Bojxona qo‘mitasi raisi Akmalxo‘ja Mavlonov 17-fevral kuni Yengil atletika federatsiyasi raisi etib saylandi. Bu haqda federatsiya matbuot xizmati xabar berdi.

Bojxona qo‘mitasining ma’lum qilishicha, shu munosabat bilan tashkil qilingan yig‘ilishda federatsiya raisining o‘rinbosarlari va bosh kotibi ham saylandi. Tashkilotning yangi tahrirdagi ustavi qabul qilindi.
Yengil atletika sport turlarida erishilgan yutuqlar bilan kifoyalanmasdan, respublikada uni yanada ommalashtirish hamda bu borada mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish istiqbollari ham atroflicha muhokama qilindi.
2025-yil yanvarida bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev O‘zbekiston sport kurashlari assosiatsiyasi raisi etib saylangandi. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sherzod Hidoyatov O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasiga rais bo‘ldi.
Izoh (0)