• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12509.83
    • RUB156.55
    • EUR14520.16
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonni JSTga olib kirmoqda” — Azizbek O‘runov

    Prezidentning JST masalalari bo‘yicha vakili Azizbek O‘runov JST Bosh kengashining yig‘ilishidan olingan xulosalar bilan bo‘lishdi.

    Unga ko‘ra, JST aʼzolari 2026-yil 26—29-mart kunlari Kamerunda bo‘lib o‘tadigan MC14 vazirlar konferensiyasida O‘zbekistonni yangi aʼzo sifatida kutib olishga chaqirgan.

    “Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonni JSTga olib kirmoqda. Qo‘shilish jarayoni boshlangan 31-yildan so‘ng tarixiy qadamlar bugunga kelib sezilarli bo‘lib bormoqda.

    2025-yil 19-fevralda bo‘lib o‘tgan JST Bosh kengashining 2-kun yig‘ilishidan shunday xulosaga kelish mumkin.

    Kun tartibining 11-bandi doirasida JST Bosh direktori 2024-yil yakunlari bo‘yicha aʼzolik holati to‘g‘risidagi hisobotni taqdim etdi. 8-yillik jimjitlikdan so‘ng Abu-Dabidagi MC13 vazirlar konferensiyasi davomida ikki davlat Timor-Leste va Komor orollari JSTga aʼzo bo‘lishdi. Yana 22 davlat JSTga aʼzo bo‘lish jarayoniga yetakchilik qilmoqda.

    JST bosh direktori so‘nggi o‘zgarishlar va erishilgan sezilarli yutuqlarni inobatga olib, O‘zbekiston, Bosniya va Gersegovina hamda Efiopiyaning aʼzo bo‘lish masalasiga MC14 vazirlar konferensiyasining bosh maqsadi sifatida eʼtibor qaratishni taklif qildi. Mazkur tadbir 2026-yil 26—29-mart kunlari Kamerunda bo‘lib o‘tadi. JSTning 26 aʼzosi ushbu masala bo‘yicha murojaat qilishgan.

    Biz JSTning 16 aʼzosi tomonidan bir ovozdan qo‘llab-quvvatlanganimizdan juda mamnun bo‘ldik, ular JSTga jalb qilingan barcha aʼzolarni jarayonni yakunlash va O‘zbekistonni MC14 konferensiyasi davomida yangi aʼzo sifatida kutib olishga chaqirishdi.

    Fursatdan foydalanib, Argentina, Braziliya, Botsvana, Xitoy, Hindiston, Indoneziya, Koreya, Malayziya, Pokiston, Filippin, Janubiy Afrika, Turkiya va Buyuk Britaniyaga, MDH davlatlari – qardosh Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman.

    O‘zbekiston Prezident qo‘llab-quvvatlashi ostida o‘z xalqi oldidagi majburiyatlarni bajarish, xalq hayotini yaxshilash, hamkorlari oldida muvaffaqiyatliroq bo‘lish, Jahon savdo tashkilotiga aʼzo barcha davlatlar kutilmalarini oqlash va dunyoni yanada integratsiyalashgan qilish uchun bu yerda bo‘lib turibdi.

    Qaror qabul qilingan, 2026-yilga ham oz qolmoqda...” deb yozdi O‘runov.

    Foto: “Dunyo” AA

    Avvalroq Buyuk Britaniya ham O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lish jarayonini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini tasdiqlagani xabar qilingandi.

    Uchrashuvlarda Britaniya O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi eng muhim sheriklaridan biri sifatida ko‘rishi va Toshkent bilan har tomonlama aloqalarni yanada jadallashtirishdan manfaatdor ekanligi taʼkidlandi.

    O‘zbekistoning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni qachin boshlangandi?

    O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha jarayon 1994-yil boshlangan. 1998-yilda bu bo‘yicha ishchi guruh tashkil etilgan edi. Keyingi yillarda ushbu ishchi guruh faqat uch marta uchrashdi va 2005-yillarning o‘rtalariga kelib bu borada xalqaro ekspertlar bilan uchrashuvlar to‘xtab qolgandi. O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni 2020-yil iyul oyida bo‘lib o‘tgan ishchi guruhning to‘rtinchi yig‘ilishi bilan rasman qayta tiklandi. Shundan so‘ng 2022-yil iyun, 2023-yil mart va 2023-yil noyabr oylarida yana uchta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    2023-yil sentyabrida Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh assambleyasining 78-sessiyasi doirasida Jahon savdo tashkiloti (JST) bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashuv o‘tkazgandi. Unda JST bosh direktori O‘zbekiston tomonidan tashkilotga a’zo bo‘lish borasida ko‘rilayotgan choralarni yuqori baholagan. Ngozi Okonjo-Iveala JST kotibiyati O‘zbekistonning sa’y-harakatlarini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini aytgan hamda mamlakat yaqin kelajakda tashkilotga qo‘shilishiga ishonch bildirgandi.

