Andijonda elektr taʼminotini yaxshilash bo‘yicha yangi kelishuvlar imzolandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov xitoylik hamkorlar bilan uchrashib, yangi kelishuvlarni imzolagan.
Unga ko‘ra, aholini sifatli va doimiy ravishda elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida GESlar qurilishi belgilab olingan.
Jumladan, Qoradaryo o‘ramida umumiy quvvati yiliga 50 megavatt bo‘lgan 6 ta loyiha qurilishi bo‘yicha kelishuvga erishildi va memorandum imzolangan.
Izoh (0)