Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov “Zarubejneft” AJning Moskva shahridagi bosh ofisida kompaniya bosh direktori Sergey Kudryashov bilan uchrashdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda Andijon viloyatida qiymati 100 mln dollar bo‘lgan (1-bosqichda 18 megavatt, 18 million dollar) 2024—2026-yillarda jami 100 megavatt quvvatga ega quyosh panelli elektr stansiyasini qurish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha memorandum imzolandi.
Shuningdek, Andijon viloyati hokimi shu yerning o‘zida “Rosatom” davlat korporatsiyasining “Spetsialnaya energiya” sho‘ba korxonasi va “Zarubejneft” bilan qiymati 100 million dollarlik maishiy chiqindilarni qayta ishlash va elektr energiya ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha korxona rahbariyati bilan muzokaralarni yakunlab, uch tomonlama shartnoma imzoladi.
Izoh (0)