• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +41°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Rossiyaning Ukrainadagi “maxsus harbiy operatsiyasi”. Asosiy ma’lumotlar

    Rossiya prezidenti Vladimir Putin 24-fevral tongida Donbassda “maxsus harbiy operatsiya” boshlanganini e’lon qildi. Rossiyaning Ukrainadagi “maxsus harbiy operatsiyasi” va Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha 24-fevral soat 13:00 gacha e’lon qilingan barcha ma’lumotlarni “Daryo” bir sahifaga jamladi.

    Putinning murojaati

    Rossiya prezidenti Vladimir Putin urush boshlangani haqida “Rossiya 24” telekanali efirida rossiyaliklarga murojaat bilan chiqib e’lon qilgan. Operatsiyadan maqsad “Kiyev rejimi tomonidan tahqirlash va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilishdir”, dedi Putin.

    “Vaziyat bizdan qat’iy va zudlik bilan chora ko‘rishni talab qilmoqda. Donbass xalq respublikalari yordam so‘rab Rossiyaga murojaat qildi. Shu munosabat bilan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomining 51-moddasi 7-qismiga muvofiq, Federatsiya Kengashining ruxsati bilan va Federal Assambleya tomonidan tasdiqlangan DXR va LXR bilan do‘stlik hamda o‘zaro yordam shartnomalariga muvofiq, men maxsus harbiy operatsiya o‘tkazishga qaror qildim. Uning maqsadi sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlash va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilishdir. Va buning uchun biz Ukrainani demilitarizatsiya va denasifikatsiya qilishga intilamiz. Shuningdek, tinch aholiga, jumladan, Rossiya fuqarolariga qarshi ko‘plab qonli jinoyatlarni sodir etganlarni ham javobgarlikka tortish maqsad qilingan”, — dedi prezident.

    Putinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning rejalarida Ukrainani bosib olish yo‘q. Shu bilan birga, davlat rahbari Ukraina armiyasi harbiy xizmatchilaridan qurollarini tashlab, “uylariga qaytishni” talab qildi. Bunga amal qilganlar “urush hududini to‘siqsiz tark etib, oilasi bag‘riga qaytishi” mumkin bo‘ladi, deydi u.

    “Biz voqealarning har qanday rivojiga tayyormiz. Bu borada barcha zarur qarorlar qabul qilingan. Umid qilamanki, menga quloq solishadi”, — ta’kidladi Putin.

    U, shuningdek, “ehtimoliy qon to‘kilishi” uchun javobgarlik Ukraina hukumati zimmasiga tushishini aytdi.

    “Bizning mamlakatimizga to‘g‘ridan to‘g‘ri hujum har qanday tajovuzkor uchun tor-mor bo‘lish va dahshatli oqibatlarga olib kelishiga hech kimda shubha bo‘lmasligi kerak”, — dedi Putin.

    Ukrainadagi vaziyat

    24-fevral kuni erta tongda Kiyev, Xarkov va Dneprda harbiy infratuzilma obyektlariga raketa hujumlari uyushtirildi.

    “Bosqin boshlandi. Hozirgina Kiyev, Xarkov, Dneprdagi harbiy boshqaruv markazlari, aerodromlar, harbiy omborlarga raketa zarbalari berildi. Chegara artilleriyadan o‘qqa tutilmoqda. Bugundan boshlab dunyoda yangi geosiyosiy voqelik vujudga keldi. Yo Ukraina va dunyo yangi Gitlerni hoziroq to‘xtatadi, yoki Uchinchi jahon urushi bo‘ladi”, — deb yozdi Ukraina Ichki ishlar vazirligi rahbari maslahatchisi Anton Gerashchenko.

    Ukraina ommaviy axborot vositalarining yozishicha, Rossiya qo‘shinlari Xarkov yaqinida Ukraina chegarasini kesib o‘tgan. Shuningdek, Mariupol va Odessaga Rossiya desant qo‘shinlarining tashlangani haqida ham xabar berilgan.

    Rossiya Mudofaa vazirligi yuqori aniqlikdagi qurollar yordamida Ukraina armiyasining harbiy infratuzilmasi, havo hujumidan mudofaa qilish obyektlari, harbiy aerodrom va aviatsiyalari ishdan chiqarilayotganini ma’lum qilgan. Harbiylarning ta’kidlashicha, Ukraina shaharlariga hech qanday raketa, aviatsiya yoki artilleriya zarbalari amalga oshirilmagan hamda “Ukraina aholisiga hech qanday xavf yo‘q”.

    Ukraina havo hududi aviaparvozlar uchun yopildi. Samolyotlar Ukrainani aylanib o‘tishni boshladi.

    Ukraina osmoni.

