Disney multfilmlari bolalik xotiralarimizning ajralmas qismiga aylangan. Har bir malika, yovuz qahramon yoki jasur yigit kabi qahramonlarning aksariyati faqat animatorlarning tasavvuridan emas, balki real hayotdagi mashhur shaxslar timsolida yaratilgan. Ularning tashqi ko‘rinishi, harakatlari, hattoki xarakteri ham aniq prototiplarga asoslangan. Quyida sevimli qahramonlarimiz aslida kimdan ilhomlanib chizilganini bilib olamiz.
Olovuddin — Maykl J. Foks va Tom Kruz

Disney animatorlari dastlab Olovuddin qahramonini “Kelajakka qaytib” filmidagi Maykl J. Foks obrazidan ilhomlanib yaratgan. U 13 yoshli, quvnoq ko‘cha o‘g‘risi sifatida tasvirlangan. Ammo u malika Jasminni sevib qolishi bu yoshdagi bola uchun yot bo‘lgan, shu sababli bu obrazni qayta ko‘rib chiqishga to‘g‘ri kelgan.
Olovuddinga bir necha yil qo‘shish va yanada kelishgan yigitga “aylantirish” uchun kinochilar Tom Kruzning tashqi ko‘rinishi andoza olgan.
Jasmin — Jennifer Konnelli

Sulton Agraba qizining prototipi aktrisa Jennifer Konnelli bo‘lgan, o‘sha paytda u “Labirint” filmi orqali mashhur edi.
Jin — Robin Uilyams

Robin Uilyams “Olovuddin” multfilmidagi jin qahramoniga ovoz berib qolmay, balki obrazni o‘zining kulgili hazil-mutoyibalari va mimikalari bilan ham boyitgan.
Ariel — Alissa Milano

1989-yilda chiqqan “Suv parisi” multfilmida yosh malika Ariel obrazini yaratishda “Sehrlanganlar” seriali yulduzi Alissa Milanoning suratlaridan foydalanilgan. O‘shanda aktrisa atigi 16 yosh bo‘lgan.
Ursula — Divayn

Haybatli dengiz jodugari — Ursula obrazi darhol paydo bo‘lmagan. Dastlab uni tikanli yoki qanotli qahramon qilib chizmoqchi bo‘lishgan. So‘ng Divayn (asl ismi Harris Glenn Milsted) tashqi ko‘rinishidan ilhomlanishgan.
Oppog‘oy — Marj Chempion

1937-yilda chiqarilgan birinchi to‘liq metrajli “Oppog‘oy va yetti gnom” multfilmi davrida hali kino sanoati va texnologiyalar yaxshi rivojlanmagan edi. Shuning uchun Uolt Disney raqqosa va aktrisa Marj Chempionni jonli model sifatida taklif qilgan. Uni 200 nafar ayol-qizlar orasidan tanlab olishgan. Marj nafis ko‘ylaklarda sahnalashtirilgan raqs epizodlarini ijro etgan, so‘ng kadrlar animatsiyaga aylantirilgan.
Pokahontas — Iren Bedard

1995-yilda namoyish etilgan “Pokaxontas” multfilmida bosh qahramonni faqat ovoz emas, balki mimika va harakatlarda ham amerikalik aktrisa, eskimos jdodlari bo‘lgan Iren Bedard ijro etgan.
Zolushka va Avrora — Helen Stenli

Raqqosa va aktrisa Helen Stenli ikkita mashhur mult qahramonlarning jonli modeli bo‘lgan: bilar “Uyqudagi go‘zal” — Avrora va “Zolushka”dagi bosh qahramon.
Malefisenta — Elinor Odli

Bugungi kunda ko‘pchilik Malefisenta obrazini faqat Anjelina Joli bilan bog‘lasa-da, dastlab obraz yaratilishiga ilhom bergan aktrisa Elinor Odli bo‘lgan. Uning mag‘rur va sovuqqon qiyofasi 1959-yilgi multfilmga asos bo‘lgan. U Malefisenta obraziga ovoz ham bergan.
Piter Pen — Bobbi Driskoll

O‘sha davrda “Disney bolasi” deb atalgan, “Janub qo‘shig‘i”, “Xazinalar oroli” kabi filmlarda rol o‘ynagan Bobbi Driskoll hech qachon ulg‘ayishni istamagan Piter Pen obraziga prototip bo‘lgan. Bu multfilm uning oxirgi yirik loyihasi bo‘lgan. Afsuski, aktyor giyohvandlikka berilib, 31 yoshida hayotdan ko‘z yumgan.
Kapitan Kryuk — Gans Konrid

Amerikalik aktyor Gans Konrid dastlab faqat ovoz aktyori sifatida taklif etilgan bo‘lsa-da, so‘ng u Piter Penning dushmani obraziga ham asos qilib olingan. Ayniqsa, uning ko‘zlari va qoshlarining ifodasi animatorlarda kuchli taassurot qoldirgan.
Kruella de Vil — Tallula Benkhed

“101 ta dalmatin” multfilmidagi Kruella obrazi nafaqat Disney animatorlari, balki aktrisa Tallula Bankhed ijodining mahsuli. Uning bo‘g‘iq ovozi, istehzo bilan so‘zlashishi va sigaretani beparvo tarzda ushlashi animatsiya Disney tarixida qolgan.
Izoh (0)