• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Davlatda ikkinchi shaxs, Oliy sud raisi, sanoat va adliya vaziri: Sovet davrida o‘zbek ayollari qaysi lavozimlarda ishlagan?

    O‘zbekistonda ayni vaqtda xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi ulushi 35 foizga yetdi. Bu umumiy rahbarlarning uchdan bir qismidan ham ko‘proq ko‘rsatkich hisoblanadi. Ayollarning rahbarlik lavozimlariga munosib ko‘rilayotgani — quvonarli hol, albatta. Boisi o‘zbek ayollari azaldan rahbarlik vazifalarini uddalagan. “Daryo” mustaqillikkacha bo‘lgan davrda eng yuqori lavozimlarda ishlagan ayol rahbarlar haqida hikoya qiladi.

    Yodgora Nasriddinova — davlatning ikkinchi shaxsiga aylangan rahbar

    Yodgora Nasriddinova.
    Foto: Vikipediya

    1920-yil Qo‘qonda yuk ko‘taruvchi oilasida tug‘ilgan Yodgora Nasriddinova 1970-yillarga kelib, O‘zbekistonda Sharof Rashidovdan keyingi ikkinchi shaxs darajasiga yetgan. Ammo siyosiy jarayonlar va “Paxta ishi” tufayli siyosatchining karyerasi qanchalik tez o‘sgan bo‘lsa, shunchalik shitob bilan qulagan.

    O‘zbekiston tarixi muzeyi ochilishida O‘zbekiston hukumati aʼzolari va O‘zbekiston Kompartiyasi rahbarlari. Toshkent, 1970-yil
    Foto: O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari Milliy arxivi.

    Yodgora Nasriddinova yetim bo‘lib tug‘ilgani uchun shunday ismni olgan. Otasi o‘pka shamollashi tufayli olamdan o‘tganida u hali onasining qornida bo‘lgan. Onasi birinchi erining vafotidan keyin ikkinchi marta turmushga chiqqan. Yodgora Nasriddinova intervyusida “o‘gay otasi qo‘lidan ushlab, tashqariga olib chiqqan va yo‘l chetida yolg‘iz tashlab ketgan, shundan so‘ng 6 yoshida begona insonlar qo‘lida qolib ketgani” haqida so‘zlab bergan.

    1931-yil Yodgora Nasriddinova Qo‘qondagi birinchi mehribonlik uyiga o‘tkazilib, o‘qishi uchun imkoniyat ham yaratiladi. U 1936-yil Toshkent temir yo‘l transporti institutining Ishchi fakultetiga o‘qishga kiradi va OTMni tamomlashidan oldin “Stalin” stipendiyasini oladi.

    Talabalik yillarida Katta Farg‘ona kanali, Kattaqo‘rg‘on suv ombori, Toshkent—Angren temir yo‘li qurilishida rahbarlik lavozimlarida ishlagan. Aytilishicha, u ushbu muassasalarda rahbarlik lavozimida ishlagan yagona ayol bo‘lgan.

    Faoliyati davomida O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi Usmon Yusupov bilan uchrashadi. Respublika rahbari Yodgoraaning mehnatkashligini ko‘rib uni Toshkentga Lenin Kommunistik Yoshlar Ittifoqi Markaziy Qo‘mitasi kotibi lavozimiga o‘tkazadi. 1946-yildan 1948-yil martgacha O‘zbekiston komsomolining Toshkent viloyat qo‘mitasining birinchi kotibi bo‘lib ishlaydi. 1948-yildan O‘zbekiston Komsomoli Markaziy Komitetining ikkinchi kotibi, 1950-yil oktyabrdan 1952-yil maygacha Toshkent shahar O‘zbekiston Kompartiyasi Kirov tuman qo‘mitasi birinchi kotibi lavozimida faoliyat yuritgan.

    Foto: ekogradmoscow.ru

    1952-yil mayda O‘zbekiston SSR qurilish materiallari sanoati vaziri etib tayinlangan va 1955-yil fevraligacha ushbu vazirlikni boshqargan. So‘ngra O‘zbekiston SSR Vazirlar Soveti Raisining o‘rinbosarligiga munosib ko‘rilgan. 1959-yil martdan 1970-yil sentyabrgacha esa Sharof Rashidovning o‘rnida O‘zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi sifatida faoliyat yuritgan. Shu tariqa O‘zbekistonda bunday lavozimni egallagan birinchi va yagona ayol bo‘lgan.

    1970-yildan 1974-yilgacha SSSR Oliy Soveti Millatlar Kengashining raisi. Undan keyin SSSR qurilish materiallari sanoati vazirining o‘rinbosari, Osiyo va Afrika mamlakatlar ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi bo‘lgan. 1970-yillarning o‘rtalarida O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumi raisi bo‘lgan vaqtidagi jinoyati uchun vazifasidan chetlashtirilgan va unga nisbatan poraxo‘rlik ishi ochilib, 2,5 yil davomida so‘roq qilingan.

