• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Giyohvandlar ko‘chasidan chiqqan qirol. Karim Benzemaning “Real”gacha bosib o‘tgan yo‘li haqida

    “Real”ning bugungi kundagi asosiy yulduzi Karim Benzema jamoani Chempionlar Ligasining yarim finaliga olib chiqdi. Karim “Chelsi”ga qarshi Londonda kechgan dastlabki bahsda naq 3 ta gol urib, “aristokratlar”ni tiz cho‘ktirgan bo‘lsa, “Santyago Bernabeu”da tom ma’noda “qirollik klubi” uchun qutqaruvchi vazifasini bajarib berdi.

    Benzema yuqorida qayd etilganidek, bugungi “Real”ning asosiy figurasi hisoblanadi. U nafaqat “Chelsi”ga qarshi bahslarda, balki butun boshli mavsumlarda madridliklarning joniga ora kirib kelmoqda. U yillar davomida, “uyqudagi ajdar” bo‘lib kelganini, zarracha ishonch bildirilgan taqdirda esa buni ortig‘i bilan oqlashini isbotlab qo‘ydi. Bungacha esa unga xuddi ikkinchi darajali hujumchiga bo‘lgani kabi munosabat qilingan. Ayniqsa, bu narsa uning “Real”dagi ilk yillarida yaqqol sezilib turardi. Quyida Benzemaning yorqin va ortiqcha maqtovlarga ehtiyoj sezmaydigan hozirgi kunlari haqida emas, balki uning qay tarzda “Real”da paydo bo‘lib qolgani haqida hikoya qilinadi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Benzema “Bernabeu”ga ilk bor 2005-yilning noyabrida, “Real” Chempionlar Ligasi doirasida “Lion”ni qabul qilganda kelgan. Jamoaning o‘sha paytdagi bosh murabbiyi Jerar Ulye uni mahalliy chempionat doirasidagi “Renn” va “Ayachcho”ga qarshi o‘yinlardagi golli uzatmalari evaziga Madridga olib kelgandi.

    “Lion” u vaqtlar bir hujumchi bilan o‘ynardi va bu pozitsiyaga Fred (15,6 million yevro) va Jon Karyu (7,6 million yevro) sotib olingandi, shu bois 18 yoshli Benzema zaxirada qolardi.

    2005-yilning kuzida 17 yoshgacha bo‘lgan Fransiya terma jamoasi Yevropa birinchiligi g‘olibligini qo‘lga kiritadi. O‘sha jamoaning yetakchilari Samir Nasri va Jeremi Menez o‘z klublarida o‘ynab kelayotgandi. Shuning uchun Karimni Fransiyaning eng yaxshi klubida bo‘lsa ham zaxira o‘yinchisi rolida bo‘lish umuman qoniqtirmasdi. Ammo Madrid o‘yinidan so‘ng Ulye va “Lion” prezidenti unga Ronaldoning imzosi tushirilgan libosni taqdim etib, Karimnig ruhiyatini ko‘taradi (o‘sha o‘yinda “so‘yloq” “Real” qaydnomasiga kiritilmagandi).

    “Unutilmas oqshom bo‘lgandi, boshim ko‘kka yetgan. Ronaldoni bolaligimdan yaxshi ko‘rganman. ‘Bernabeu’ni tark etayotganimda, o‘zimga bir kun kelib u yerda o‘ynashimni aytganman”, — degandi Benzema.

    Benzema katta bo‘lgan hududda bolalar yo futbol bilan shug‘ullangan, yo giyohvand moddalar savdosi bilan

    Uch yarim yildan so‘ng, 2005-yilda Florentino Peres Lion chekkasidagi Bronga kelib, Benzemaning uyiga tashrif buyuradi. Karimnig oilasi u yerda o‘tgan asrning yetmishinchi yillaridan beri istiqomat qilib kelardi.
    Meni “Manchester Yunayted”, “Bavariya”, “Milan” va “Inter” taklif qilgan, ammo Madrid o‘ziga xos — hamma u yerga borishni xohlaydi. Bronga kelgan prezident Peres men bilan fransuz tilida gaplashdi va haqiqatan ham ularga kerakligimga ishontirdi. Buni rad eta olmadim. “Real”ga o‘tish orzum edi.

