Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Bahodirlar o‘yinlarining Osiyo federatsiyasi prezidenti etib saylandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Xonobodda tashkil etilgan “Etno strongman games” bo‘yicha jahon kubogi va tosh ko‘tarishda jahon chempionati doirasida Osiyo Bahodirlar o‘yinlari va tosh ko‘tarish federatsiyasining taʼsis konferensiyasi o‘tkazildi.
Ushbu konferensiyada Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov Osiyo federatsiya prezidenti etib saylandi.
2025-yil yanvarida bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev O‘zbekiston sport kurashlari assosiatsiyasi raisi etib saylangandi. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sherzod Hidoyatov O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasiga rais bo‘ldi.
Bojxona qo‘mitasi raisi Akmalxo‘ja Mavlonov 17-fevral kuni Yengil atletika federatsiyasi raisi etib saylangan edi.
“Paxtakor” FK prezidenti sifatida faoliyat yuritgan mutaxassis Botir Rahimov O‘zbekiston tennis federatsiyasi raisi etib saylangani haqida xabar berilgandi. O‘zbekiston voleybol federatsiyasining navbatdan tashqari konferensiyasida ichki ishlar vaziri general-mayor Aziz Toshpo‘latov federatsiya raisi etib saylangandi.
Izoh (0)