Ijtimoiy tarmoqlarda mashinada bajargan xavfli harakatlari bilan “yo‘l polvoni” deya nom olgan fuqaro qo‘lga tushdi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar qildi.
Maʼlum bo‘lishicha, joriy yilning 28-iyul kuni Navoiy viloyati ko‘chalarida fuqaro Nexia rusumli mashinada turli xavfli harakatlarni amalga oshirib, qo‘pol yo‘l qoidabuzarliklarini sodir etgan. U o‘z harakatlarini qo‘l telefonida videoga oldirib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan.

Haydovchining mashinasi vaqtinchalik saqlash maydonchasiga qo‘yilganiga qaramay, o‘zi maʼlum vaqt inspektorlardan yashirinib yurgan.
“Reklama uchun qilingan. Pushaymonman, qochib yurgan bilan baribir ushlaydi”, degan qoidabuzar haydovchi.
Unga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128 prim 10-moddasiga asosan bayonnoma rasmiylashtirildi.
Izoh (0)