    2024-yilning 5-iyun kuni O‘zbekistonga tashrif buyurgan Ngozi Okonjo-Iveala JSTga a’zolik qanday imkoniyatlar taqdim etishini aytib o‘tgandi.

    JSTga aʼzolik O‘zbekiston korxonalariga yangi bozorlar va imkoniyatlar ochadi. Tarkibiy infratuzilmani yaxshilash va O‘rta koridor bilan bog‘lanish uchun qilingan investitsiyalar O‘zbekistonni dunyo bilan bog‘langan mamlakatlar qatoriga qo‘shadi. Bu logistikada raqobatbardoshroq bo‘lishga yordam beradi. Ishonamanki, biz bunga erishamiz.

    Hozirgidek makroiqtisodiy ramkani juda yaxshi boshqarish muhim. Shuningdek, yangi tarmoqlarni, yangi ish o‘rinlarini yaratish va qiymat zanjirini rivojlantirish uchun afzalliklardan foydalanish zarur. Shu tariqa biz yoshlarimiz uchun bo‘sh ish o‘rinlarini yaratishimiz mumkin, — degandi u.

    Shuningdek, Ngozi Okonjo-Iveala so‘nggi o‘n yilliklarda JSTga qo‘shilgan mamlakatlarda iqtisodiy o‘sish kuzatilayotganini ta’kidlab, tashkilot aʼzolari dunyo savdosining 98 foizini qamrab olishini ma’lum qilgan.

    JSTga aʼzo bo‘lish O‘zbekistonga nima beradi?

    “Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lishdan oladigan eng birinchi manfaatimiz—iqtisodiyotda korxonalar uchun teng sharoit yaratilishidir. Bu o‘z navbatida raqobat muhiti yaxshilanishiga olib keladi va bu ikkinchi muhim jihat — raqobat muhiti yaratilishiga olib keladi. Raqobatsiz rivojlanish qiyin. Tez rivojlangan davlatlar tajribasiga qaralsa, ularda iqtisodiy o‘sishning asosiy manbalaridan biri raqobat muhiti bo‘lgan. Uchinchidan, sifatli investitsiyalar keladi. Bu iqtisodiyotning barqaror o‘sishi uchun muhim omil”, degan edi Aziz Urunov tashkilotga a’zolik haqida “Daryo”ga bergan intervyusida. 

    Uning ta’kidlashicha, O‘zbekiston ushbu tashkilotga qo‘shilish orqali oladigan to‘rtinchi eng muhim foyda — savdo munosabatlarida JST aʼzolari bilan bir tilda gaplashish bo‘ladi. Mamlakat tashqi bozorga ochiladi. Bu O‘zbekistonning nafaqat ichki bozori, balki tashqi bozorlarni ham tadbirkorlarga ochilishiga yordam beradi. Global ishlab chiqarish zanjiriga kirish uchun katta imkoniyat yaratadi.

    Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva 2024-yilda mamlakat JSTga a’zo bo‘lish yo‘nalishda katta qadam tashlaganini ta’kidlagan. Bu prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan qat’iy iqtisodiy islohotlar natijasida amalga oshgani e’tirof etilgan.

    Xususan, o‘tgan yili JST ishchi guruhi ikkita muhim yig‘ilish o‘tkazdi. Bu a’zolikning asosiy hujjati — ishchi guruh hisoboti loyihasini tayyorlashga kirishishga imkon berdi.

    “JSTga a’zolik va davlat rahbari tomonidan olib borilayotgan islohotlarning yakuniy maqsadi, shubhasiz, xalqimiz farovonligini ta’minlash, unga munosib ish o‘rinlarini yaratish va iqtisodiyot boshqaruvini samaraliroq tizimga o‘tkazishdir”, degan edi Saida Mirziyoyeva.

    Qisqa vaqt ichida biznesni va raqobatni yanada shaffof qilish uchun 20 ta muhim qonun qabul qilindi. Saida Mirziyoyevaning qayd etishicha, tez orada tashkilotning to‘laqonli a’zosi bo‘lish uchun 2025-yilda ham O‘zbekiston shu sur’atda davom etadi. Bu mamlakatning investitsion jozibadorligini oshirishi hamda o‘zbek biznesining mintaqaviy va global qo‘shilgan qiymat zanjirlariga kirib borishini ta’minlashi lozim.

