• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Kino Shou-biznes

    Maxsus vaksina, xorijdagi operatsiyalar ham foyda bermagan: rossiyalik aktrisa Anastasiya Zavorotnyuk qanday kasallikka chalingan edi?

    “Mening go‘zal enagam” serialida mashhurlikka erishgan aktrisa Anastasiya Zavorotnyuk besh yil davomida saraton bilan kurashdi. Unga glioblastoma — bosh miyaning eng agressiv o‘simtasi tashxisi qo‘yilgan edi. Aktrisa o‘zining dahshatli kasalligi haqida uchinchi bor ona bo‘lganidan bir necha oy o‘tib bilib qoldi. Bugungi kunga qadar uning kasallik yillarida olingan birorta fotosurati mavjud emas.

    Foto: Dzen

    Bo‘yindagi chandiq va video orqali tashxis

    2019-yil 23-avgust kuni Anastasiya Zavorotnyuk saraton kasalligiga chalingani haqida shov-shuvli xabarlar tarqaldi. Avvaliga foydalanuvchilar Instagram’dagi videoga asoslanib shunday xulosaga keldi. Yerevanda zargarlik salonini ochish marosimi ko‘rsatilgan videotasvirda aktrisa bo‘ynini berkitishga harakat qildi. Bu esa saratonga biopsiya tahlili olinganiga ishora qilardi.

    Yerevandagi yangi salon ochilish marosimidan lavha
    Foto: Dzen

    Bir necha kun ichida Anastasiyaning glioblastoma bilan kasallangani haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. 2019-yilning 5-aprelida Zavorotnyuk so‘nggi marta — salon ochilish marosimida ko‘rinish bergan edi. Shundan so‘ng aktrisaning na kasalxonada, na uyda tushgan biror surati mavjud emas. Go‘yo Nastya birdan g‘oyib bo‘lib qolgandek edi.

    Oila a’zolari doim sukut saqladi, yordamchilar rad etishdi

    Anastasiya Zavorotnyukka qo‘yilgan miya saratoni tashxisi uning rasmiy vakillari tomonidan uzoq vaqt davomida rad etib kelindi. Aktrisaning menejerlari mazkur xabarlarga javoban:

    “Bularning bari mish-mish, xolos. Soxta xabarlarga e’tibor bermasligingizni so‘raymiz. Nastya hozirda farzandlari bilan Italiyada ta’tilni o‘tkazmoqda. U o‘zini yaxshi his qilyapti. Sentyabr oyida ular qaytib keladi”, — dedi Zavorotnyukning yordamchisi Marina Potapova.
    Foto: Dzen

    Aktrisaning oila a’zolari va qarindoshlari esa hech qanday izoh bermadi. Bu vaqtda Zavorotnyukning ijtimoiy sahifasida arxiv fotosuratlar qo‘yilar edi. Bu esa muxlislarni yanada ko‘proq tashvishga soldi.

    Zavorotnyukning oilasi davolanish uchun moddiy yordamdan bosh tortdi. “Nastyaning oilasi muhtoj emasligi, ularga hech qanday yordam kerak emasligini aytishdi”, — dedi Anastasiya bilan suratga tushgan hamkasblari. Bu orada kasallik borasidagi mish-mishlar yangi dahshatli tafsilotlar bilan ko‘payib bordi.

    Miyadagi shish va koma

    Aktrisa onasi Valentina Borisovna bilan
    Foto: Dzen

    2019-yil 13-sentyabr kuni Anastasiya Zavorotnyukning zudlik bilan kasalxonaga yotqizilgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Saraton kasalligining so‘nggi bosqichi tufayli miyasida shish paydo bo‘lgan aktrisa reanimatsiyaga tushib qolgan edi.

    Anastasiyada o‘pka shishi va pnevmoniya boshlangani uchun uni sun’iy nafas olish apparatiga ulashdi. Aktrisa endilikda o‘zi harakatlana olmas, kuchli dori-darmonlar ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan edi. Krekshino qishlog‘idagi qo‘shnilarining so‘zlariga ko‘ra, Nastyaning onasi Valentina Borisovna doim ko‘zida yosh bilan yurar edi.

    O‘tkazib yuborilgan saraton

    “Mening go‘zal enagam” serialidan lavha
    Foto: Dzen

    Saraton aniqlanishidan avval Anastasiya Zavorotnyukda glioblastomaning asosiy belgilari — kuchli bosh og‘rig‘i, hushdan ketish, qayd qilish kabilar kuzatilgan. Aktrisa buning boisini kuchli stress va kuniga 12 soat ishlagani deb taxmin qilgan. Saraton tasdiqlangach, unga kimyoterapiya qilindi, ammo muolajalar besamar edi. So‘ng davolanish ishlari xorijda davom etdi. Biroq malakali mutaxassislar ham unga yordam bera olmadi. Aktrisa Moskvaga qaytib kelishga majbur bo‘ldi. Ma’lum vaqtdan so‘ng shifokorlar uning qadam tashlashida buzilish borligini sezishdi. Bu esa o‘simtaning yanada kuchayganini anglatar edi.

