Jizzax shahri uchun 22 dona zamonaviy avtobuslar olib kelindi, deb xabar berdi Transport vazirligi matbuot xizmati.
Maʼlum qilinishicha, ushbu avtobuslar Jizzax shahar ichi yo‘nalishlariga brutto-shartnoma asosida biriktiriladi.
Aprel oyida Jizzax shahri uchun 8 ta zamonaviy avtobus olib kelingan edi. Shu bilan birga, mart oyida 30 dona Zhong Tong rusumli avtobuslar olib kelingan.
2025-yil yakuniga qadar Jizzax viloyatiga yana 30 dona avtobuslar olib kelish rejalashtirilgan.
Bundan avval Angrenga 15 ta Yutong avtobusi olib kelingandi. Zoir Mirzayev 2024-yil oktyabrida o‘tkazgan hokimlik soatida Toshkent viloyatida transport sohasidagi xizmatlarni yaxshilash uchun 1000 ta yangi avtobus xarid qilish bo‘yicha topshiriq bergandi.
Transport vazirligi matbuot xizmatining bildirishicha, hududlarda aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida zamonaviy avtobuslarni olib kelish ishlari davom etmoqda. Toshkent shahriga yana 1000 ta Yutong avtobusini olib kelish imkoniyatlari o‘rganilmoqda. Andijon viloyatiga Xitoydan 100 ta elektrobus xarid qilinishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)