• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Chempionlar Ligasida inglizcha final. “Manchester Siti” — “Chelsi” o‘yini haqida

    Chempionlar Ligasida inglizcha final! Xosep Gvardiolaning yorqin va g‘alabaga chanqoq uslubi, Tomas Tuxelning pragmatik futboliga qarshi. “Manchester Siti” 2020/21-yilgi mavsumda Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi va 4-o‘rinni olgan “Chelsi”ni 19 ochkoga ortda qoldirdi. Bir qarashda favorit aniqdek, biroq Tomas Tuxel ketma-ket ikkita o‘yinda “Siti”ni mag‘lub etgani finalga intriga qo‘shadi.

    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    Jamoalar bosib o‘tgan yo‘l

    “Manchester Siti” guruhda birinchi o‘rinni olishga u qadar qiynalmadi. “Portu”, “Olimpiakos” va “Marsel” — ularni Pep Gvardiola jamoasi uchun jiddiy raqib deb bo‘lmaydi. “Siti” ishonchli tarzda birinchi o‘rinni oldi. Nimchorak va chorak finallarda jamoaga “Borussiya”lar duch keldi. Avvalliga Myunxengladbax klubi taslim etilgan bo‘lsa, keyingi bosqichda dortmundliklar mag‘lub qilindi. Ingliz klubi final ostonasida “PSJ”dan ustun keldi.

    Londonliklar “Sevilya”, “Renn”, “Krasnodar” bilan bir guruhdan joy oldi va osonlikcha pley-off masalasini hal qildi. Nimchorak finalda “Chelsi” “Atletiko”ga ikkita o‘yinda javobsiz uchta gol holda keyingi bosqichga yo‘l oldi. Qur’a “ko‘klar”ga yana omadli keldi va yarim final yo‘lida “Portu” taslim etildi. Tuxel jamoasi yarim finalda “Real”ni ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi.

    “Manchester Siti”

    Vazifa — birinchi bo‘limdan o‘tib olish

    Xosep Gvardiola “Chelsi”ga qarshi o‘yindan avval jamoasi Chempionlar Ligasidagi o‘yinlarning birinchi bo‘limida qiyinchilikka uchrayotganiga e’tibor qaratdi. Ayniqsa “Borussiya D”ga qarshi javob bahsi va “PSJ” bilan dastlabki o‘yinda parijliklarga oson bo‘lmadi.

    Dortmundliklar qarshi javob o‘yinining birinchi bo‘limi 0:1 hisobida boy berilgandi. Hujum chizig‘ida bir qator ijrochilarga ega jamoa tanaffusga qadar raqib darvozasi tomon faqat bir bor aniq zarba bera olgandi. Biroq ikkinchi bo‘limda jamoa o‘ziga kelgan va raqib darvozasiga ikkita to‘p kiritgandi. Shuningdek, “shaharliklar” Parijdagi o‘yinning birinchi bo‘limida ham yaxshi ko‘rinmagandi. Ochiq o‘yinda tanaffusga qadar “PSJ” darvoza tomon to‘rtta zarba bergan bo‘lsa, inglizlar ikki marta bu ishni uddaladi. O‘z imkoniyatlardan foydalanish va raqibning qo‘l-oyoqlarini bog‘lay olish ikkinchi bo‘limda uddalandi. Uchrashuvning ikkinchi yarmida “PSJ” darvoza tomon birorta ham aniq zarba bermadi, “Siti” esa bu ishni to‘rt bor uddaladi.

    Foto: Twitter

    “Chelsi” bilan esa hammasi o‘zgachami?

    So‘nggi o‘zaro ikki o‘yinda “Chelsi” statistika tomondan “Manchester Siti”dan yaxshiroq harakat qildi. Kubok yarim finalida “shaharliklar” kubok o‘yinida aniq zarbalar borasida Manchester jamoasi yaxshiroq natijaga erishdi (aniq zarbalar — 3:0), chempionatda esa birinchi bo‘limni o‘z foydasiga hal qilgan (3:1). O‘shanda Serxio Aguero penaltini aniq ijro etgan holda o‘yin masalasini hal qilib qo‘yishi mumkin edi, biroq u penaltidan foydalana olmagandi.

    Qizig‘i chempionatdagi o‘yinning ikkinchi bo‘limida “Manchester Siti” tizginni butkul “Chelsi”ga topshirib qo‘ydi. Londonliklar to‘plar nisbati va aniq zarbalar borasida ustunlikka ega bo‘ldi. Biroq Chempionlar Ligasi finalida avvalgi natijalarning barchasi unutiladi va hammasi boshidan boshlanadi.

    “Chelsi”

    Kante va Mendi qaydnomaga kiritildi

    Mavsum oxiri “ko‘klar” uchun nafaqat mag‘lubiyatlar, balki jarohatlarga ham boy bo‘ldi. Chempionlar Ligasi finali oldidan yarim himoyachi Ngolo Kante va darvozabon Eduard Mendining ishtiroki masalasi so‘roq ostida qoldi.

    Fransiyalik yarim himoyachi “Lester”ga qarshi o‘yin (2:1) vaqtida jarohat oldi va APLning so‘nggi turidagi “Aston Villa”ga qarshi bahsni o‘tkazib yubordi. Mendi esa aynan 38-tur bahsida safdan chiqdi. Yaqinda Tomas Tuxel finalda Kepa Arrisabalagani o‘yinga tashlashi ehtimoli borligini tan olgandi.