    Benzema

    Karimning “Bron-Terrayona”dagi birinchi murabbiyi Anri Bayada o‘z ofisi oynasidan Peres Benzemaning uyiga kelganini kuzatib turgan. U buni quyidagicha eslaydi:

    “Peres bu yerga qora mashina, qop-qora kostyum va ko‘zoynakda kelgandi”.

    Karimning futbolchi bo‘lishida Anrining xizmati juda katta. 1994-yilda Hafid Benzema Anrining oldiga kelib, 8 yoshli o‘g‘lini tuman klubiga olishmaganidan noliydi: u vaqtga kelib, mavsum qizg‘in pallaga kirgan va tarkib shakllanib bo‘lgandi.

    “Koko (Karimning bolalikdagi laqabi) soatlab yolg‘iz to‘p o‘ynashini ko‘rdim va unga yordam berishni xohladim. Bu yerda (Lion viloyatida jinoyatchilik darajasi eng yuqori bo‘lgan hududda) bolalar yo futbol o‘ynaydi, ​​yoki giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanadi”, — degandi Bayada “Benzema tizimi” kitobida.

    “Har xil millat va turli tabaqadagi bolalarni klubimizga qabul qilish uchun kurashib, bir qancha dushmanlar orttirganman. O‘shanda ham Kokoning jamoaga qabul qilinishini talab qilgandim”.

    Benzema o‘zini van der Sar deb atardi, 15 yoshida esa futbolni tark etish haqida o‘ylagan

    Murabbiy Frederik Rigole Karim bolaligida nafaqat darvozaga zarba berishni, balki ularni to‘sishni ham yaxshi ko‘rganini qo‘shimcha qiladi: “O‘shanda u o‘zini van der Sar deb atardi”.

    Benzema asosiy jamoaga universal tayyorgarlik bilan keladi: “4—6 yoshlarimda ko‘chada o‘zimdan yoshi va jussasi katta bolalar bilan o‘ynaganman”, — deya eslaydi Karim bolaligi haqida gapirar ekan. “Ular bilan birga o‘ynash uchun texnika va tezligingizni keskin oshirish kerak edi. Bu juda foydali tajriba”.

    Karim Benzemalar oilasining to‘qqiz farzandidan biri edi, ammo bu ota-onasining e’tiboriga ta’sir qilmagan. “Otam do‘stlarim xavfli yo‘ldan ketayotganini ko‘rib, Bron jamoasiga qo‘shilishimni talab qilgan. Onamning yetarlicha tashvishlari bo‘lsa ham, har doim yangi butsi sotib olish imkoniyatini topardi”, — deydi Karim France Football nashriga bergan intervyusida.

    Ba’zida hatto Malika Benzema darvozaga turib, Karimning uzoq masofadan zarba berishiga yordam berardi. Benzemalar oilasining do‘sti Karimning onasiga bo‘lgan munosabati haqida shunday deydi: “U Benzemaning dunyosidagi asosiy shaxsdir. U o‘qituvchilarga, masalan, Karimning qiyofasi takabburlik yoki sovuqlikni anglatmasligini tushuntirib yurardi”.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Benzema 9 yoshida ko‘chib o‘tgan “Lion” akademiyasi murabbiylari bilan aloqa o‘rnatish qiyin kechadi, transferga klubning yoshlar sektori yetakchilaridan biri Jerar Bonnoning o‘z vaqtida Karimning amakisi bilan birga o‘ynagani yordam bergan.

    Dastlabki yillarda Benzema mashg‘ulotlar va o‘yinlarga uydan qatnardi, 14 yoshida esa Liondagi maktab-internatga ko‘chib o‘tadi. Bu qoidalarga zid edi, boisi — faqat Liondan 40 kilometrdan uzoqroq masofada yashaydigan bolalar internatga joylashtirilishi mumkin edi — Bron esa 3 km uzoqlikda.

    “Ammo Hafid o‘g‘lining bunday jinoiy hududda qolishi xavfli ekanligini aytib, Karimni u yerdan chiqarib olishimizni so‘radi”, — deb eslaydi “Lion”ning bolalar murabbiyi Robert Valet “Benzema tizimi” kitobida.

