• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12672.81
    • RUB158.89
    • EUR14753.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 yildan oshiq davom etgan Vyetnam urushi AQSH uchun sharmandali tugadi. Dunyoning qudratli davlati SSSR yordam bergan shimoliy vyetnamliklarni yenga olmadi. Bu urush AQSH iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetkazdi. Bundan tashqari Vyetnamda ko‘plab amerikalik harbiylar halok bo‘ldi va yaralanib, nogironlarga aylandi. Keyinchalik ayrim amerikalik jinoyatchilar Vyetnamdan tobutlarda narkotik tashigani oshkor bo‘ladi va bu katta shov-shuv keltirib chiqaradi.

    Taniqli yozuvchi Tohir Malikning “Shaytanat” asarida jinoiy guruhlarning Afg‘on urushi paytida Afg‘onistondan tobutlarda SSSRga giyohvand moddalar tashigani haqida gap ketadi.

    Garchi “Shaytanat” o‘z nomi bilan badiiy asar bo‘lsa ham Tohir Malik tobutlarda giyohvand modda tashilganini osmondan olib yozmagan. Shunday ishlar bo‘lgan.

    1979-yildan 1989-yilgacha 10 yil davom etgan Afg‘on urushi paytida sovet harbiylari xohlagan ishini qilgan. Hatto o‘z qo‘lida bo‘lgan qurollarni, harbiy buyumlar va kiyim-kechaklarni afg‘onlarga sotgan.

    Bundan tashqari, ayrim sovet armiyasi zobitlari, oddiy askarlar afg‘onlardan turli giyohvand moddalari sotib olgan. Ularni iste’mol qilgan. Hatto vijdonini sotgan ayrim zobitlar jinoyatchilar bilan til biriktirib, Afg‘onistondan SSSRga tobutlarda giyohvand moddalar tashigan.

    Keyinchalik ma’lum bo‘ldiki, bu ishni, ya’ni giyohvand moddalarni bir urush bo‘layotgan joydan boshqa davlatga olib chiqish sovetlardan avval, 1965-1975-yillarda Vyetnam urushi davrida ham sodir etilgan ekan.

    AQSHda faoliyat olib boruvchi jinoiy guruh rahbarlari Vyetnamda halok bo‘lganlarning tobutlariga giyohvand moddalar joylab, ularni okean ortiga olib borgan. Ana shunday jinoyatchilardan biri Frenk Lukas edi.

    Kelib chiqishi afroamerikalik bo‘lgan Frenk bir necha yil davomida Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlarida yetishtirilgan tonnalab giyohvand moddalarni o‘lgan askarlar tobutiga joylab, AQSHga olib borgan.

    Oddiy haydovchidan jinoiy guruh rahbariga aylangan yigit

    1930-yilda Shimoliy Karolinada tug‘ilgan Frenk Lukas 14 yoshida Nyu Yorkka ko‘chib o‘tadi va asosan qora tanlilar yashovchi Garlem muzofotiga joylashadi. U 17 yoshida Garlemdagi jinoiy avtoritet Bampi Jonsonga xizmat qilishni boshlaydi.

    Ko‘p o‘tmay Frenk Bampining ishonchini qozonadi va uning shaxsiy haydovchisiga aylanadi. Jinoiy avtoritetlarning haydovchilari oddiy odamlar bo‘lmaydi, ular “boss”larning eng ishongan odami bo‘ladi. Xuddi shunday Frenk ham Bampining eng ishongan odamiga aylanadi.

    Bampi Garlem va uning atrofida giyohvand moddalar tarqatar va bundan katta daromad qilardi. Buni Frenk yaxshi bilardi. Shu tariqa Frenk Bampiga 15 yil haydovchilik qiladi.

    Kunlarning birida Bampi Jonson vafot etadi. O‘sha paytlarda Frenk nafaqat uning haydovchisi, balki o‘ng qo‘li sifatida tanilgandi. Yigit bundan foydalanib qolishga qaror qiladi va Bampining jinoiy guruhi nazoratini o‘z qo‘liga oladi.

    Shu tariqa haydovchi yigit jinoiy avtoritetga aylanadi va Nyu Yorkdagi qora tanlilar yashovchi katta bir muzofotida giyohvand moddalar tarqatishni o‘z nazoratiga oladi.

    Tobutda geroin tashish

    1960-yillarda AQSHga giyohvand moddalar asosan Lotin Amerikasida joylashgan davlatlardan kelardi. Ularni ulgurji tarqatishni italyanlar nazorat qilishardi. Frenk ham ikkinchi qo‘l sifatida giyohvand moddalarni asosan italyanlardan olardi.

    Og‘uga talab oshgani sayin yetkazib beruvchilar uning tarkibiga har xil arzon narsalar qo‘shib, sifatni tushirib yuborishadi. Bu ish Frenk kabi giyohvand moddalar tarqatuvchi jinoiy avtoritetlaring obro‘sini tushirib yuboradi. U o‘z mijozlaridan e’tirozlar eshita boshlaydi.