    Bosh miya suyagi trepanatsiyasi

    Foto: Dzen

    2019-yilning bahorida Germaniyada aktrisada bosh miya trepanatsiya operatsiyasi o‘tkazildi. Bu orqali nemis shifokorlari o‘simtaning bir qismini olib tashlashdi va unga qarshi dori vositasi ishlab chiqish uchun laboratoriyaga namuna yuborishdi.

    Nastyaning ahvoli biroz yaxshilandi

    2019-yil 18-sentyabr kuni Anastasiya Zavorotnyuk o‘zini yaxshi his qilayotgani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. Endilikda u mustaqil nafas olayotgan edi. Shundan so‘ng paparatssilar kasalxonaga kirishga urindi. Bunday voqea qayta takrorlanmasligi uchun uning xonasida kecha-yu kunduz qo‘riqlash xizmati ishlay boshladi.

    Ikkinchi operatsiya

    Anastasiya Zavorotnyukning so‘nggi telesyomkasi
    Foto: Dzen

    2019-yil 21-sentyabrda Anastasiya Zavorotnyukning do‘sti Sergey Mayorov aktrisaning ahvoli haqida aytib berdi: “Kecha men Nastyaning direktori Marina Potapova bilan bog‘landim. Ikkinchi operatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi. Shifokorlar gistologiya natijalarini ko‘rib chiqdilar. Hali hammasi yaxshi bo‘lishiga umid bor”, — dedi Mayorov Markaziy televideniye dasturi studiyasida.

    2019-yil 8-oktyabrda Anastasiya Zavorotnyuk o‘ta og‘ir ahvoldagi bemorlar uchun ixtisoslashtirilgan markazga yuborildi. Ertasi kuni, 9-oktyabrda esa Zavorotnyuk tanasining o‘ng qismi falaj bo‘lib qolgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

    Oilaning rasmiy bayonoti

    Aktrisa turmush o‘rtog‘i Pyotr Chyornishev bilan
    Foto: Dzen

    2019-yil 15-oktyabrda Anastasiya Zavorotnyukning oila a’zolari ilk bor uning kasalligi haqida ma’lumot berdi. “Anastasiya haqiqatan ham hozirda davolanmoqda. Biz sizdan faqatgina samimiy duo qilishingizni va bemorni hurmat qilgan holda kasallik tafsilotlarini oshkor etmasligingizni so‘raymiz. Bu — bizning oilaviy va shaxsiy ishimizdir”, — deb yozdi aktrisaning yaqinlari.

    Saratonga davo

    2020-yil 5-avgust kuni Anastasiya Zavorotnyuk sankt-peterburglik olimlar tomonidan o‘zi uchun yaratilgan maxsus vaksina bilan davolanayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu immunitet hujayralariga asoslangan eksperimental vaksina bo‘lib, u immun tizimini saraton hujayralariga qarshi hujum qilish uchun o‘rgatadi. Vaksina har bir bemor uchun alohida tayyorlanadi. Davolash kursi ikki yilgacha davom etishi mumkin.

    Anastasiya Zavorotnyukning o‘limi

    Aktrisaning o‘limi haqidagi xabar 2024-yil 30-may kuni uning “Vkontakte” sahifasida paydo bo‘ldi:

    “Bugun tunda, uzoq va og‘ir xastalikdan so‘ng bizning Nastya vafot etdi”, — deb yozilgan edi xabarda.
    31.05.2024, 16:45   Izoh (0)   7213
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Turkiyadagi kasalxonada 4 marta hayot bilan xayrlashganman”. Ra’no Shodiyeva saraton bilan kurashgani va rus kelinini qanday qabul qilgani haqida

    27.03.2024, 12:50

    Rossiyalik aktrisa Anastasiya Zavorotnyuk 53 yoshida vafot etdi 

    30.05.2024, 11:52

    Anjelina Joli, Xyu Jekman va saratonni yengishga muvaffaq bo‘lgan boshqa mashhurlar (foto)

    30.05.2024, 16:45

    Selena Gomes bir paytlar farzand asrab olmoqchi bo‘lgani haqida so‘zlab berdi 

    31.05.2024, 15:40

    Sherzod Bin AQSHga viza berilishi qanday hollarda rad etilishi, ayoli bilan tanishuvi va ota bo‘lgani haqida gapirdi

    31.05.2024, 14:50

    Nega хitoyliklar yoz kunlari ham issiq suv ichadi?

    31.05.2024, 13:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.