Afg‘oniston hukumati shimoliy Balx va Faryob viloyatlarida uch kishini jodugarlikda ayblab hibsga oldi. Bu haqda Ezgulikni targ‘ib qilish va yovuzlikning oldini olish vazirligi bayonotiga tayanib, Pajhwok axborot agentligi xabar bermoqda.

“Savobtalablik va razolatning oldini olish vazirligi axloq masalalari bo‘yicha xodimlari (muhtasiblar) shimoliy Balx va Faryob viloyatlarida sehrgarlikda ayblangan uch kishini hibsga olganini ma’lum qildi”, deyiladi xabarda.
Vazirlik bayonotida aytilishicha, “xodimlar ikki viloyatda uch nafar mohir sehrgarni qo‘lga olgan”.
“Birinchi holatda ikki nafar mohir va odamlarni aldashga muvaffaq bo‘lgan sehrgarlar xavfsizlik kuchlari bilan hamkorlikda sehrgarlik marosimlarini o‘tkazish uchun ishlatiladigan jihozlar, jumladan, sehrgarlik uchun maxsus kitoblar bilan birga muhtojlar tomonidan qo‘lga olindi”, deyiladi vazirlik bayonotida.
Axloq nazoratchilarining ma’lum qilishicha, surishtiruv ishlari yakunlangach, jodugarlar qonuniy javobgarlikka tortilishi uchun sud organlariga topshirilgan.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, “ikkinchi holatda Faryobda Said Abdul Kabir ismli shaxs sehrgarlik marosimlarini o‘tkazayotganda qo‘lga olingan”.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘rsatilgan viloyatlarda ezgulikni targ‘ib qilish uchun mas’ul bo‘lgan amaldorlar “qo‘lga olinganlar o‘z harakatlari bilan oilalar orasiga nifoq solganini” tushuntirgan.
Bundan avval Afg‘onistonning Panjsher viloyati aholisi “Tolibon” ayollarga qo‘yilgan cheklovlarni kuchaytirganini, xususan, burqa kiyish majburiy etib belgilanganini ma’lum qilingandi.
May oyida Afg‘onistonda ijtimoiy tarmoqlar va o‘yin platformalari foydalanuvchilari hibsga olina boshlangani xabar qilingandi. Ular Ezgulikni targ‘ib qilish va yovuzlikning oldini olish vazirligi tomondan “qonunga xilof faoliyat”da ayblanmoqda.
Izoh (0)