan kechadi. Bir kuni Selena bunday yashashda davom etish noto‘g‘ri ekanligini anglagan va ruhiy salomatligiga atroflicha e’tibor qaratishga qaror qilgan. U klinikada davolanish kursini o‘tkazdi, meditatsiya, yoga bilan shug‘ullana boshladi va turmush tarzini o‘zgartirdi.

    “Faqat tanaga emas, ruhiyatga ham g‘amxo‘rlik qilish kerakligini angladim”, degan edi xonanda.

    Bundan buyon ruhiy salomatlik Selenaning hayotida ustuvor o‘rin egalladi.

    Kianu Rivz — yo‘qotishlarni qabul qila olishni o‘rgandi

    Foto: Lady.mail.ru

    Saxiy, oddiy va kamtarinligi bilan mashhur bo‘lgan aktyor Kianu Rivz stress va hissiy charchoq bilan o‘ziga xos tarzda kurashishni o‘rgangan. Uning hayotida bir nechta og‘ir voqealar yuz bergan: 1993-yilda yaqin do‘sti River Feniks vafot etdi, 1999-yilda esa yangi tug‘ilgan qizi olamdan o‘tdi. Oradan bir yarim yil o‘tib, uning sevgilisi Jennifer Saym avtohalokatda halok bo‘ldi.

    Bu voqealar aktyor ruhiyatida chuqur iz qoldirdi. U ko‘p marotaba yolg‘izlik hissini boshidan kechirgan. So‘ng Kianu ichki iztiroblar bilan kurashishning o‘ziga mos yo‘lini topgan:

    “Menga sukunat yoqadi. U menga tiklanish va ichki muvozanatni topishda yordam beradi”, deydi aktyor.

    Uning motosikllarga va uzoq safarlarga bo‘lgan muhabbati o‘ziga xos meditatsiyaga aylangan. Aktyor ko‘pincha yolg‘iz sayohat qiladi, yo‘l davomida esa hayot mazmuni haqida mulohaza yuritib boradi.

    Shahzoda Garri — doimiy xavotir, boks va qirollikdan qochish

    Foto: Lady.mail.ru

    Qirollik oilasida yashash bu nafaqat imtiyozlar, balki qat’iy cheklovlar, matbuotning doimiy e’tibori va jamiyat bosimida bo‘lish demakdir. Shahzoda Garri har bir qadami an’analarga bo‘ysundirilgan, har bir so‘zi OAVda muhokama qilinadigan muhitda ulg‘aygan. U hissiyotlarini ochiq ifoda eta olmasdi, qayerda yashash yoki qanday yashashni o‘zi tanlay olmasdi. Matbuotdagi doimiy tanqidlar, oilaviy va ijtimoiy bosim ichki ziddiyatni yanada kuchaytirgan. O‘zining qaysar fe’l-atvori bilan tanilgan Garri uzoq vaqt davomida xavotir va vahima xurujlaridan aziyat chekkan:

    “O‘zimni oltin qafasdagidek his qilardim, hech ham erkin nafas ololmasdim”, degan edi u intervyusida.

    Avvaliga u psixologik terapiyaga ishonmagan, ammo oxir-oqibat mutaxassislardan yordam so‘rashga qaror qilgan. Qirollik majburiyatlaridan voz kechib, AQSHga ko‘chib o‘tishi esa oilasini himoya qilish va erkinlikni his qilish uchun qo‘yilgan ilk qadam bo‘lgan.

    Shundan so‘ng Garri sport bilan shug‘ullana boshladi, ayniqsa boksga bo‘lgan qiziqishi kuchaydi. Sport unga stress va salbiy hissiyotlardan qutulishga yordam bergan.

    Ledi Gaga — Posttravmatik stress, og‘riqlar va art-terapiya

    Foto: Lady.mail.ru

    Ledi Gaga o‘zining yorqin obrazlari va hit qo‘shiqlari bilan mashhur. Ammo bu pardalar ortida posttravmatik stress, depressiya va surunkali og‘riq bilan kurashayotgan inson yashiringan. U o‘smirlik chog‘ida jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan va bu haqda yillar o‘tib ochiq gapirgan. Keyinchalik esa unga doimiy og‘riq va charchoqqa sabab bo‘ladigan fibromialgiya tashxisi qo‘yilgan.

    Gaga bir necha bor ruhiy tushkunlikka tushganini, umuman yashashga qiziqishi yo‘qolganini tan olgan. Uni qutqargan narsa esa ijod bo‘lgan. Musiqa, raqs, dizayn va moda — bularning barchasi uning uchun art-terapiya bo‘lgan:

    “Men ijod qilayotganimda, ichimdagi og‘riqdan xalos bo‘laman”, deydi xonanda.