    Foto: EPA

    Biroq o‘yinga uch kun vaqt qolganda Kante va Mendi umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytgani ma’lum bo‘ldi. Keyinroq ular final qaydnomasidan joy oldi. Shu tariqa Tuxel “Manchester Siti”ga qarshi o‘yinga to‘liq tarkib bilan yetib keldi.

    “Chelsi” “omadsizlik keltirayotgan” odatidan voz kechadi

    “Chelsi” bu o‘yinga 2020/21-yilgi mavsumdagi libosida maydonga tushadi. Bir necha yildan buyon londonliklar mavsumning yakuniy qismini yangi mavsum liboslarida o‘tkazib kelayotgandi. Joriy mavsumdagi so‘nggi o‘yinlar ham yangi libos bilan o‘tkazilgandi. “Chelsi” yangi mavsum libosida Angliya Kubogi finalida “Lester”ga qarshi o‘ynadi. Shuningdek, “Chelsi”ning ayollar jamoasi ham Chempionlar Ligasi finalida “Barselona”ga qarshi yangi ekpirovkada chiqdi. Natija — ikkita mag‘lubiyat.

    Shundan keyin klub ko‘plab muxlislar tomonidan eski variantga qaytishga chaqirildi. Qizig‘i bunday holat “Chelsi” bilan oldin ham kuzatilgan. 2008-yilgi finalda London klubi “Manchester Yunayted”ga qarshi kechgan finalda yangi libosda maydonga tushadi va yutqazib qo‘yadi. 2013-yilgi YChL va 2019-yilgi Yevropa Ligasi finalida esa jamoa libosni o‘zgartirmaydi. Bu o‘yinlarda “ko‘klar” g‘alaba qozonadi.

    Foto: Twitter

    Statistika va faktlar

    • Tomas Tuxel “Chelsi” boshqaruvida Pep Gvardiolaga qarshi ikki o‘yinni ham yutdi;
    • “Manchester Siti” — Chempionlar Ligasi finaliga qadar yetib kelgan 9-ingliz jamoasi;
    • Chempionlar Ligasi finalida ketma-ket uchinchi mavsum ushbu bosqich debyutanti qatnashmoqda (“Tottenhem”, “PSJ”, “Manchester Siti”);
    • 2005/06-yilgi mavsumdan beri ilk bor Chempionlar Ligasining ikki finalchisi mavsum davomida beshtadan kam gol o‘tkazib yubordi;
    • “Manchester Siti”dagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazishi mumkin bo‘lgan Serxio Aguero faoliyati davomida “Chelsi”ga 13 ta gol urgan, argentinalik futbolchi faqat “Nyukasl”ga bundan ko‘proq to‘p kiritgan;
    • 2018-yilda “Lion”dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin Bernardu Silva Chempionlar Ligasida ketma-ket 26 o‘yindan buyon yutqazmayapti (23 g‘alaba, 3 durang);

    Mavzuga doir:

    • Xosep Gvardiola: “Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonish uchun yaxshigina qiynalishimiz kerak”
    • Tomas Tuxel: “Autsayder bo‘lsak ham, g‘alaba qozonamiz degan umiddaman”

    Jamoalarning so‘nggi 10 ta o‘yindagi statistikasi

    Jamoalarning so‘nggi 10 ta o‘yindagi statistikasi
    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    Taxminiy tarkiblar

    “Manchester Siti”: Ederson, Ruben Diash, Jon Stounz, Aleksandr Zinchenko, Kayl Uoker, Rodri, Ilkay Gundog‘an, Bernardu Silva, Fil Foden, Riyod Mahrez, Kevin de Bryuyne.

    “Chelsi”: Edurad Mendi, Antonio Ryudiger, Tiago Silva, Ris Jeyms, Ben Chiluell, Sesar Aspilikueta, Ngolo Kante, Jorjinyo, Meyson Maunt, Kristian Pulishich, Timo Verner.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    29.05.2021, 18:24   Izoh (0)   26329
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Angliya Premyer Ligasining may oyidagi eng yaxshi o‘yinchisi va murabbiyi aniqlandi

    29.05.2021, 17:05

    Eldor Shomurodovning otasi: “O‘g‘lim A Seriyada 8 ta gol uradi deb o‘ylamagandim”

    29.05.2021, 16:02

    Tomas Tuxel: “Autsayder bo‘lsak ham, g‘alaba qozonamiz degan umiddaman”

    29.05.2021, 13:02

    La Liganing may oyidagi eng yaxshi o‘yinchisi aniqlandi

    29.05.2021, 12:02

    Xosep Gvardiola: “Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonish uchun yaxshigina qiynalishimiz kerak”

    29.05.2021, 11:21

    Boks. O‘zbekistonlik bokschilarning 7 nafari Osiyo chempionati finaliga chiqdi, Bahodir Jalolov nokaut evaziga g‘alaba qozondi

    29.05.2021, 00:19
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoy sun’iy intellekt xavfsizligi borasida global hamkorlikka chaqirdi

    Dunyo | 27 iyul, 21:57

    Turkiya o‘z tarixidagi eng kuchli aviabombalarini taqdim etdi

    Dunyo | 27 iyul, 20:24

    BMT Falastin davlati qurilishida yordam berishini ma’lum qildi

    Dunyo | 27 iyul, 18:30

    Avstriyada 400 ga yaqin yo‘lovchi qorong‘i tunnelda 6 soat qolib ketdi

    Dunyo | 27 iyul, 17:50

    “Real Madrid” 5 nafar futbolchi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor

    Sport | 27 iyul, 17:46

    Tailand va Kamboja o‘rtasidagi to‘qnashuvlar Tramp vositachiligiga qaramay davom etmoqda

    Dunyo | 27 iyul, 17:06
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.