Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sherzod Hidoyatov O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasiga rais bo‘ldi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasining 2024-yil yakunlari, 2025-yilgi rejalarga bag‘ishlangan hisobot-saylov yig‘ilishi o‘tkazilib, unda Sherzod Hidoyatov federatsiya raisi etib saylandi.
Sherzod Xidoyatov 1980-yilning 20-avgustida Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2006-yilda Toshkent davlat texnika universitetini tugatgan. Mehnat faoliyatini 1998-yilda Oliy xo‘jalik sudining Tashkiliy-nazorat boshqarmasi umumiy bo‘limida nusxa ko‘chirish bo‘yicha nozirlikdan boshlagan. Turli yillarda bir qator korxona va tashkilotlarda mehnat qilgan.
Sherzod Hidoyatov 2021-yilda uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri bo‘lgan. 2022 yilning oxiridagi ma’muriy islohot davomida Qurilish va Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirliklari birlashtirilgan. O‘shanda Sherzod Hidoyatov Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari, 2024-yilning avgustida esa Botir Zokirov o‘rniga vazirlik rahbari etib tayinlangan.
Izoh (0)