Ota-onalar bolalari bilan do‘stlashishi, ular bilan doimo bir to‘lqinda bo‘lishidan yaxshiroq holat bo‘lmasa kerak. Ularning nafaqat qalbi yosh, balki tashqi ko‘rinishi ham farzandlari bilan tengdoshday ko‘rinadigan hamda vaqtga bo‘ysunmaydigan yulduzlar bilan tanishamiz. Ushbu mashhurlarning bolalari allaqachon katta bo‘lgan, lekin ota-onalari o‘zgarmagan.
Riz Uizerspun

Riz Uizerspunning bolalari yonida o‘tirgan kim? Ularning onasi! Ha, aktrisa o‘zining ikki farzandi: qizi Ava va o‘g‘li Dikondan ancha yoshroq ko‘rinadi. Ular o‘sib ulg‘aygan sari Riz o‘zgarmaydi.
Sofiya Vergara

Ushbu fotosuratga qaraganda aktrisa o‘g‘li Manolo Gonselez-Vergara bilan oilaviy ziyofatga yig‘ilgan do‘stlarday yoki opa-ukaday ko‘rinadi. Aslida onasi Sofiya uni 30 yil oldin tug‘gan. Hozir u 52 yoshda, lekin u hamon 25 yoshdek ko‘rinadi.
Kortni Koks

Kortni Koks qizi Koko bilan opa-singillar yoki hamma joyda birga yuradigan yulduzli dugonalar kabi do‘konlarga ham, qizil gilamlarga ham birga borishadi. Ular uyda ham ajoyib vaqt o‘tkazishadi. Nima uchun ona va qizning munosabatlari shunday deb o‘ylaysiz? Chunki ular bir avlod vakiliday ko‘rinadilar.
Jessika Alba

Jessika Alba qizlari bilan suratga tushganda, uni darhol topish qiyin, chunki Honor va Heyven ko‘pincha onasi bilan yurishadi. Ammo aktrisaning sodiq muxlislari uni ajrata olishadi. Yaqinda, masalan, yulduzli uchlik Superboulga birga borishdi.
Kris Jenner

Kris Jenner o‘zining imijini biroz o‘zgartirganidan so‘ng, uni darhol qizi bilan almashtirib yubora boshlashdi. Vaholanki, u va Xloe o‘rtasida 29 yil farq bor! Boshqa tomondan, Kardashyanlar oilasida boshqacha bo‘lishi mumkin ham emas. Uning oilaviy maqomi, besh qizidan qolib ketmaslikni talab qiladi.
Eminem

Yaqinda reperning qizi Heyli Jeyd Skott unga birinchi nabirasini taqdim etdi. Eminemni yangi rol, albatta, xursand qildi, lekin reperning muxlislari hali ham bunga ishonolmaydi. Chunki tashqi ko‘rinish jihatidan ijrochi qiziga eng ko‘pi bilan katta akaday ko‘rinishi mumkin. Hatto uning eri ham qaynotasidan kattaroq ko‘rinadi.
Izoh (0)