    Shunda Frenk italyanlar monopoliyasiga qarshi chiqishga va giyohvand moddalarni AQSHga o‘zi olib kirishga qaror qiladi. Biroq bu ish oson emasdi. Ammo u qulay yo‘lni topadi.

    O‘sha paytlarda AQSH armiyasi Vyetnam urushida ishtirok etar va Janubi-Sharqiy Osiyoda jang qilayotganlar orasida ko‘plab afroamerikaliklar, shu jumladan Frenkning qarindoshlari ham bor edi.

    O‘sha paytda Vyetnam urushidan qaytganlarning aksariyati nashavand bo‘lib qaytardi. Frenk shundan Janubi-Sharqiy Osiyoda giyohvand moddalar ko‘pligi, ularni topish muammo emasligini biladi va harakatini boshlaydi.

    U Vyetnamda xizmat qilayotgan amakivachchasi serjant Lesli Atkinson bilan aloqa bog‘laydi va u bilan Janubi-Sharqiy Osiyodan AQSHga geroin olib kirish bo‘yicha kelishib oladi. So‘ng Tailandga boradi.

    U yerdan katta miqdorda geroin sotib olib, Lesli yordamida Amerikaga yetkazadi. Xo‘sh, ular geroinni AQSHga qanday yuborgandi?

    Keyinchalik Frenk AQSHdagi jurnallardan biriga bergan intervyusida shunday degandi:

    Men Lesliga geroinni AQSHga tobutda olib ketish haqida gapirganimda u qo‘rqib ketdi. Shunda geroin o‘liklar bilan ketmasligini aytib uni tinchlantirdim. Eng avval AQSH armiyasi foydalanadigan tobutga o‘xshash 28 ta tobut yasatdim. So‘ng Tailanddan sotib olingan geroinni joylab, ularni o‘lik solingan tobutlar yoniga qo‘shib qo‘ydik. Askarlarning tobutlarini ikki tomonda ham hech kim tekshirmasdi. Tobutlar AQSHga yetib kelgach, ularni men olib ketardim.

    Frenk AQSHga geroin olib kirgach, uni arzon narxda sota boshlaydi va bu ish ortidan italyanlar bilan ziddiyatga boradi. Biroq ular Frenkka zarar yetkaza olishmaydi. Shu taxlitda u bir necha yil Tailanddan AQSHga tobutda geroin tashiydi.

    Keyinchalik Frenk intervyularidan birida turli mijozlarga har kuni 1 mln dollarlik geroin sotganini va uning katta qismi foydaga qolganini aytgan. O‘shanda u nafaqat Garlemda, balki Nyu Yorkda geroinni ulgurji sotuvchi shaxsga aylanadi.

    Vaziyat shu darajaga keladiki, hatto bir paytlar giyohvand moddalarni Lotin Amerikasidan olib kelgan italiyalik va meksikalik guruhlar uning mijoziga aylanadi.

    Qo‘lga tushish va qamoq

    Ko‘p o‘tmay Frenk Lukas AQSH Adliya vazirligi tasarrufida bo‘lgan Giyohvand moddalarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari e’tiboriga tushadi. Biroq ularda Frenk geroinni AQSHga qanday olib kirayotgani haqida ma’lumotlar yo‘q edi. Shu sababli qora tanlilardan chiqqan jinoiy avtoritetni ancha payt kuzatishga to‘g‘ri keladi.

    Bu orada Frenkdan mol oluvchi qora tanli yigit Giyohvand moddalarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan ushlanadi. U Frenk geroinni Vyetnam orqali olib kelishini aytadi.

    Shundan so‘ng boshqarma xodimlari Vyetnamdan kelayotgan yuk samolyotlarini tekshiradi, biroq ularda geroin yo‘q edi. Shunda xodimlar ichida askarlar murdasi bo‘lgan tobutlarni ham tekshirib ko‘rishga qaror qilishadi. Ularning bir nechtasi ochiladi, ammo tobutlarda ham geroin yo‘q edi.

    Boshqarma xodimlari tobutlarni kuzatishga qaror qilishadi. Shunda ularning bir qismini shubhali shaxslar olib ketishga urinadi. O‘sha tobutlar ochib ko‘rilganda ularda murda yo‘qligi va asosan geroin bilan to‘ldirilgani aniqlanadi.

    Ashyoviy dalil topilgach, xodimlar darhol Frenkni hibsga olish uchun uning uyiga borishadi va u yerda tintuv o‘tkazishadi. Frenkning uyidan qariyb 600 ming dollar naqd pul topiladi. Uni qamoqqa olishadi.

    Dastlabki so‘roqda Frenkdan mijozlar ro‘yxatini olishgach, Nyu Yorkda hibsga olishlar boshlanib ketadi va qariyb 100 kishi qo‘lga olinadi.

