O‘tgan yilda Netflix tizimi tarixidagi eng mashhur dramalaridan biri bo‘lgan “Kalmar o‘yini”ning uzoq kutilgan uchinchi mavsumiga oid dastlabki kadrlardan lavhalar namoyish etildi hamda serial davomining chiqish sanasi ma’lum qilindi.

Voqealar rivoji haqida tafsilotlar hozircha ko‘p emas, biroq bir narsa aniq: tomoshabinlarni shunchaki yakun emas, balki haqiqiy final raundi kutmoqda. Kim oxirigacha yetib borishini va o‘yin nima bilan tugashini bilish uchun atigi bir necha hafta sabr qilish kerak.
“Kalmar o‘yini”ning final mavsum 2025-yil 27-iyunda namoyish etiladi. Serial ikkinchi mavsumdan atigi yarim yil o‘tib, qisqa muddatda qaytishining sababi ikkala mavsumning bir vaqtda suratga olinganidadir.
Uchinchi mavsum ham yetti qismdan iborat bo‘ladi. Loyiha rejissyori Xvan Don Xyokning so‘zlariga ko‘ra, final ikki mavsumga ajratilishi ssenariy strukturasi bilan bog‘liq. Unga yettinchi qism emotsional va mazmunan jihatdan tugallangan bo‘lib tuyulgan.
“Ikkala mavsumni yozayotganimda tushundimki, yettinchi qism serialning eng muhim burilish nuqtasi bo‘la oladi. Men tomoshabinlar final raund oldidan biroz nafas rostlashini xohladim”, deydi drama muallifi.
“Kalmar o‘yini”ning birinchi mavsumi 2021-yilda namoyish etilgan va platformadagi rekord darajadagi start bilan fenomenga aylangan. 2024-yil 26-dekabrda chiqqan ikkinchi mavsum esa Netflix tarixidagi eng mashhur ingliz tilidagi bo‘lmagan loyihalar orasida ikkinchi o‘rinni egallagan. Endi esa barcha e’tibor finalga qaratilgan.
Izoh (0)