Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 25-aprelda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.
Unga ko‘ra:
- dollar 36,74 so‘mga ko‘tarilib, 12 927,17 so‘m bo‘ldi;
- yevro 3,29 so‘mga tushib, 14 717,58 so‘m bo‘ldi;
- rubl 0,31 so‘mga pastlab, 155,73 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi ikki kunlik pastlashdan so‘ng ko‘tarilib, 12 890,43 so‘m bo‘lgandi. Yevro va rubl kursi tushgandi.
Ba’zi iqtisodchilarning fikricha, mamlakatda valyuta kursi sun’iy ushlab turibdi, agar kurs erkinlashsa 1 dollar 20 ming so‘mgacha ko‘tariladi. Markaziy bank esa bu qarashlar noto‘g‘ri ekanligini bildirgandi. 2025-yil oxirigacha kurs qanchaga yetadi? Yaqin kelajakda qanday iqtisodiy tebranishlarga tayyor turish kerak? Quyidagi havola orqali almashuv kurslari, ularga taʼsir etuvchi omillar va kutilmalar haqida o‘qish mumkin.
2025-yil aprelida AQSH dollari indeksi so‘nggi uch yildagi eng past ko‘rsatkichga tushib ketdi.
Izoh (0)