Vaksinalar xavfsizligini tadqiq qiluvchi Global Vaccine Data Network markazi xulosalariga ko‘ra, koronavirusga qarshi vaksina olganlarda nevrologik va yurak-qon tomir kasalliklari xavfi ortib bormoqda.
Tadqiqot markazi xodimlari koronavirusga qarshi emlangan 8 mamlakatdagi 99 million kishining maʼlumotlarini o‘rganishdi.
![](/static/2024/02/19/korona2363-rTblDXdg.jpg)
Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, mRNK vaksinalarini olganlarda (Pfizer, BioNTech va Moderna) miokardit kasalligining rivojlanish ehtimoli kutilganidan ko‘ra ko‘proq.
Olimlar, shuningdek, AstraZeneca kompaniyasining Vaxzevria vektorli vaksinasi bilan emlashdan keyin Giyena-Barre sindromi bilan kasallanish holatlari ko‘payganini aniqladilar.
Giyena-Barre sindromi kamdan kam uchraydigan kasallik bo‘lib, unda tananing immunitet tizimi o‘z periferik nervlariga hujum qilib, ishdan chiqaradi.
Bundan tashqari, vektorli vaksinaning qo‘llanishidan keyin mielit kasalligining ortishi aniqlandi.
Izoh (0)