“Manchester Yunayted” hujumchisi Alexandro Garnacho Yevropa Ligasi finali doirasidagi “Tottenhem”ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatdan so‘ng (0:1) o‘z agentidan yangi jamoa topib berishni so‘ragan. Bu haqda Defensa Central nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 20 yoshli futbolchi finalda 71-daqiqadan keyin maydonga tushirilganidan norozi bo‘lgan. Shu sababli u agentidan Madridning “Real” klubi bilan bog‘lanib, transfer imkoniyatlarini o‘rganishni istagan.
Biroq, “qaymoqranglilar” futbolchining yuqori narxi sababli bu transferga unchalik qiziqmasligi mumkin. Agar bu variant amalga oshmasa, Garnacho o‘z xizmatlarini “Atletiko Madrid”, “Arsenal”, “Liverpul” yoki “Bavariya” klublariga taklif etishni mo‘ljallamoqda.
Ma’lumot uchun, joriy mavsum Alexandro Garnacho barcha turnirlar doirasidagi 58 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 11 ta gol va 10 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Uning “Manchester Yunayted” bilan shartnomasi 2028-yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portaliga ko‘ra, futbolchining qiymati 45 million yevroni tashkil qiladi.
Izoh (0)