    Ukraina osmoni.
    Foto: Fligtradar 24

    Shuningdek, Rossiya janubidagi 12 ta aeroport ham 2-martga qadar yopildi.

    Namangandan Krasnodarga uchgan Uzbekistan Airways samolyoti Rostov viloyatidagi havo maydoni yo‘lovchi samolyotlarining qatnovlari uchun yopilishi munosabati bilan viloyatga majburiy qaytarildi. Ammo yonilg‘i yetarli bo‘lmagani bois samolyot Urganchga qo‘ndirildi. Shuningdek, Toshkentdan Kiyevga uchgan Sky Up Airlines aviakompaniyasining reysi Moldovaga yo‘naltirildi.

    Uzbekistan Airways 27-fevral va 2-mart kuni Kiyevga rejalashtirilgan parvozlarni bekor qildi.

    Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy butun mamlakat bo‘ylab harbiy holat e’lon qildi.

    Tongda Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanishini e’lon qildi. Rossiya bizning harbiy infrastruktura va harbiylarimizga zarba berdi. Ukrainaning ko‘plab shaharlarida portlash ovozlari eshitildi. Biz butun Ukraina hududi bo‘ylab harbiy holat joriy etyapmiz.

    Bugun sizdan faqat xotirjamlik zarur, imkon qadar uyda qoling. Biz ishlayapmiz, armiya ishlayapti, butun xavfsizlik sektori va mudofaa ishlamoqda. Men, Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi, vazirlar mahkamasi doimo siz bilan aloqada bo‘lamiz. Tez orada yana aloqaga chiqaman.

    Xavotirga tushmang, biz kuchlimiz, biz barchani yengamiz. Chunki biz — Ukrainamiz. Ukrainaga sharaflar bo‘lsin.

    Kiyevliklar shaharni avtomobillarda tark eta boshladi. Shahar bo‘ylab tirbandliklar vujudga keldi.

    Kiyevdagi tirbandliklar.

    Kiyevdagi tirbandliklar.
    Foto: Telegram

    Zapravkalarda ham uzun navbatlar yuzaga keldi.

    Kiyev meri Vitaliy Klichko ham fuqarolarni uyda qolishga hamda hujjatlar va zarur buyumlar solingan sumkani tayyorlab qo‘yishga chaqirdi.

    Biroz o‘tib Kiyevda havo trevogasi sirenasi yangradi.

    Metrolar bomba hujumidan himoya inshootlariga aylantirildi, odamlar metroda yashirinishni boshladi. Kiyev va Xarkov metrosiga kirish bepul qilib qo‘yildi.

    Kiyev metrosi.

    Kiyev metrosi.
    Foto: AFP

    DXR va LXR Donbassdagi Ukraina qo‘shinlarining pozitsiyalariga qarshi hujum boshladi. Biroz o‘tib LXR Luganskdan 30 kilometr uzoqlikda joylashgan va Kiyev nazorati ostidagi Schastye shahrini egallab olgani haqida xabar tarqalgandi. Ammo Ukraina IIV rahbari maslahatchisi Anton Gerashchenko bu xabarlarni feyk deb atadi.

    Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina havo hujumidan mudofaa obyektlari ishdan chiqarilgani, Ukraina chegara xizmati harbiy xizmatchilari Rossiya bo‘linmalariga hech qanday qarshilik ko‘rsatmayotganini ma’lum qilgan.

    Ukraina Rossiya harbiy samolyotini urib tushirganini ma’lum qilgandi, biroq Rossiya tarafi bu xabarlarni rad etdi.

    Ukraina chegara xizmati Rossiya qo‘shinlari Chernigov, Xarkov va Lugansk viloyatlari chegarasidan o‘tayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, Mariupol va Odessaga Rossiya desant qo‘shinlarining tashlangani haqida ham xabar berilgan.

    Ukraina tomoni otishmalar oqibatida 7 kishi halok bo‘lgani, 9 kishi yaralanganini ma’lum qildi.

    Vladimir Zelenskiy har soatda aholiga murojaat bilan chiqishini e’lon qildi. Zelenskiy AQSh prezidenti va boshqa dunyo yetakchilari bilan gaplashganini aytdi hamda “antiputin ittifoqi” tuzishga chaqirdi.

    O‘zbekiston elchixonasining murojaati

    O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi Ukrainadagi vaziyat keskinlashgani va favqulodda holat joriy etilganini inobatga olib, O‘zbekiston fuqarolariga murojaat bilan chiqdi.

    “Hozirda O‘zbekiston Respublikasining Kiyevdagi elchixonasi tomonidan evakuatsiya rejasi va Ukraina hududini tark etishni xohlovchi fuqarolar ro‘yxati ishlab chiqilmoqda. Ukraina havo hududining yopilishini inobatga olgan holda jo‘nab ketish yo‘nalishlari va jo‘nab ketish joyi ishlab chiqilmoqda.

