“InfoTeach” informatika o‘qituvchilari uchun respublika forumi doirasida “Yandex Uzbekistan” iqtidorli o‘quvchilarni rag‘batlantirish usullari va ularni olimpiada dasturlash bo‘yicha musobaqalarga tayyorlash metodlari, shuningdek ta’limda sun’iy intellektdan foydalanish va uning etik jihatlariga bag‘ishlangan ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlardan iborat intensiv kurslar tashkil etdi.
Forum Raqamli texnologiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi ko‘magida o‘tkazildi. “Yandex Uzbekistan” forumning bosh hamkori sifatida ishtirok etdi.
Forumda Rossiya informatika fanidan umumrossiya olimpiadasi markaziy fan-metodik komissiyasi a’zosi, shuningdek olimpiadalarning yakuniy bosqichi g‘oliblarini tayyorlovchi murabbiy Inessa Shuykova ishtirok etdi. U olimpiada dasturlash yo‘nalishiga oid yondashuvlar, iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash usullari va ularni musobaqalarga tayyorlash strategiyalari haqida fikr bildirdi.
“Yandex” maktab dasturlari akademik rahbari Aleksandr Pavolotskiy esa ta’lim jarayonida sun’iy intellektning o‘rni haqida ma’ruza o‘qidi. U mashinali o‘rganish algoritmlari qanday ishlashini, AI maktabda qaysi vazifalarni hal etishga yordam berayotganini va bu texnologiyalarni joriy etishda nimalarga e’tibor berish kerakligini tushuntirdi. Ayniqsa, AI'dan ta’limda foydalanishdagi etik masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, metodist Roman Nikitin o‘quvchilarni rag‘batlantirish mavzusida ma’ruza qildi. U o‘z chiqishida o‘qishga bo‘lgan qiziqishi past bo‘lgan o‘quvchilar bilan ishlash usullarini, ilm-fanga asoslangan yondashuvlarni, keng tarqalgan afsona va noto‘g‘ri qarashlarni inkor etar ekan, real ish beradigan vositalarni taklif etdi.
Forum qatnashchilari uchun “Yandex Uzbekistan” xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan “O‘quvchi kabi fikrla” deb nomlangan intellektual o‘yin ham tashkil etildi. Unda ishtirokchilar IT tushunchalarini o‘yin tarzda mustahkamladilar, kasbiy tajriba almashdilar va umumiy qiziqish nuqtalarini muhokama qilishdi.
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)