    Bundan tashqari, Gaga “Born This Way Foundation” jamg‘armasiga asos solgan. Tashkilot yoshlarning ruhiy holatini yaxshilashga hamda bullingga qarshi kurashishga yordam beradi.

    18 aprel, 16:56   Izoh (0)   2166
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #depressiya#mashhurlar

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tafakkur buzilishi kasalligi bilan kurashib vafot etgan Gollivudning mashhur aktyorlari (foto)

    14.11.2020, 12:59

    Malika Diana, Maykl Jekson va boshqa mashhurlarning o‘limidan avval olingan so‘nggi suratlari

    10.02.2021, 14:36

    Jastin bilan darz ketgan munosabatlar, ortiqcha vazn va depressiya — Selena Gomes boshdan kechirgan qiyinchiliklar

    29.05.2021, 11:53

    Og‘ir operatsiyalarni boshdan kechirgan mashhurlar (foto)

    01.06.2021, 13:41

    E’tiqod, xiyonat, mashhurlik va yulduzlar ajrimining boshqa sabablari (foto)

    10.08.2021, 08:59

    Qulog‘ini kesib tashlagan Van Gog, och qolgan Shubert, yolg‘izlikda o‘lim topgan Rembrandt — qashshoqlikda vafot etgan buyuk daholar (foto)

    10.09.2021, 15:46

    Mashhurlar ham yig‘laydi: Ruhiy tushkunlikdan aziyat chekadigan yulduzlar

    17.11.2021, 10:03

    “Unga qo‘l ko‘targanimdan afsusdaman”. Taniqli kompozitor Sultonali Rahmatov xonanda Nilufar Saidova bilan ajrashishi sababi haqida (video)

    28.12.2021, 14:23

    Til dushman bo‘lganda: birgina gapi tufayli filmlardan quvilgan mashhur aktyorlar (foto)

    08.11.2022, 21:42

    “Amerika orzusi”dagi shaharlar yaratuvchisi — Bill Levitt: qarz evaziga olingan yerlar, millionlab dollar foyda va davolanishga topilmagan pul

    19.10.2023, 21:10

    Eslay olmaslik azobi: demensiyadan aziyat chekkan mashhurlar (foto) 

    31.10.2023, 10:48

    Ozish uchun kuniga 10 ming qadam yurish kifoyami? Tajribali trener javob berdi

    31 yanvar, 13:59

    Selin Dion jiddiy tashxisdan keyin qanday yashayapti?

    10 fevral, 10:55

    Kech nonushta qilish ruhiyatni cho‘ktiradi va depressiyaga olib keladi — tadqiqot 

    12 fevral, 17:37

    Muhabbatning ko‘zi ko‘r: Gollivud yulduzlarining iztirobli sevgi hikoyalari

    20 fevral, 09:43

    Uylangan erkaklarda turmush qurgan ayollardan ko‘ra semirish xavfi ko‘proq — tadqiqot 

    13 mart, 19:00

    Persona non grata: Gollivudning qora ro‘yxatiga tushgan aktyorlar

    27 mart, 18:45

    Kattalar nega qo‘rqinchli tush ko‘radi? Shifokorlar javob berdi

    1 aprel, 09:47

    Giyohvandlikka aloqadorlik, qo‘pollik va noqonuniy ov: Bollivud yulduzlari bilan bog‘liq eng shov-shuvli mojarolar 

    5 aprel, 15:59

    Mukammal qomatga erishish yo‘lida anoreksiyaga duchor bo‘lgan jahon yulduzlari

    9 aprel, 20:15

    Muvaffaqiyatsiz turmush, depressiya va ortiqcha vazn bilan kurash: Nilufar Usmonova haqida ko‘pchilik bilmaydigan ma’lumotlar

    8 aprel, 14:55

    Shirin ichimliklarni iste’mol qilish depressiya xavfini oshiradi

    8 aprel, 19:30

    Anjelina Jolining farzandlari uning ozib ketganidan xavotirda ekanligini bildirmoqda

    12 aprel, 15:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonlik instabloger sahifasidagi folloverlari soni kamaygani tufayli o‘z joniga qasd qildi

    Layfstayl | 10 may, 23:30

    O‘zbekistonda bir yilda tadqiqotlar uchun qancha pul ajratilgani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 10 may, 23:10

    O‘zbekiston va Rossiya harbiy hamkorlik rejasini imzoladi

    O‘zbekiston | 10 may, 22:45

    Superliga. “Paxtakor” Toshkentda “Buxoro”ni tor-mor etdi

    Sport | 10 may, 22:27

    Dunyoga mashhur videobloger Mr Beast o‘zbek tilini biladigan koordinator izlamoqda

    O‘zbekiston | 10 may, 22:25

    Yulduzlardan ko‘proq topadi: Zendaya, Beyonse va Rianna stilistlarining gonorari qancha?

    Layfstayl | 10 may, 22:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.