• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Omadsiz Gvardiola va “Chelsi”, qaytayotgan “Arsenal” va to‘xtamayotgan “Liverpul”. APLning tur tafsilotlari

    Futbol muxlislari 17—20-avgust kunlari futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasining 2-tur bahslariga guvoh bo‘ldi. Biz esa an’anaga muvofiq qiziqarli va kurashlarga boy bo‘lgan tur tafsilotlari bilan bo‘lishamiz.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    “Arsenal”—“Byornli”

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter
    Mazkur turni Unai Emeri qo‘l ostidagi “Arsenal” klubi Londondagi “Emireyts” stadionida “Byornli”ga qarshi bahs bilan ochib berdi. Ikkala jamoa ham o‘yinga ko‘tarinki kayfiyatda yetib kelgandi. Xususan, mehmonlar ilk turda “Sauthempton”ni 3:0 hisobida taslim qilgan bo‘lsa, “Arsenal” esa safarda “Nyukasl”ni Pyer-Emerik Obameyangning yagona goli evaziga mag‘lub etgandi. O‘yin avvalida “Real”dan ijaraga olingan Dani Sebalyosning uzatmasini fransiyalik Aleksandr Lyakazett mehmonlar posboni Nik Poup darvozasiga joylab qo‘ygan bo‘lsa, 43-daqiqada “Byornli” to‘purari Eshli Barns London klubi darvozasini ishg‘ol etishning uddasidan chiqdi. Ikkinchi bo‘limning 64-daqiqasiga kelib yana o‘sha tinib-tinchimas Sebalyosning navbatdagi uzatmasini “to‘pchilar” goleadori Pyer-Emerik Obameyang golga aylantira oldi. O‘yinning qolgan qismida esa tomonlar boshqa gol ura olmadi. Natijada “Arsenal” 2009/10-yilgi mavsumdan beri ilk marta Premyer ligada mavsumni ketma-ket 2 ta g‘alaba bilan boshladi.

    “Sauthempton”—“Liverpul”

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter
    Ilk turda “Norvich”ni mag‘lub etgan Yurgen Klopp shogirdlari bu safar mehmonda “Sauthempton” mehmoni bo‘ldi. Tomonlar o‘yinni juda ehtiyotkor boshlashi sabab ham muxlislar birinchi golni faqatgina 46-daqiqaga kelibgina guvohi bo‘ldi. Jeyms Milnerning uzatmasidan so‘ng bir nechta raqibini chalg‘ita olgan Sadio Mane chiroyli gol sohibiga aylandi. 71-daqiqaga kelib Manening sa’y-harakatlari evaziga himoyachilarni ortda qoldirgan Roberto Firmino “qizillar”ning o‘yindagi so‘nggi golini urdi. Uchrashuvga yakuniy nuqtani esa o‘z vaqtida “Liverpul”da to‘p surgan Denni Ingz qo‘ydi. Denni mersisaydliklar darvozaboni Adrianning qo‘pol xatosini kechirib o‘tirmadi. Shu tariqa “Liverpul” mavsumdagi ikkinchi g‘alabasiga erishdi.

    “Manchester Siti”—“Tottenhem”

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Turning so‘zsiz markaziy o‘yini Manchesterdagi “Ittihod” stadionida bo‘lib o‘tdi. Unda so‘nggi vaqtlar bir-biriga ko‘p bora duch kelib, azaliy raqibga aylanib qolgan “Manchester Siti” hamda “Tottenhem” o‘zaro to‘qnash keldi.

    Uchrashuvda hisobni 20-daqiqada o‘tgan turda het-trikka erishgan Rahim Sterling ochdi. Oradan uch daqiqa o‘tib argentinalik Erik Lamela muvozanatni tikladi. 35-daqiqada esa boshqa bir argentinalik Serxio Aguero mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Qayd etish joiz, “Siti”ning ikkala goliga ham Kevin de Bryuyne o‘zining qoyilmaqom uzatmalari bilan hammualliflik qildi. Ikkinchi bo‘lim esa birinchisidan ham qiziqarliroq o‘tdi. Zaxiradan maydonga tushganiga 1 daqiqa ham bo‘lmagan Lukas Moura vatandoshi Ederson qo‘riqlayotgan darvozani boshi bilan ishg‘ol qildi. 92-daqiqada Gabi Jezus “shporlar” darvozasini ishg‘ol qildi. Biroq hakam VAR’ga tayangan holda “Siti”ning golini bekor qildi. O‘tgan mavsum “Manchester Siti” Chempionlar Ligasidan xuddi shu tarzda chiqib ketgandi. O‘shanda ham raqib “Tottenhem” edi.

    “Chelsi”—“Lester”

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter
    O‘tgan turda “Manchester Yunayted”dan qattiq “tarsaki”ni qabul qilib olgan Frenk Lempard boshqaruvidagi “Chelsi” 2-turda “Lester”ni o‘z maydonida qabul qildi. O‘yin “aristokratlar” uchun omadli boshlandi. Meyson Maunt “tulkilar” yarim himoyachisi Uilfred Ndidining xatosidan unumli foydalanib, Kasper Shmeyxel darvozasini ishg‘ol qildi. Birinchi bo‘lim shu tarzda yakunlandi. 67-daqiqada esa birinchi bo‘limdagi xatosidan to‘g‘ri xulosa chiqara olgan Ndidi jamoasining hisobni tenglashtiruvchi goliga mualliflik qildi. Natijada tomonlar durangga imzo chekdi.