    Tergov davomida Frenk giyohvand moddalar savdosidan tushgan pullarni qayerda saqlashi haqida aytmaydi. O‘sha paytda uning hisob raqamlarida bir necha yuz ming dollari bor taxmin qilgan tergovchilar va sudya ularni Frenkdan tortib ololmaydi.

    Lekin Frenkning Detroyt va Nyu Yorkdagi ofislari, Los-Anjeles hamda Mayamidagi kvartiralari, Shimoliy Karolinadagi ulkan ranchosi, Puerto-Rikodagi ko‘chmas mulklari davlat hisobiga musodara qilinadi.

    Sud dastlab Frenkni 70 yil qamoq jazosiga hukm qiladi. So‘ng tergov bilan hamkorlik qilgani uchun muddat qisqartiriladi. Frenkning ko‘rsatmasidan keyin juda ko‘p odam ushlangan va jinoiy to‘dalar uning joniga qasd qilishi mumkin edi. Shu sababli 1977-yilda Frenk va uning oilasi maxsus himoyaga olinadi.

    Ozodlik, qayta qamoq va yana ozodlik

    1983-yilda Frenkni shartli ravishda ozod qilishadi. Biroq oradan bir yil o‘tgach, 1984-yilda u yana geroin va kokain sotayotganida qo‘lga tushadi.

    Bu safar giyohvand modda miqdori kam bo‘lgani uchun Frenk 7 yil qamoq jazosi oladi. Bu safar u belgilangan muddatda to‘liq qamoqda o‘tiradi va 1991-yilda ozodlikka chiqadi. Shundan so‘ng yoshi keksayib qolgan Frenk boshqa giyohvand moddalar savdosiga aralashmaydi.

    2007-yilda Frenk Lukasning “Haqiqiy gangster” deb nomlangan kitobi nashr etiladi. U kitobida boshidan o‘tkazgan hodisalarni hikoya qiladi.

    U uzoq yil yashaydi va 2019-yil 30-may kuni 88 yoshida Nyu Jersi shtatidagi kasalxonaga olib ketishda vafot etadi. Lukasning 7 nafar farzandi bo‘lgan.

    Frenk haqida film

    2007-yilda britaniyalik rejissyor Ridli Skot Frenkni hayoti haqida “Amerikalik gangster” nomli film suratga oladi. Unda bosh rollarni “Terminator” filmidagi roli bilan tanilgan Rassel Krou va Denzel Vashington ijro etadi.

    Filmni suratga olish uchun 100 mln dollar sarflanadi. Uning jahon taqdimoti 2007-yil 2-noyabr kuni o‘tkaziladi. Film ijodkorlariga qariyb 300 mln dollar mablag‘ ishlab beradi.

    Kinotanqidchilar filmga yaxshi baho berishgan. Shu sababli u ikkita yo‘nalish bo‘yicha “Oskar” mukofotiga nomzod bo‘lgan. Bundan tashqari, film “Oltin globus” va yana bir nechta tanlovlarda nomzod bo‘lgan va mukofotlar yutgan.

    2008-yilda film DVD va HD DVD disklarda sotuvga chiqariladi va qisqa vaqtda 67,8 mln dollarga 4 mln donadan oshiq nusxada sotiladi.

    Eng qizig‘i, o‘shanda rejissyor Ridli Skot filmni suratga olish jarayoniga Frenk Lukasni ham taklif etadi va undan maslahatchi sifatida foydalanadi.

    Bundan tashqari, 2000-yillardan boshlab Frenk Lukas ko‘p marta turli telekanallar uchun intervyular bergan. Shuningdek, bir nechta seriallarda uning hayoti haqida hikoya qilinadi.

    G‘ayrat Yo‘ldosh tayyorladi

    10 avgust, 21:42   Izoh (0)   2392
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoylik er-xotin ajrashayotganda 29 ta tovuqni bo‘lisha olmadi

    Dunyo | 10 avgust, 23:59

    ChatGPT maslahati sababli erkak jinnixonaga tushib qoldi

    Dunyo | 10 avgust, 23:35

    Putin Xerson va Zaporojye viloyatlaridan rus qo‘shinlarini olib chiqmaydi

    Dunyo | 10 avgust, 23:15

    Ilhom Aliyev Rossiyani Ozarbayjon obyektlariga “maqsadli zarba berish”da aybladi

    Dunyo | 10 avgust, 22:55

    Superliga. “So‘g‘diyona” “Mash’al”dan ustun keldi

    Sport | 10 avgust, 22:35

    Turkiyada 6,1 magnitudali kuchli zilzila yuz berdi (video)

    Dunyo | 10 avgust, 22:34

    NYT: Britaniya yarim yil maxfiy Falastin rejasi ustida ishladi

    Dunyo | 10 avgust, 22:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.