    O‘zbekiston 2026-yilgacha Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lmoqchi. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning ushbu tashkilotga a’zo bo‘lishi chuqur o‘ylangan va uzoqni ko‘zlagan tanlov ekanligini ta’kidlagandi.

    20 fevral, 13:12   Izoh (0)   4671
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #JST#O‘zbekiston#Azizbek Urunov

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev JST bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashuv o‘tkazdi. Nimalar muhokama qilindi?

    13.11.2024, 18:22

    Shavkat Mirziyoyev Suma Chakrabarti bilan O‘zbekistonning JSTga aʼzo bo‘lish jarayonidagi keyingi qadamlarni muhokama qildi

    22.11.2024, 21:44

    O‘zbekiston Xitoy bilan JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi

    29.11.2024, 16:45

    O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha Filippin bilan muzokaralarni yakunladi

    02.12.2024, 15:02

    JST yo‘lida: O‘zbekistonni oldinda qanday muammolar kutadi?

    04.12.2024, 19:55

    Bosh murabbiyi o‘zgargan “Paxtakor”, sherigini o‘ldirib, 15 yilga qamalgan yuk tashuvchi erkak, prezident maslahatchisi o‘rinbosari etib tayinlangan Abdusalom Aziz...

    04.12.2024, 22:55

    O‘zbekiston JST bo‘yicha Pokiston va Tailand bilan muzokaralarni yakunladi

    10.12.2024, 10:55

    Metan zapravkalarda paydo bo‘lgan navbatlar, talabalarga poyezd va samolyot uchun berilgan chegirmalar, sotilayotgan 1 mlrd so‘mlik qalbaki pul: 10-dekabrning eng

    10.12.2024, 23:13

    Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasiga qo‘shimcha vazifalar yuklandi

    16.12.2024, 12:15

    Banklarga qo‘yilgan yangi vazifalar, Damasʼni urib yuborgan poyezd, yangi qurilgan uyda gaz taʼminotisiz yashayotgan aholi: 16-dekabrning eng muhim xabarlari

    16.12.2024, 23:04

    O‘zbekiston JST bo‘yicha AQSH bilan muzokaralarni yakunladi

    20.12.2024, 10:41

    Tadbirkorlar bilan muloqot qilgan prezident, xizmat xonasida qimor o‘ynagan maktab direktori, is gazidan vafot etgan bir oilaning uch aʼzosi: 20-dekabrning eng muh...

    20.12.2024, 23:43

    AQSh Yaqin Sharq xaritasini qayta tuzib chiqmoqda, buning O‘zbekistonga ta’siri qanday bo‘ladi?

    26.12.2024, 19:45

    “Dunyoda davolash uchun birorta preparat va vaksina yo‘q” — Xitoyda avj olgan metapnevmovirus yangi pandemiyaga sabab bo‘lishi mumkinmi?

    8 yanvar, 14:01

    Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishidan ko‘zlangan yakuniy maqsadni aytdi

    27 yanvar, 12:30

    Xitoy AQSHni savdo urushi boshlanishidan ogohlantirdi 

    2 fevral, 16:46

    Kanada AQSH tovarlariga javob bojlari joriy qiladi

    2 fevral, 19:55

    Meksika Tramp bojlariga “B” reja bilan javob qaytaradi

    3 fevral, 11:25

    Savdo urushi: Xitoy AQSH tovarlariga javob bojlari joriy qildi

    4 fevral, 15:50

    “Ular biz bilan juda yomon munosabatda bo‘ldi” — Tramp YIga qarshi savdo urushi boshlamoqchi 

    4 fevral, 19:40

    Utilizatsiya monopoliya uchun yangi bahonami?

    8 fevral, 18:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Bir-birimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyada Telegram va WhatsApp orqali qo‘ng‘iroqlar qisman cheklovga uchradi

    Dunyo | 14 avgust, 00:05

    O‘zbekistonga mol go‘shti importi ikki baravar oshirildi

    Iqtisodiyot | 13 avgust, 23:50

    Tramp, Putin va Zelenskiy uchrashuvi uchun joy izlanmoqda — CBS

    Dunyo | 13 avgust, 23:40

    Suriya va Turkiya harbiy hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi

    Dunyo | 13 avgust, 23:30

    O‘zbekistonga elektromobil importi rekord darajada ortdi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 23:15

    YKL saralashi. “Bashakshehir” ikki o‘yin natijasiga ko‘ra “Viking”ni mag‘lub etdi. Shomurodovdan assist

    Sport | 13 avgust, 23:09

    Qozog‘iston Markaziy Osiyoda birinchi spot bitkoin joylashgan mamlakatga aylandi

    Dunyo | 13 avgust, 23:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.