    1988-yil “Izvestiya” nashrida chop etilgan Arkadiy Saxninning “Korrupsiya” nomli maqolasida siyosatchi amnistiya to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha 23 million rubl pora olgani haqida so‘z boradi. Tergov jarayonida ayol bir necha bor miokard infarktini boshdan o‘tkazgani, qizi og‘ir qon tomir kasalligi bilan reanimatsiyaga yotqizilgani, o‘g‘li esa tuhmatga chiday olmay 42 yoshida vafot etgani aytiladi.

    Shundan so‘ng Yodgoraga xatlar kela boshlaydi, ularda odamlar soxta xatlarga imzo chekishga majbur bo‘lganliklarini tan olgandi. Shuningdek, gumonlanuvchiga ham jinoyat tarkibi yo‘qligi sababli ish to‘xtatilgani haqida ham rasmiy xat keladi.

    Moskva shahridagi Yodgora Nasriddinova qabri.
    Foto: ekogradmoscow.ru

    O‘zbekistonlik siyosatchi 2006-yil Moskvada vafot etgan.

    Dunyoda birinchi marta Oliy sudni boshqargan o‘zbek ayoli

    O‘zbekistonda sud ekspertizasi ilmiy tadqiqot instituti hamda Toshkent shahrining markaziy ko‘chalaridan biriga nomi berilgan Xadicha Sulaymonova haqida eshitgan yoki o‘qigandirsiz. 1913-yil Andijonda tug‘ilgan Xadicha Sulaymonova O‘zbekiston SSRda Adliya vaziri, Oliy sud raisi kabi rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.

    Xadicha Sulaymonova.
    Foto: Vikipediya

    U 1935-yil Jahon Obidova nomidagi Toshkent Sovet qurilishi va huquq institutining Yuridik fakultetini tamomlagan. 1935-1938-yillarda xalq sudyasi, O‘zbekiston SSR Oliy sudi aʼzosi sifatida ish yuritgan. Moskva yuridik institutining sovet jinoyat huquqi kafedrasi aspiranturasida o‘qib, huquqshunoslik bo‘yicha ilmiy darajaga ega bo‘lgan birinchi o‘zbek ayoliga aylangan.

    Sulaymonova 1945-yil sentyabrdan Toshkent yuridik instituti jinoyat huquqi kafedrasi dotsenti, mudiri sifatida ish boshlab, 1954-yil shu institut rektori etib tayinlangan. 1956-1958-yillarda O‘zbekiston SSR Adliya vaziri, 1964-yildan esa O‘zbekiston SSR Oliy sudi raisi sifatida faoliyat olib borgan.

    Xadicha Sulaymonova Adliya vaziri, Oliy sud raisi sifatida faoliyat yuritgan yillarda vazirlikning 41 nafar xodimidan 15 nafari, viloyat sudining 87 nafar sudyasidan 25 nafari ayol kishi bo‘lgani taʼkidlanadi.

    1957-yil 1-maydagi maʼlumotlarga eʼtibor bersak, “ministrlik”dagi 41 xodimning 15 nafari, viloyat sudi 87 nafar sudyasining 25 nafari, 230 nafar xalq sudyasining 48 nafari, 70 nafar notariusning 53 nafari ayol-qizlar bo‘lgan. Xadicha Sulaymonova ayol-qizlar masalasiga alohida eʼtibor qaratgan ko‘rinadi. 1958-yil 24-yanvarda uning rahbarligida Toshkent sud ekspertiza ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etiladi. Bu institutga keyinroq Xadicha Sulaymonova nomi beriladi. Institut hozirgi paytda markazga aylangan. Shu yilning martida O‘zbekiston Adliya va sud organlari qayta tashkil etildi. Adliya “ministrligi”ning sudlar va notariuslarni boshqarish funksiyasi Oliy sudga berildi, deyiladi bu haqdagi maʼlumotda.

    Xadicha Sulaymonova.
    Foto: TBC Bank Uzbekistan videoroligidan kadr

    U 1965-yil 26-noyabrda og‘ir va uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng vafot etgan va Toshkent shahridagi Chig‘atoy qabristoniga dafn qilingan.

    Mamlakat Vosiqova — O‘zbekiston Adliya vaziri

    O‘zbekiston tarixida ayol kishining Adliya vaziri etib tayinlangani bilan bog‘liq holat ham bor. Bunday martabaga 1924-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan Mamlakat Vosiqova erishgan.

