“Muhtasham yuz yil” serialidagi shahzoda Jahongir obrazi bilan yaxshi tanish Tolga Saritash va uning rafiqasi Zeynep Mayruk tez orada farzandli bo‘ladi. Bu haqda jurnalist Birsen Altuntash ma’lum qildi.

20-aprel kuni aktyor yangi oila a’zosi haqidagi yangilikni tasdiqladi. Hozircha tug‘ilajak bolaning jinsi noma’lum.
Eslatib o‘tamiz, Tolga Saritash besh yillik munosabatlardan so‘ng Zeynep Mayruk bilan hayot yo‘lini bog‘ladi. 33 yoshli aktyor va 35 yoshli Zeynepning nikoh to‘yi Cheshme yarimorolida o‘tkazildi. Aktyor sevgilisiga 14-fevral sevishganlar kunida turmush qurishni taklif qilgan hamda do‘stlari davrasida nishonlashgan.

Oilaviy hayoti haqida gapirar ekan, aktyor ota bo‘lish istagi bor ekanligini bildirgan edi:
“Turmushimiz yaxshi ketmoqda. Albatta, har bir erkak kabi men ham ota bo‘lishni istayman, lekin bu taqdir masalasi”.
Tolga Saritash Turkiyaning eng mashhur aktyorlaridan biridir. U Istanbulda tug‘ilgan. Kino olamida karyerasini 2009-yili “Baxti qora” filmidan boshlagan va “Muhtasham yuz yil” filmida shahzoda Jahongir rolini o‘ynagan.
Bundan tashqari, “Gunesh qizlari” filmida Ali Merto‘g‘lu obrazini gavdalantirib, tomoshabinlar eʼtiboriga sazovor bo‘ldi. 2017—2019-yillar orasida “Va’da” filmidagi ijrosi orqali 46-Xalqaro Emmi mukofotini “Eng yaxshi aktyor” nominatsiyada qo‘lga kiritdi.
Izoh (0)