Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanida qariyani do‘pposlagan erkak 17 mln so‘m jarima to‘ladi, deb xabar bermoqda MIB axborot xizmati “Daryo”ga.

Keltirilishicha, Yozyovon tumanida 46 yoshli erkak A.V. 77 yoshli qariya A.A.ni jamoat joyida do‘pposlab, tan jarohati yetkazgani uchun sud tomonidan 17 million so‘m jarimaga tortildi.
Ikkala shaxs ham qarindosh bo‘lib, A.V. mast holda qariyani bozor hududida uchratib qoladi. Suhbat davomida A.A.ga “Xotiningni bir o‘zini umra ziyoratiga jo‘natdingmi?”, deb so‘raydi. Bu savol esa A.V.ning jahlini chiqarib, qariyani do‘pposlashiga sabab bo‘ladi.
Sud qaroriga ko‘ra, A.V.ga 17 million so‘m miqdorida jarima belgilandi. Majburiy ijro byurosi Yozyovon tuman bo‘limiga kelib tushgan ijro hujjati bo‘yicha davlat ijrochilari A.V. bilan ko‘plab tushuntirish ishlarini olib bordi. A.V. avvaliga jarimani to‘lashdan bosh tortib, qariyaga dori-darmon olib berganini aytgan.
Ammo davlat ijrochilarining qatʼiy harakatlari natijasida A.V. 2025-yil 24-aprel kuni jarimani to‘liq to‘ladi va ijro hujjati amalda tamomlandi.
Bundan avval Qashqadaryoda mahalla raisi ayol kishini kaltaklagani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida 10 kishi ikki aka-ukani kaltaklagani xabar qilingan.
Izoh (0)