• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    BMT Bosh assambleyasi Ukraina bo‘yicha Rossiyaga qarshi rezolyutsiyani qabul qildi

    BMT Bosh assambleyasi Ukraina va Yevropa davlatlari tomonidan tayyorlangan rezolyutsiyani qabul qildi. Hujjat Rossiya–Ukraina urushi boshlanganining uch yilligiga bag‘ishlangan bo‘lib, AQSH ovoz berishda qarshilik ko‘rsatdi. O‘zbekiston esa betaraf qoldi.

    Tavsiyaviy xarakterga ega bo‘lgan rezolyutsiya uchun 93 ta davlat ovoz berdi, 18 ta davlat, xususan, Rossiya, Belarus, AQSH, Vengriya, Isroil va KXDR qarshi chiqdi, 65 ta davlat (O‘zbekiston, Qozog‘iston, Hindiston va Xitoy) betaraf qoldi.

    Kiyev 50 dan ortiq davlat bilan hammualliflikda tayyorlagan rezolyutsiya matnida Rossiya qo‘shinlarini Ukrainadan “zudlik bilan, to‘liq va so‘zsiz” olib chiqib ketish va jangovar harakatlarni to‘xtatish zarurligi aytilgan. Bundan tashqari, hujjat mualliflari “xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olingan chegaralar doirasida Ukrainaning suvereniteti, mustaqilligi, birligi va hududiy yaxlitligiga sodiqligini” tasdiqlagan.

    AQSH tomonidan kiritilgan ikkinchi rezolyutsiya sezilarli darajada qayta ishlandi

    AQSH rezolyutsiyaning muqobil variantini taklif qildi. Unda Rossiyaning harbiy tajovuzini qoralash yo‘q, urush esa “konflikt” deb ataladi. Hujjatda Rossiya tomonidan bosib olingan Ukraina hududlari, Rossiyaning xalqaro huquqni buzishi va Ukrainaning hududiy yaxlitligini tiklash zarurati tilga olinmagan.

    Ukrainadagi urushni “tezda to‘xtatish”ga chaqiruvchi va Moskvaga nisbatan hech qanday tanqidni o‘z ichiga olmagan ushbu rezolyutsiya loyihasi qo‘llab-quvvatlanmadi. Shundan so‘ng Yevropa davlatlari tashabbusi bilan unga jiddiy tuzatishlar kiritildi. Xususan, Ukrainaning hududiy yaxlitligi va “adolatli tinchlik”ka erishish haqidagi eslatma kiritildi. Buning natijasida ovoz berish paytida AQSH va yana 72 ta mamlakat (O‘zbekiston ham) betaraf qoldi. Hujjatni 93 ta davlat qo‘llab-quvvatladi.

    Shu bilan birga, BMT Bosh assambleyasi Amerika rezolyutsiya loyihasiga kiritilgan Rossiya tuzatishini rad etdi.

    Bir kun avval Bloomberg agentligi AQSH Rossiyani tajovuzkor urush uchun qoralovchi Ukrainaning BMTdagi rezolyutsiyasini to‘xtatishga harakat qilayotgani haqida xabar bergan edi. AQSH prezidenti ma’muriyati BMTning barcha a’zolarini rezolyutsiyaning Amerika matnini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. 

    Qo‘shma Shtatlar BMTga tinchlikka erishish yo‘lini belgilash uchun barcha a’zo davlatlarni qo‘llab-quvvatlashga undaydigan oddiy tarixiy rezolyutsiyani taklif etdi, deya AQSH Davlat departamenti ma’lum qildi.

    Ta’kidlanishicha, ushbu rezolyutsiya prezident Trampning BMT o‘zining Nizomida mustahkamlangan asosiy maqsadiga — xalqaro tinchlik va xavfsizlikni, jumladan, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish orqali ta’minlashga qaytishi kerakligi haqidagi fikriga muvofiqdir.

    Biz qat’iy ishonamizki, hozir urushni to‘xtatish bo‘yicha majburiyatlarni zimmaga olish vaqti keldi. Bu tinchlikka erishish uchun haqiqiy turtki yaratish imkoniyatimizdir, deyiladi bayonotda.

