UzAutoMotors, UMS, 10 ta IES va yana bir qator yirik korxonalar sotuvga qo‘yilishi, Gulnora Karimovaning qamoqdan ozod qilingani rad etilishi, Lavrov Samarqanddagi “Motamsaro ona” haykalida rus tilidagi yozuv yo‘qligiga e‘tibor qaratishi – “Daryo” nashri 23-aprelda eʼlon qilingan O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid eʼtiborga molik xabarlarni bir joyga to‘pladi.
Shavkat Mirziyoyev terakt sababli Hindiston prezidenti va bosh vaziriga ta’ziya yo‘lladi
Kashmir hududida yuz bergan otishma oqibatida 30 ga yaqin odam halok bo‘ldi.
Ta’lim davlat tilida bo‘lmagan sinflar bitiruvchilari endi o‘zbek tilida majburiy imtihon topshiradi
Umumiy o‘rta ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
O‘zbekistonda davlat ishtirokida korxona tashkil etishga 2030-yilgacha moratoriy joriy qilindi
Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar, tuman va shahar markazlaridagi davlat ishtirokidagi korxonalar ma’muriy binolari 1-qavati tadbirkorlarga ijaraga beriladi.
UzAutoMotors, UMS, 10 ta IES va yana bir qator yirik korxonalar sotuvga qo‘yiladi
Davlat ishtirokidagi yirik korxonalar xalqaro bozorlarda xususiylashtiriladi.
Italiya bosh vazirining Qozog‘iston va O‘zbekistonga tashrifi qoldirildi
Rim papasi Fransiskning vafoti munosabati bilan tashrif boshqa kunga ko‘chiriladi.
Toshkent—Andijon pulli yo‘lini qurishga tender o‘tkazish uchun arizalar qabuli bir oyga uzaytirildi
Tender ikki bosqichda o‘tkaziladi.
Gulnora Karimovaning qamoqdan ozod qilingani rad etildi
Oliy sud ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar asossiz va haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini bildirdi.
O‘zbekistonda ilk bor yomg‘irni sun’iy yog‘dirish texnologiyasi sinab ko‘rilmoqda
Ushbu innovatsion loyiha Qozog‘iston kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev Samarqandda Sergey Lavrovni qabul qildi
Ular O‘zbekiston—Rossiya munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini ko‘rib chiqdi.
O‘zbekistonda milliy ishlab chiqaruvchilar himoya qilinadi
Hukumat qarori bilan jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlari uchun ayrim tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib kirish tartibi takomillashtirildi.
Lavrov Samarqanddagi “Motamsaro ona” haykalida rus tilidagi yozuv yo‘qligiga e’tibor qaratdi
“Bu yerda ingliz tilida yozuv bor, lekin ruschasini ko‘rmadim. Ona — bu eng muqaddas zot”, deya murojaat qilgan Rossiya tashqi ishlar vaziri.
Andijon viloyati hokimi o‘rinbosarlardan maoshini “halollab olishini” so‘radi
Andijon viloyati hokimi o‘rinbosarlarga o‘z hududi kesimida investorlar va tadbirkorlarni topish uchun o‘n kun muddat bergan. Shuningdek, til biladigan, diplomatiyadan xabari bor yigit-qizlarni ishga taklif qilgan.
Gurbanguli Berdimuhamedov tashrif bilan O‘zbekistonga keldi
Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston prezidenti kutib oldi.
Sergelidagi xususiy maktab o‘qituvchisi jarimaga tortildi. U o‘quvchisini kaltaklagandi
“Mudarris” xususiy maktabining akademik direktori Sohibxon Ibragimovning maʼlumot berishicha, voqeadan so‘ng shaxmat to‘garagi rahbari ishdan olingan. Maktab direktoriga hayfsan berilgan.
Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov Islom Karimov xotirasiga hurmat ko‘rsatdi (foto)
Qabrga gullar qo‘yilgan. Qur’on tilovat qilingan.
“Biz ularning koloniyasi emasmiz” — jamoatchilik Rossiya TIV vazirining so‘zlariga keskin javob qaytarmoqda
Lavrov Samarqanddagi “Motamsaro ona” haykalida rus tilidagi yozuv yo‘qligiga e’tibor qaratgan edi.
Qashqadaryoda 14 yoshli bola avtohalokat sodir etib, ikki do‘stining o‘limiga sabab bo‘ldi (video)
Maktab o‘quvchisi otasining mashinasini ruxsatsiz boshqargan.
Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov “Boqiy shahar”da madaniy tadbirlarda ishtirok etdi (foto)
Raqs jamoalarining chiqishlaridan iborat madaniy dastur namoyish etildi.
Namanganda maktab o‘quvchisi ijaraga olingan Gentra’da qo‘lga tushdi
Viloyatda o‘quvchilar bilan bog‘liq YTHlar ko‘paygani ortidan kuchaytirilgan reydlar o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)