“Sevgi iztirobi” seriali bilan mashhurlikka erishgan turkiyalik aktrisa Neslihan Atagul, Instagram’dagi shaxsiy blogida o‘g‘lining suratlaridan iborat to‘plamni joylashtirdi.

Aktrisa turmush o‘rtog‘i Kadir Dog‘uluni Instagram orqali tabriklab, unga atalgan dil so‘zlarini yozib qoldirgan.
Atagul suratlarga “Tug‘ilgan kuningiz bilan, dadasi! Siz mening panohim, yo‘lboshchim va kuchimsiz. Borligingiz uchun juda minnatdorman. Sizni so‘z bilan ifodalab bo‘lmaydigan darajada yaxshi ko‘raman”, deb yozib qoldirgan.

Eslatib o‘tamiz, Neslihan Atagul va Kadir Dog‘ulu 2016-yilda turmush qurishgan. To‘y Istanbulda bo‘lib o‘tgan. O‘tgan yilning iyul oyi oxirida esa juftlik ota-ona bo‘lishga tayyorlanayotganini eʼlon qilgandi. Aktrisa va uning turmush o‘rtog‘i uchun bu juda kutilgan farzand edi. Aziz deb ism qo‘yilgan chaqaloq 2025-yilning 6-mart kuni dunyoga keldi.
Izoh (0)