    AQSH rezolyutsiyasi loyihasida Ukraina suvereniteti tamoyillariga havolalar yo‘q

    Bloomberg’ga ko‘ra, Amerika rezolyutsiya loyihasida Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligi tamoyillariga havolalar mavjud emas. The Washington Post xabariga ko‘ra, Ukrainaga Amerika tomonining taklifi haqida 21-fevral kuni xabar berilgan.

    Nashr suhbatdoshining aniqlashtirishicha, dastlab Vashington Ukraina tomonidan taklif qilingan rezolyutsiyani ko‘rib chiqqan va “uni yumshatish uchun ba’zi o‘zgartirishlar kiritishni talab qilgan”. Keyin Vashington yangi rezolyutsiyani taklif qilib, Kiyevni o‘z variantini qaytarib olishga chaqirgan. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy esa Ukraina TIVga rezolyutsiyani qaytarib olmaslikni buyurgan.

    Foto: Getty Images

    Rossiya AQSH hujjatiga tuzatish kiritilgan taqdirda, uni qo‘llab-quvvatlashga tayyor

    AFP agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, AQSH tomonidan ilgari surilgan loyihada Ukrainaning Rossiya tomonidan bosib olingan hududi haqida hech qanday eslatma yo‘q. Vashington tomonidan ilgari surilgan va qo‘llab-quvvatlangan avvalgi rezolyutsiyalardan farqli o‘laroq, so‘nggi loyihada Moskvaga nisbatan tanqid mavjud emas va u mojaro manbai sifatida ko‘rsatilmagan.

    Rossiya “mojaroga tezroq barham berishga chaqiradi” so‘zlaridan keyin “shu jumladan, uning asosiy sabablarini bartaraf etish orqali” iborasini qo‘shib, hujjatga tuzatish kiritishni taklif qildi, deb ta’kidladi Reuters.

    Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya esa Amerika loyihasini “yaxshi qadam” deb atadi. Rossiyalik anonim diplomatga ko‘ra, agar bu tuzatish BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilinsa, Moskva AQSH rezolyutsiyasi uchun ovoz beradi.

    24 fevral, 23:25   Izoh (0)   4986
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #BMT#Bosh Assambleya#Ukraina

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    15-sentabr kuni Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 70-sessiyasi ochiladi

    12.08.2015, 11:12

    Poroshenko BMT Bosh Assambleyasida Putindan so‘ng chiqish qiladi

    15.09.2015, 17:04

    Qozog‘iston ilk bor BMT Xavfsizlik kengashining doimiy bo‘lmagan a’zosi etib saylandi

    29.06.2016, 15:33

    BMT Bosh Assambleyasi Rossiyani “istilochi davlat” deb atadi

    20.12.2017, 09:03

    O‘zbekiston Qrimni harbiylashtirish haqidagi BMT rezolyutsiyasini qo‘llab-quvvatlamadi

    18.12.2018, 19:13

    Bosh assambleya Qrimda inson huquqlari buzilishi bo‘yicha rezolyutsiyani qabul qildi

    23.12.2018, 10:55

    Rossiyaning Ukrainadagi “maxsus harbiy operatsiyasi”. Asosiy ma’lumotlar

    24.02.2022, 13:13

    AQSH va Yevroittifoq mamlakatlari Ukraina tufayli BMT Xavfsizlik kengashi majlisi o‘tkazilishini so‘radi

    18.08.2022, 10:41

    Oq uy: “Agar Rossiyani biror usul bilan BMT Xavfsizlik Kengashidan chiqarib tashlash imkoni bo‘lsa, bunga darhol kirishamiz”

    16.12.2022, 15:10

    O‘zbekiston BMTning Rossiya qo‘shinlarini Ukrainadan olib chiqish bo‘yicha rezolyutsiyasiga ovoz berishda betaraf qoldi 

    24.02.2023, 10:29

    BMT Bosh assambleyasi G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatishga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi

    28.10.2023, 09:26

    Chexiya mudofaa vaziri mamlakatni BMTdan chiqishga chaqirdi

    29.10.2023, 19:53

    O‘zbekiston Isroilni Golan tepaliklarini tark etishga va 1967-yilgi chegaralariga qaytishga chaqiruvchi rezolyutsiyaga ovoz berdi