    “Lion” akademiyasida Karimning odamoviligi (introvert) hammaga ham yoqavermasdi. 15 yoshida tez-tez zaxirada qolib ketardi. Shunda u futboldan ketish haqida ham o‘ylagan.

    Benzema qamoqdan chiqqan do‘stini o‘z kompaniyasiga ishga olib, oyiga 4 ming yevro maosh to‘lagan

    16 yoshida, murabbiy Armand Garridoning qo‘liga tushganida Benzema uchun hammasi o‘zgaradi, uning ishonchi Karimni ruhlantirib, uni professional futbolga olib kiradi. 2016-yilning yanvar oyida Benzema L’Equipe nashrining Garrido haqidagi maqolasini “Yoshlarning kumiri” sarlavhasi bilan ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida bo‘lishadi.

    Karimga, shuningdek, “Lion” akademiyasining jismoniy tarbiya murabbiyi Giyom Tora ham yordam bergan, Karim 16—17 yoshida bir yilda 12 santimetrga o‘sib, 6 kilogramm vazn oladi, murabbiy u uchun to‘g‘ri mashqlarni tanlab beradi. Benzema keskin o‘sishga erishgan ko‘plab o‘smirlar kabi maydonda o‘zini yo‘qotib qo‘ymaydi, aksincha yanada ishonchli his qilishni boshlaydi.

    Mashhurlikka erishgan Karim bolalikdagi do‘stlarini ham unutib qo‘ymaydi. 2015-yilda Karim do‘konlarni o‘marish va giyohvand moddalarni saqlash uchun qamalgan do‘sti ozodlikka chiqqanidan so‘ng uni o‘zining media va shartnomalar bilan shug‘ullanuvchi Best of Benzema kompaniyasiga ishga oladi, va oyiga 4000 yevrodan maosh to‘laydi.

    Yana bir misol, 2013-yilda Karimning “Bron-Terrayon” bolalar jamoasidagi do‘sti Edi Belade avtohalokat oqibatida vafot etadi, Benzema esa Jazoirdagi dafn marosimi uchun pul to‘lab beradi.

    O‘sha yillarda Benzema agentini ham o‘zgartiradi. Dastlab unga Frederik Guerra vositachilik qiladi, ammo u “Lion” akademiyasining asosiy iste’dodi Hatem Ben Arfaga ko‘proq e’tibor qaratgan, bu esa Karimning ota-onasini qoniqtirmaydi, bu tomonlar hamkorlikni to‘xtatishiga olib kelgan. Karim shundan keyin hozirgi kungacha hamkorlik qilib kelayotgan Karim Jaziri bilan ishlay boshlaydi.

    “Hatem juda erta e’tibor markaziga tushdi. Atrofdagilar unga zarar yetkazdi. Masalan, uning onasi Hatemni Karimdan ikki baravar iqtidorli ekanini aytardi”, — degandi Jerar Bonno.

    O‘sha vaqtda “Lion”da Ben Arfa va Benzema o‘rtasida ahmoqona raqobat paydo bo‘ladi. O‘zining xarakteri tufayli Karim bu vaziyatdan kuchliroq bo‘lib chiqadi, Hatem esa o‘zini “Lion”ga kerak emasdek his qiladi.

    Ulye Karimning “Tottenhem”ga ketishiga yo‘l qo‘ymaydi va uni jamoaviy o‘yinchiga aylantiradi

    21 yoshida Ben Arfa do‘stona bo‘lmagan kayfiyatda “Marsel”ga ketib qoladi. Karim esa o‘lchovi kattaroq yo‘lni tanlashga qaror qiladi.

    2005-yilning yanvarida Karim birinchi marta Liga 1 da, “Lion” tarkibida maydonga tushadi. “Mets”ga qarshi bahsning 78-daqiqasida familiyasi tushirilmagan futbolkada chiqib, golli uzatmani amalga oshiradi. O‘sha yilning dekabr oyida, Madridda Ronaldoning formasini olganidan 2 hafta o‘tib esa Chempionlar Ligasi doirasidagi “Rusenborg”ga qarshi o‘yinda o‘z nomiga gol yozdiradi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “U Ronaldoni kumiriga aylantirdi va uning o‘yin uslubini ko‘chirishga harakat qilardi. U tajribali futbolchilardan maslahatlar olar va zarbalarini mukammallashtirish uchun soatlab darvozabonlar bilan birga mashq qilardi. Men esa unda jamoaviy futbol o‘ynash qobiliyatini rivojlantirdim.

