BMT Bosh Assambleyasi ko‘pchilik ovoz bilan Qrim va Sevastopolga Rossiya yurisdiksiyasi o‘rnatilganini qoralaydigan rezolyutsiyani qabul qildi, deb yozadi “Kommersant”.
Rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatlagan mamlakatlar Rossiya hukumatining ushbu xatti-harakatlarini noqonuniy deb atadi. Hujjatda, shuningdek, yarim orolda inson huquqlari buzilishi bilan bog‘liq holatlar qoralanadi. Rossiya rezolyutsiyada “istilochi davlat” deb ataldi. Bosh Assambleya, shuningdek, Kiyevning “Rossiya tomonidan Qrimning bosib olinishiga nuqta qo‘yish”ga qaratilgan intilishlarini qo‘llab-quvvatladi.
Rezolyutsiya matnini Ukraina taklif qildi. Hujjatga yana 30 ta mamlakat hammualliflik qildi. Rezolyutsiyani yoqlab jami 70 ta davlat ovoz berdi. 26 mamlakat qarshi chiqdi, yana 76 mamlakat betaraf qoldi.
Izoh (0)