    “Vulverhempton”—“Manchester Yunayted”

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Turning so‘nggi o‘yinida “Manchester Yunayted” safarda “bo‘rilar” mehmoni bo‘ldi. 27-daqiqada Markus Reshfordning uzatmasini Antoni Marsial qoyilmaqom tarzda portugaliyalik posbon Rui Partisiu darvozasiga joylab qo‘ydi. Ikkinchi bo‘liming 55-daqiqasida esa Ruben Nevesh David de Xea darvozasini jarima maydoni tashqarisidan o‘qqa tutdi va juda chiroyli golga mualliflik qildi. 68-daqiqada Pol Pogba o‘zi ishlagan 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantira olmadi. Natijada “qizil iblislar” ikkinchi turga keliboq ochko yo‘qotdi.

    Tur raqamlarda

    •  1. 25 ta gol urildi
    • 2. Ikkita 1:0, uchta 2:1, bitta 3:1, uchta 1:1 hisoblari qayd etildi.
    • 3. Faqat bitta o‘yin 2:2 hisobi bilan tugadi.
    • 4. Bitta o‘yinda eng ko‘p 4 ta gol urildi.
    • 5. Birinchi bo‘limda umumiy 17 ta, ikkinchi bo‘limda esa 8 ta gol urildi.
    • 6. Faqat bitta o‘yinda het-trik qayd etildi.
    • 7. Faqat ikkita o‘yinda mehmonlar g‘alaba qozondi. Ikkala o‘yinda ham 1:2 hisobida.
    • 8. To‘rtta o‘yinda mezbonlar g‘alaba qozondi. Yana to‘rtta o‘yin esa durang bilan yakunlandi.

    APL

    2-tur bahslari

    17-avgust, shanba

    “Arsenal”—“Byornli” 2:1

    Gollar: 1:0 — 13 Lyakazett, 1:1 — 43 Barns, 2:1 — 64 Obameyang

    “Aston Villa”—“Bornmut” 1:2

    Gollar: 0:1 — 2 King, 0:2 — 12 Uilson, 1:2 — 71 Soaresh

    “Brayton”—“Vest Hem” 1:1

    Gollar: 0:1 — 61 Ernandes, 1:1 — 65 Trossard

    “Sauthempton”—“Liverpul” 1:2

    Gollar: 0:1 — 45 Mane, 0:2 — 71 Firmino, 1:2 — 83 Ingz

    “Everton”—“Uotford” 1:0

    Gol: 1:0 — 10 Bernard

    “Norvich”—“Nyukasl” 3:1

    Gollar: 1:0 — 32 Pukki, 2:0 — 63 Pukki, 3:0 — 75 Pukki, 3:1 — 90 Shelvi

    “Manchester Siti”—“Tottenhem” 2:2

    Gollar: 1:0 — 20 Sterling, 1:1 — 23 Lamela, 2:1 — 35 Aguero, 2:2 — 56 Lukas Moura

    18-avgust, yakshanba

    “Sheffild Yunayted”—“Kristal Pelas” 1:0

    Gol: 1:0 — 47 Lundstram

    “Chelsi”—“Lester” 1:1

    Gollar: 1:0 — 7 Maunt, 1:1 — 67 Ndidi

    19-avgust, dushanba

    “Manchester Yunayted”—“Vulverhempton” 1:1

    Gollar: 0:1 — 27 Marsial, 1:1 — 55 Ruben Nevesh

    Musobaqa jadvali

    Foto: APL

    Foto: APL

    To‘purarlar ro‘yxati

    1. Rahim Sterling (“Manchester Siti”) — 4 ta gol
    2. Tyeyemu Pukki (“Norvich”) — 4 ta gol
    3. Eshli Barns (“Byornli”) — 3 ta gol
    20.08.2019, 15:53   Izoh (0)   33990
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Real” Eriksen transferi uchun 60 million yevro taklif qiladi

    20.08.2019, 13:59

    Maguayr, Feliks, Ronaldu. Dunyoning eng qimmat futbolchilaridan tuzilgan ramziy terma jamoa haqida

    19.08.2019, 18:33

    “Santos” sobiq prezidenti: Neymar “Real”ga o‘tmasligi uchun uning otasiga 1 mln dollar to‘lagandim

    19.08.2019, 17:23

    O‘zbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasiga yangi rahbar saylandi

    19.08.2019, 17:20

    “Bavariya” ilk turdayoq “qoqildi”, “Borussiya D” esa mavsumni 5:1 hisobi bilan boshladi. Bundesligada tur tafsilotlari

    19.08.2019, 15:41

    Tayson Fyuri: Yana kim bilan jang qilishim kerak? Biri Rossiyaga qochib ketdi, yana bittasi Bolgariyaga

    19.08.2019, 15:07
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Putinga Ukraina bilan hududlar almashinuvini muhokama qilishni taklif qiladi

    Dunyo | 7 avgust, 23:25

    “Deputat saylovchilar masalalarini ko‘tarib, har qanday darajadagi rahbarga ko‘ndalang qo‘yishi kerak” — Erkinjon Turdimov

    O‘zbekiston | 7 avgust, 23:16

    Google bepul AI repetitorni taqdim etdi

    Dunyo | 7 avgust, 23:10

    Elektr taʼminoti korxonalari xodimlari ham bodikamera bilan ishlashni boshladi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:55

    Buxoroda ota farzandlariga 128 mln so‘m alimentni to‘lamay yurgani maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:45

    Gana prezidenti samolyot halokatidan mo‘jiza tufayli omon qolgan — Ghanaweb

    Dunyo | 7 avgust, 22:30

    Google xakerlik hujumiga uchraganini tasdiqladi

    Dunyo | 7 avgust, 22:20

    Buxoroda tadbirkor 800 mln so‘mdan ortiq asossiz soliqqa tortildi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.