    Uning otasi Hafid bilan ham yaxshi munosabatlar o‘rnatilgandi. 2006-yilda Karimni “Tottenhem” olmoqchi bo‘ladi. Hafidga “Liverpul”ga ko‘plab yoshlarni olib borganim va nima haqida gapirayotganimni tushuntirdim: Karim hali Angliyada o‘ynashga tayyor emasdi va sabr qilish zarur edi. Natijada, u qoldi va qo‘l ostimdagi ikkinchi yilda sezilarli darajada o‘sishga erishdi.

    Karim taktikaga jiddiy qiziqib qolgandi, gaplarimni ishtiyoq bilan tinglardi. Uni chap qanotga (Tyerri Anri kabi) qo‘yganimni tushuntirdim, shunda u tez-tez o‘ng oyoq bilan zarba berish imkoniyatiga ega bo‘lardi”, — deya eslaydi Ulye.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    2006-yilning noyabrida Benzema ilk bor Fransiya terma jamoasiga chaqiriladi. Biroq Karimga debyut qilish nasib etmaydi — sonidagi jarohat tufayli u faqat jamoa shifokorlari ko‘rigida bo‘ladi, xolos. Ammo u yerda uzoq vaqt davomida xorijda o‘ynab kelgan Nikolya Anelka bilan tanishadi. U Karim haqida avval ham biografi Arno Ramseydan eshitgandi.

    Aynan u uchun Jaziri Karim bilan birinchi katta intervyuni uyushtirgan. “U uyatchanlik va ishonchni uyg‘unlashtirgandi. Karim yoshligida devorga Ronaldo tasvirlangan plakatlarni yopishtirgani haqida ko‘p gapirar. Va ‘Oltin to‘p’ni orzu qilardi”, — deya yodga olgandi Arno Benzema haqidagi ilk taassurotlarini.

    14.04.2022, 23:04   Izoh (0)   41329
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Real” va “Manchester Yunayted” argentinalik futbolchi uchun kurash olib boradi

    14.04.2022, 22:01

    Yevropa Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshilari aniqlandi

    14.04.2022, 21:18

    O‘zbekiston Kubogi. “Olimpik” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Turon”ni tor-mor etdi

    14.04.2022, 20:15

    O‘zbekiston Kubogi. “So‘g‘diyona” Andijonda durang o‘ynadi, “Aral Samali” yirik hisobda yutqazdi, “Buxoro” esa “Metallurg”ni yenga olmadi

    14.04.2022, 19:14

    Tayson Fyuri irlandiyalik narkomafiyaga aloqadorligi uchun qamoqqa olinishi mumkin

    14.04.2022, 18:54

    “Manchester Siti” YChLdagi 100-o‘yinini o‘tkazdi. “Shaharliklar” bu davrda eng ko‘p g‘alaba qayd etish borasida faqat bir jamoadan ortda

    14.04.2022, 17:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonlik instabloger sahifasidagi folloverlari soni kamaygani tufayli o‘z joniga qasd qildi

    Layfstayl | 10 may, 23:30

    O‘zbekistonda bir yilda tadqiqotlar uchun qancha pul ajratilgani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 10 may, 23:10

    O‘zbekiston va Rossiya harbiy hamkorlik rejasini imzoladi

    O‘zbekiston | 10 may, 22:45

    Superliga. “Paxtakor” Toshkentda “Buxoro”ni tor-mor etdi

    Sport | 10 may, 22:27

    Dunyoga mashhur videobloger Mr Beast o‘zbek tilini biladigan koordinator izlamoqda

    O‘zbekiston | 10 may, 22:25

    Yulduzlardan ko‘proq topadi: Zendaya, Beyonse va Rianna stilistlarining gonorari qancha?

    Layfstayl | 10 may, 22:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.