Xitoyning Huawei va China Unicom kompaniyalari hamkorligida dunyodagi birinchi 10G internet tarmog‘i ishga tushirildi. Bu haqda Mydrivers xabar berdi.

Tarmoq 50G PON texnologiyasiga asoslangan bo‘lib, Syun’an tumanida ishga tushirilgan. Yuklab olish — 9834 Mbit/s, uzatish — 1008 Mbit/s, kechikish esa atigi 3 millisekundni tashkil etadi. Oddiy hisob-kitob shuni ko‘rsatadiki, 8K sifatidagi 90 gigabaytli filmni endi 72 soniyada yuklab olish mumkin. Buning uchun oddiy gigabitli tarmoq taxminan 12 daqiqa vaqt oladi.
Ilgari 4K formatdagi filmni yuklab olish bir necha daqiqa vaqt olardi, hozir esa bu jarayon atigi bir necha soniya davom etadi. Eng hayratlanarlisi shundaki, uyda bir vaqtning o‘zida bir nechta smart-qurilmalardan foydalanilganida ham tarmoq barqaror ishladi. 8K videolarni darhol ko‘rish, 4K monitoring, yuqori tezlikdagi bulutli kibersport o‘yinlari va “aqlli uy” tizimlari uzluksiz va muammosiz ishladi, deydi foydalanuvchilardan biri.
2025-yil yanvar holatiga ko‘ra, Xitoyda 4,25 millionta 5G bazaviy stansiyasi o‘rnatilgan — bu dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Izoh (0)