Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasi falastinliklarning tashkilotga to‘liq a’zo bo‘lish huquqini tan oluvchi rezolyutsiyani yoqlab ovoz berdi.
Hujjatni 143 davlat qo‘llab-quvvatladi, 9 davlat unga qarshi chiqdi, 25 davlat betaraf qoldi. Rezolyutsiyani qabul qilish uchun a’zo davlatlarning uchdan ikki qismi ovoz berishi kerak edi.
BMT veb-saytida e’lon qilingan rezolyutsiyada, xususan, Bosh assambleya “Falastin davlati BMT nizomining 4-moddasiga muvofiq BMTga a’zolik huquqiga ega va BMT a’zoligiga qabul qilinishi kerak, degan qarorga keldi”, deyiladi.
“Shunday qilib, Bosh assambleya Xavfsizlik Kengashiga ushbu qaror asosida mazkur masalani ijobiy qayta ko‘rib chiqishni tavsiya qiladi”, — deyiladi rezolyutsiya loyihasi matnida.
Izoh (0)