    29.11.2023, 16:27

    BMT Bosh assambleyasi Falastin bo‘yicha rezolyutsiyani qabul qildi

    10.05.2024, 21:40

    Isroil BMTning Falastin huquqlari haqidagi rezolyutsiyasini rad etdi

    16.05.2024, 10:35

    BMT Isroilni qora ro‘yxatga kiritishini e’lon qildi

    07.06.2024, 14:15

    BMT O‘zbekiston va Xitoyning qo‘shma rezolyutsiyasini ma’qulladi

    09.06.2024, 08:33

    BMT bosh kotibi fuqarolik qurilmalarini qurolga aylantirishni taqiqlashga chaqirdi

    18.09.2024, 23:10

    To‘rtta davlat “Tolibon”ni ayollarni kamsitgani uchun sudga bermoqchi

    27.09.2024, 11:05

    Rossiya vakillariga BMT Bosh assambleyasi majlisiga borish uchun AQSH vizalari berilmadi

    09.10.2024, 18:22

    Armanilarning AQSH va Fransiyadagi “yashirin kuchi” yoxud arman lobbisining siyosiy ta’siri

    19 yanvar, 11:59

    Qozog‘iston Rossiyaning navbatdagi nishoni bo‘lishi mumkinmi? Siyosatshunos bilan suhbat

    24 yanvar, 20:10

    Shavkat Mirziyoyevning Kuvaytga rasmiy tashrifi yakunlandi

    18 fevral, 16:44

    Isroil armiyasi Livan janubidagi beshta hududda qolishini ma’lum qildi 

    18 fevral, 23:30

    Makron Ukrainaga qo‘shin yuborishga qarshi chiqdi

    19 fevral, 11:05

    Darz ketgan G'arb kollektivi. Tramp dunyoni qanday o‘zgartirmoqchi?

    19 fevral, 19:20

    Afg‘oniston: Pokiston barcha noqonuniy afg‘on muhojirlarini deportatsiya qilmoqchi 

    19 fevral, 23:40

    Buyuk Britaniya O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishini to‘liq qo‘llab-quvvatladi

    20 fevral, 12:28

    “Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonni JSTga olib kirmoqda” — Azizbek O‘runov

    20 fevral, 13:12

    AQSH G7 ni Ukrainadagi mojaroga oid bayonotida Rossiyani “tajovuzkor” deb atamaslikka chaqirdi

    20 fevral, 20:50

    Rossiya muzlatilgan aktivlarning bir qismini Ukrainani tiklash uchun berishi mumkin —  Reuters

    22 fevral, 12:15

    Andijonga Xitoydan 100 ta elektrobus xarid qilinadi

    22 fevral, 12:45

    O‘zbekiston BMT Xavfsizlik kengashining 2035—2036-yillarda doimiy bo‘lmagan aʼzoligiga o‘z nomzodini ilgari surdi

    22 fevral, 18:06

    AQSH Ukrainaning BMTdagi Rossiyani qoralovchi rezolyutsiyasini bloklamoqchi 

    23 fevral, 15:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik

     

    Tavsiya etamiz

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Kasalliklarning hech biri jinoyat oqibatida yuzaga kelmagan” — bolalar ombudsmani Angrendagi 15 yoshli qiz holatini o‘rgandi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 13:12

    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida

    Reklama | 25 iyul, 12:00

    Abbosbek Fayzullayevning “Istanbul Bashakshehir”ga transferi: siyosat soyasidagi klub, yulduzlarsiz yulduz jamoaning chempionlik yo‘li hamda imkoniyatlar tutashgan...

    Sport | 25 iyul, 13:06

    AQSH davlat departamenti Ukrainaga 322 mln dollarlik qurol sotish rejasini ma’qulladi

    Dunyo | 25 iyul, 12:53

    Barcha yoddan biladigan multfilmlar ortida turgan kutilmagan haqiqatlar

    Kino | 25 iyul, 12:31

    Estoniya Lukashenko va 272 nafar Belarus amaldorlariga mamlakatga kirishni umrbod taqiqladi

    Dunyo | 25 iyul, 12:15

    Oleksandr Usikning Jozef Parkerga qarshi jangi o‘tkazilmasiligi mumkin

    Sport | 25 iyul, 12:05

    O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 6 mln so‘mga yaqinlashdi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 12:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.