    Maqbul evakuatsiya yo‘nalishlari bo‘yicha masalalar uchinchi davlatlarning manfaatdor xizmatlari bilan kelishilgan sari, O‘zbekiston fuqarolari Elchixonaning www.uzbekistan.org.ua sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi kanallarida qo‘shimcha ravishda xabardor qilinadi.

    Ukrainadan chiqib ketishni xohlovchi O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari pasport ma’lumotlarini Elchixonaning embassy@uzbekistan.org.ua elektron manziliga yuborishlari so‘raladi.

    Ukrainada bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan tinchlik saqlashlarini va qo‘shimcha savollar tug‘ilganda Elchixona bilan aloqada bo‘lishlarini so‘raymiz.

    Dunyoning munosabati

    AQSh prezidenti Jo Bayden Qo‘shma Shtatlar va uning ittifoqchilari Rossiyaning Donbassdagi harbiy operatsiyalariga “hamjihatlikda va qat’iy javob qaytarishini” va’da qildi.

    “Bugun butun dunyoning duosi Rossiya qurolli kuchlarining sababsiz va asossiz hujumidan aziyat chekayotgan Ukraina xalqi bilan. Prezident Putin qasddan halokat va azob-uqubatlarga olib keladigan urushni tanladi. Ushbu hujumlar olib keladigan o‘lim va vayronalar uchun faqat Rossiya javobgar bo‘ladi, AQSh, uning ittifoqchilari hamda sheriklari hamjihatlikda va qat’iy usulda javob qaytaradi. Dunyo Rossiyani javobgarlikkar tortadi”, — dedi Bayden.

    Yaqin vaqtlar ichida Bayden G7 yetakchilari bilan uchrashuv o‘tkazishga va’da bergan. Shundan so‘ng, u Amerika xalqiga murojaat bilan chiqib, “harbiy tajovuz uchun Rossiyaga qo‘yiladigan keyingi oqibatlarni e’lon qiladi”.

    BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Rossiyani qo‘shinlarni qaytarishga va “asr boshidan buyon Yevropadagi eng yomon urush” ro‘y berishining oldini olishga chaqirdi.

    NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Rossiyaning maxsus operatsiyasini “Xalqaro huquqning qo‘pol buzilishi” deb atadi hamda Rossiyani harbiy harakatlarni darhol to‘xtatishga chaqirdi.

    Norvegiya hamda Buyuk Britaniya Rossiyaning Ukrainadagi harbiy operatsiyasini qoraladi. “Biz Ukraina tomonidamiz va sheriklarimiz bilan uchbu dahshatli tajovuz aktiga chora ko‘rish bo‘yicha ishlarni boshlaymiz”, — dedi Britaniya bosh vaziri Liz Trass.

    24.02.2022, 13:13   Izoh (0)   123269
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina havo hujumidan mudofaa obyektlariga zarba berilganini ma’lum qildi

    24.02.2022, 12:24

    Norvegiya Putinning Donbassda operatsiyalar boshlash qarorini asossiz deb atadi. Britaniya Ukrainaga hujumni qoraladi

    24.02.2022, 11:36

    DXR va LXR Donbassdagi Ukraina qo‘shinlarining pozitsiyalariga qarshi hujum boshladi

    24.02.2022, 11:20

    Rossiya Mudofaa vazirligi “Ukraina harbiy infratuzilmasi ishdan chiqarilayotganini” e’lon qildi

    24.02.2022, 11:05

    Zelenskiy Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi yig‘ilishini chaqirdi. Mamlakatda harbiy holat e’lon qilinadi

    24.02.2022, 10:35

    Kiyev va Xarkovga raketa zarbalari berildi (video)

    24.02.2022, 09:29
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Farg‘ona viloyati YHXB boshlig‘i lavozimidan ozod etildi

    O‘zbekiston | 6 iyul, 15:38

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    Dunyo | 6 iyul, 15:23

    Erdo‘g‘on Trampdan G‘azo gumanitar yordam markazlarida aholiga o‘t ochish holatlarini to‘xtatish uchun yordam so‘radi

    Dunyo | 6 iyul, 14:54

    Ronaldu Diogu Jotaning dafn marosimida nega ishtirok etmagani ma’lum bo‘ldi

    Sport | 6 iyul, 14:44

    Ali Xomanaiy Isroil bilan urush boshlanganidan buyon ilk bor omma oldida ko‘rinish berdi

    Dunyo | 6 iyul, 13:55

    Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 6 iyul, 13:54

    O‘zbekistonda banklarning avtokredit va mikroqarzlar bo‘yicha o‘rtacha stavkalari ochiqlandi

    O‘zbekiston | 6 iyul, 13:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.