Jennifer Lopes Yaqin Sharqdagi konsert paytida garderobini jiddiy ravishda o‘zgartirishi kerak bo‘ldi. 55 yoshli estrada yulduzi o‘zining mashhur cho‘milish kiyimlari va bodilarini uyda qoldirishga majbur bo‘ldi. Lopes Jiddada bo‘lib o‘tgan 2025-yilgi Saudiya Arabistoni Gran-prisida chiqish qildi. Bu uning 11 yil ichida “Formula-1” bosqichida birinchi chiqishi bo‘ldi.

Jonli tomoshabinlar oldida ochiq kiyimlarda chiqishlari bilan mashhur bo‘lgan hitmeyker bu safar jamoatchilik oldiga yopiq kostyumlar kiyib chiqdi, u bo‘ynini va hatto oyoq barmoqlarini yopdi.
“Unutilmas oqshom uchun rahmat. Siz bilan u yerda bo‘lish juda yoqimli edi. Yozda yana uchrashishni kutaman!”, deb yozdi Jey Lo o‘zining blogida.

Taʼkidlash joizki, Saudiya Arabistonida jamoat joylarida ayollar uchun ochiq kiyimlarda yurish maʼqul ko‘rilmaydi. 2019-yilda jamoat tartibi to‘g‘risida qonun qabul qilindi, unda erkaklar ham, ayollar ham kamtarona kiyinishga alohida eʼtibor qaratildi, ayniqsa tirsak va to‘piqlarni yopib turuvchi keng kiyimlarga urg‘u berildi. Xorijiy ayollarga ham mahalliy urf-odatlar va anʼanalarga hurmat sifatida ushbu dress kodga amal qilish tavsiya etiladi.
Izoh (0)