Angliya Premyer-Ligasi klublari mavsumning 17-tur bellashuvlariga yakun yasadi.
Bir tur avval Manchester derbisida zafar quchgan “Siti”, “Arsenal”ning 15 yillik rekordini takrorlagandi. Bu safar Gvardiola jamoasi Uelsdan g‘alaba bilan qaytdi hamda rekordni yangiladi. APL tarixida hali hech bir klubga ketma-ket 15 ta bellashuvda zafar quchish nasib qilmagandi.Mag‘lubiyatsiz kelayotgan “Siti” Angliyada, “Barselona” esa Ispaniyada rekord o‘rnatdi
Derbida “Siti”ga imkoniyatni boy bergan “Yunayted” esa o‘z maydonida minimal hisobda zafar quchdi. O‘tgan tur antiqahramoni sifatida tanilib, “Siti”ning har ikki golida bilmay ishtirok etib qo‘ygan Romelu Lukaku, bu safar jamoasi joniga oro kirdi.
“Arsenal” va “Liverpul” klublari mazkur turda gol ura olmay, 2 ochkodan yo‘qotdi. Ular o‘tgan turda ham durang o‘ynagandi. “Arsenal” safarda “Sautgempton”ni taslim qila olmagan bo‘lsa, liverpullik futbolchilar derbida “Everton”dan ustun bo‘la olmagandi.
Mazkur tur “Lester” va “Everton” klublari o‘ziga kelayotganini ko‘rsatdi. Klod Pyuel boshchilik qilayotgan “Lester” ketma-ket to‘rtinchi g‘alabasini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, “Everton” Sem Ellardays boshqaruvida mag‘lubiyatsiz yurishini davom ettira oldi.
Mazkur turda osiyolik uch futbolchi gol urdi. Sindzi Okazaki hisobiga 2 ta gol yozib qo‘ygan bo‘lsa, Maya Yoshida hamda Son Xyon Min 1 tadan gol urdi. Boshqa bir koreyalik Ki Sun Yon harakat qiladigan “Suonsi” esa tor-mor etildi.
Izoh (0)