“Manchester Siti” safini mavsum yakunida tark etadigan yarim himoyachi Kevin De Bryuyne faoliyatini Angliya Premyer Ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda taniqli insayder Melisa Reddi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, belgiyalik futbolchini bir vaqtning o‘zida besh jamoa o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. Jumladan, “Arsenal”, “Chelsi”, “Manchester Yunayted”, “Aston Villa” va “Nyukasl” klublari 32 yoshli yulduz uchun kurashga kirishadi.
Eslatib o‘tamiz, De Bryuyne va “Manchester Siti” o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2025-yilning iyun oyida yakuniga yetadi. Yaqinda u mavsum yakunlangach, jamoani tark etishini rasman e’lon qildi. Shu bilan futbolchi erkin agentga aylanadi hamda uni istalgan jamoa tekinga qo‘lga kiritishi mumkin.
Joriy mavsumda tajribali pleymeyker jami 35 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 5 ta gol va 8 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.
Izoh (0)