    Mamlakat Vosiqova.
    Foto: O‘zbekistan tarixi kanalida efirga ketgan ko‘rsatuvdan kadr

    U O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, xizmat ko‘rsatgan yurist va yuridik fanlar doktori darajasiga yetgan.

    Foto: O‘zbekistan tarixi kanalida efirga ketgan ko‘rsatuvdan kadr

    Mamlakat Vosiqova 1952—1957-yillarda O‘zbekiston Adliya vaziri o‘rinbosari, 1957—1960-yillarda Oliy Sud raisi o‘rinbosari, 1970—1984-yillarda esa O‘zbekiston Adliya vaziri lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan. 1984-yildan esa Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida huquq asoslari kafedrasi mudiri sifatida faoliyatini davom ettirgan.

    Foto: O‘zbekistan tarixi kanalida efirga ketgan ko‘rsatuvdan kadr

    U 1997-yil 12-yanvar kuni Toshkentda vafot etgan.

    Rimajon Xudoyberganova — Xorazm viloyati hokimi

    Rimajon Xudoyberganova.
    Foto: Shaxsiy arxiv

    Xorazm viloyatiga uch yil rahbarlik qilgan Rimajon Xudoyberganova ham O‘zbekistonning yangi tarixidagi sanoqli ayol rahbarlardan biri hisoblanadi.

    U 1942-yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan. 1960—1966-yillarda Toshkent tekstil institutida taʼlim olgan. Mutaxassisligi tikuvchi bo‘lgan ayol faoliyatini Urganch tikuvchilik fabrikasida boshlagan. 1972-yil fabrika direktori etib tayinlangan.

    Foto: Kun.uz

    1980-yillardan boshlab esa partiya tizimida turli lavozimlarda ishlagan. 1988-yil sentyabr oyida Xorazm viloyati partiya qo‘mitasi birinchi kotibi, yaʼni viloyat hokimi etib saylangan va o‘sha vaqtda viloyatni boshqarayotgan SSSRdagi yagona ayol bo‘lgan. U bu lavozimda 1992-yilgacha qolgan.

    Rimajon Xudoyberganova hokimlikdan ketishini O‘zbekiston prezidentligiga o‘tkazilgan birinchi saylovdan so‘ng, hududda Islom Karimovga ovoz berish jarayoni raqibi Saloy Madaminovga nisbatan kam bo‘lgani bilan izohlagan.

    Rimajon Xudoyberganova. 2020-yil
    Foto: Kun.uz

    Rahbarlikdan bo‘shatilishimga saylov masalasi asosiy sabab bo‘ldi deb o‘ylayman. Prezident saylovida Islom Karimov viloyatimizda 36,7 foiz ovoz oldi, Muhammad Solih esa 57 foiz. Islom Abdug‘aniyevichga: “Meni ishdan olavering, o‘rningizda bo‘lganimda, o‘zim ham shunday qilardim”, deganman. Buni raqobatchilarim uyushtirgan degan shubham ham bor.

    Bundan tashqari, baʼzi rahbarlar “biz erkakmiz, ayol kishi boshliq bo‘lsa, boshimizni qanday ko‘tarib yuramiz”, deb arz qilishgani haqida ham eshitganman. Mendan biror ayb topisholmadi. Ustimdan faloncha uyi bor, faloncha mashinasi bor degan maʼnoda “yumaloq” xatlar yozishdi. Ko‘p marta tekshirishdi, hatto qarindoshlarimning uylarini ham sanab chiqishdi. Bu ayblovlar isbotini topmadi, deydi u bu haqda eslar ekan.

    Shodioy Mansurova — Shahrisabz shahri hokimi bo‘lgan

    Shodioy Mansurova.
    Foto: “Daryo”

    Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahriga rahbarlik qilgan viloyatdagi birinchi ayol rahbar — Shodioy Mansurova 1946-yil tug‘ilgan bo‘lib, O‘zbekiston mustaqilligiga qadar rahbarlik lavozimlarida ishlagan. U 1988-yil Shahrisabz shahri va tumani qo‘shib yuborilgunga qadar Shahrisabz shahar partiya qo‘mitasi birinchi kotibi vazifasini bajargan.

    Shodioy Mansurova viloyatda xotin-qizlari orasida birinchilardan bo‘lib, shahar hokimi, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasining raisi bo‘lib ishlagan, “Mo‘tabar ayol” ko‘krak-nishoni, “Salomatlik” ordeni bilan taqdirlangan.

    U 2024-yil 7-mart kuni yurak xurujidan vafot etgan.

