Mikroplastik nafas olish o‘pkaning asosiy immun hujayralari — alveolyar makrofaglar faoliyatini izdan chiqaradi. Bu haqda olimlar ATS 2025 anjumanida ma’lum qilgan.

Olimlar ushbu hujayralarning mikroplastik bilan aloqadan atigi 24 soat o‘tgach, bakteriyalarga qarshi kurashish qobiliyati pasayishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etdilar.
Makrofaglar — o‘pka to‘qimasining o‘ziga xos tozalovchilaridir: ular patogenlarni yo‘q qiladi, o‘pkani nobud bo‘lgan hujayralardan tozalaydi va immunitet muvozanatini saqlaydi. Hujayra kulturalari va kemiruvchilar ustida olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, mikroplastik nafaqat ularning faoliyatini susaytiradi, balki jigar, taloq, ichak va hatto miyada ham to‘planish xususiyatiga ega. Bu butun organizm uchun uzoq muddatli oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Mikroplastika ta’siridan so‘ng immun tizim faoliyatini qisman tiklash AMF-kinaza faollashtiruvchisi — akadezin preparati yordamida amalga oshirilgan.
Olimlarning fikricha, kelajakda bunday vositalar havosi ifloslangan hududlarda yashovchi aholi orasida o‘pka kasalliklarining oldini olishda qo‘llanilishi mumkin. Keyingi bosqich saraton va nafas olish tizimining boshqa kasalliklari xavfi biomarkerlarini aniqlash uchun bemorlarning o‘pka to‘qimalarini o‘rganish bo‘ladi.
Braziliyalik olimlar tabiiy qarish va demensiya bilan bog‘liq kognitiv buzilishlarni bartaraf etishga qodir molekulani aniqlashgani xabar qilingandi. Aging Cell jurnalida e’lon qilingan tadqiqot natijalariga ko‘ra, miyaning yordamchi hujayralari — astrotsitlar tomonidan ishlab chiqariladigan xevin nomli modda sichqonlarda neyronlar o‘rtasidagi aloqalar sifatini yaxshilaydi va xotirani tiklaydi.
Bundan avval San Antoniodagi Texas universiteti Tibbiyot fanlari markazi olimlari to‘qqiz soat va undan ortiq davom etadigan tungi uyqu kognitiv funksiyalarning yomonlashishiga olib kelishi mumkinligi, bu ta’sir depressiya alomatlari bo‘lgan odamlarda yaqqol namoyon bo‘lishi haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)