    Yangi O‘zbekiston boshqaruvidagi hokim ayollar 5 nafarni tashkil qiladi

    Fotokollaj: “Daryo”

    O‘zbekiston mustaqilligining dastlabki yillarida davlat boshqaruvida ayol rahbarlar ko‘pchilikni tashkil qilgan bo‘lsa-da, keyinchalik bu jins vakillari rahbarlik lavozimlaridan chetlatilgan. Maʼlum muddat hokimlik lavozimlari ularga topshirilmagan. Prezident Shavkat Mirziyoyev davriga kelib boshqaruvda yana ayol kadrlarga ishonch bildirila boshlagan.

    Yangi O‘zbekistonda eski O‘zbekistondan farqli ravishda bir paytda 6 nafar ayol hokimlik lavozimiga tayinlangan. Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 20-yanvar kuni Oliy Majlis Senatining birinchi yalpi majlisida tuman hokimligiga nomzod ayollarni qidirayotgani haqida gapirgach, fevral va mart oylarida O‘zbekistondagi qator hududlarda ayol hokimlar paydo bo‘la boshladi.

    Fotokollaj: Xabar.uz

    18-fevral kuni Dilfuza Uralova Sirdaryoning Boyovut tumaniga hokim etib tayinlangan bo‘lsa, 29-fevral kuni Nargiza Neʼmatova Buxoroning Olot tumani rahbariga aylandi. Shu yilning 4-mart kuni esa faoliyatini maktabda boshlagan Gavhar Alimova Kattaqo‘rg‘on shahriga rahbar bo‘ldi. Undan so‘ng Andijon viloyatining Bo‘ston tumaniga Sadbarxon Mamitova, Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumaniga Maqsuda Mustafoyeva, Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumaniga Zulayho Mahkamova rahbar etib tayinlandi.

    2021-yil yozida Bo‘ston tumani hokimi Sadbarxon Mamitova vafot etib, uning o‘rnida yana ayol kishi — Sanobar Nosirova tumanning yangi rahbariga aylandi. To‘raqo‘rg‘on hokimi Zulayho Mahkamova 2022-yil martida Xotin-qizlar va oila ishlari qo‘mitasi raisi etib tayinlandi. Keyinchalik qo‘mita tugatilgach, Mahkamova bosh vazir o‘rinbosari lavozimida ishlashda davom etdi.

    Maqsuda Mustafoyeva viloyatdagi paxtachilik klasteri bilan bog‘liq muammolar va faoliyatidagi kamchiliklar sabab 2022-yil fevralida Qarshi tumani hokimligini tark etdi. 2023-yilning oktyabr oyiga kelib Toshkent shahrida ham tarixda birinchi marotaba ayol hokim ish boshladi. Yakkasaroy tumani prokurori sifatida ishlab kelgan Nilufar Allaberganova mazkur tumanga rahbar etib tayinlandi.

    Nilufar Allaberganova.
    Foto: Yakkasaroy hokimligi

    Shunday qilib ayni kunda O‘zbekistonning tuman-shaharlarini boshqarayotgan ayol hokimlar soni 5 nafarni tashkil etadi.

    14 mart, 21:37   Izoh (0)   12124
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Yodgor Nasriddinova#Xadicha Sulaymonova#Mamlakat Vosiqova#Rimajon Xudoyberganova#ayol hokimlar

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Bankda ishladim, qizimni turmushga berdim va endi ijodga qaytdim”. Sobiq “Jonim” guruhi xonandasi Aziza Nasriddinova bilan suhbat

    21.04.2022, 16:46

    SSSR rahbariyati tarkibidan o‘rin olgan chinozlik Tursunoy, monopoliyachilarni tanqid qilgan Islom Karimov, najot — terakda! O‘zbek matbuoti 25-aprelda nimalar haq...

    25.04.2022, 07:30

    Atom bombasidan voz kechish uchun imzo chekkan Qozog‘iston va Ukraina, Marg‘ilonning 1962-yilgi omborchi-millioneri, 23-mayda yangragan so‘nggi qo‘ng‘iroq. O‘zbek

    25.05.2022, 07:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Namangan hokimi 100 yilligi nishonlanayotgan maktabdagi “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi

    O‘zbekiston | 24 may, 22:00

    Quyoshdan himoyalovchi kremlardan foydalanishda tez-tez uchraydigan xatolik aniqlandi

    Layfstayl | 24 may, 21:40

    Samarqand 2025-yili Islom dunyosining madaniyat poytaxtiga aylanadi

    O‘zbekiston | 24 may, 21:25

    Superliga. “Neftchi” o‘z maydonida bir kishi kam bo‘lib qolgan “Sho‘rtan”ni tor-mor etdi

    Sport | 24 may, 21:21

    Yozgi tekshiruv: ta’tillar mavsumidan avval qanday tahlillar topshirish kerak?

    Maslahatlar | 24 may, 20:50

    Qurol topib olinsa nima qilish kerak: mukofot yoki ozodlikdan mahrum bo‘lish?

    O‘zbekiston | 24 may, 20:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.