• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.57
    • RUB153.82
    • EUR14545.78
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Real” tarixidagi eng qimmat 5 ta transfer haqida

    Madridning “Real” klubi XXI asr avvalidayoq o‘zining katta transferlari bilan futbol jamoatchiligi va muxlislarni o‘ziga qaratib ulgurgan edi. 2019-yil yoziga kelib, “qaymoqranglilar” yana transfer bozorida faollik ko‘rsatdi. Klub birin-ketin o‘z safiga Eder Militao, Rodrigo Goes, Luka Yovich, Eden Azar kabi futbolchilarni qo‘shib oldi. Biroq ulardan faqat Eden Azargina klub tarixidagi eng qimmat transferlar beshligiga kirdi.

    Quyida “Real” amalga oshirgan eng qimmat transferlar beshligi haqida suhbatlashamiz:

    1. Garet Beyl: “Tottenhem” — “Real”, 101 million yevro (2013)

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    “Tottenhem”dagi qoyilmaqom o‘yinlaridan so‘ng uelslik futbolchi Yevropa grandlari oromini o‘g‘irladi. Garetning “Real”ga o‘tishi haqidagi serial 2013-yilning butun yozi bo‘yi davom etdi. Beyl bu orada hattoki “Tottenhem”ning mavsumoldi yig‘inlarini, kamiga mavsum startini ham o‘tkazib yubordi. Uzoq davom etgan serialga kuzning birinchi kunida yakuniga yetdi. “Real” 1-sentabr kuni Beyl transferini rasman e’lon qildi. Klub vinger uchun “Tottenhem”ga 101 million yevroni qurtdek sanab berdi. Shu tariqa Beyl “Real” tarixidagi eng qimmat futbolchiga aylandi. Garet yangi klubidagi debyut o‘yinidayoq gol urishga erishdi, biroq oradan ko‘p o‘tmay jarohatga yo‘liqdi. Mavsum so‘ngiga borib esa uelslik futbolchi Krishtianu Ronaldu hamda Karim Benzema bilan qoyilmaqom trioni hosil qildi. Beylning “Real”dagi gullagan davri esa 2014-yil aprelidan boshlangandi. Futbolchi 2014-yil 16-aprel sanasida “Barselona”ga qarshi Ispaniya Kubogi finalida o‘sha mashhur golini uradi. Beyl Mark Bartrani tezlikda ortda qoldirgan holda “Real”ga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qiladi. Oradan bir oy o‘tib esa Garet Yevropa Chempionlar Ligasi finalida “Atletiko M” darvozasiga g‘alaba golini urishga muvaffaq bo‘ladi. Hozir esa Beylning “Real”dan ketishi mumkinligi haqida xabarlar yetarlicha topiladi. Shunisi aniqki, “Qirollik klubi” ustozi Zinedin Zidan Beylni klubning kelasi mavsumdagi rejalariga kiritmagan.

    2. Eden Azar: “Chelsi” — “Real”, 100 million yevro (2019)

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    “Chelsi”dagi 7 yillik faoliyatidan so‘ng belgiyalik futbolchining bolalikdagi orzulari ro‘yobga chiqdi. “Real” Ronaldu ketgach na Beyl, Isko, Asensio va na Modrich jamoa yetakchisiga aylana oldi. Buni juda yaxshi tushungan Peres bobo esa Eden Azarni Madridga olib kelishga chog‘landi. Ammo tan olish kerak, Azarni “Real”ga o‘tishi oson kechmadi. “Chelsi” klubga qo‘yilgan transfer taqiqi sabab belgiyalik transferiga kelganda klub ishni ortga suraverdi. Biroq Madridning 100 million yevrolik taklifi Roman Abramovichni ham ko‘ndira oldi. Eden Madridga Yevropa Ligasi g‘olibi va Angliya Premyer Ligasining eng yaxshi o‘yinchilaridan biri sifatida keldi. Ammo futbolchini oldinda katta sinovlar kutib turgani ham rost. Axir Madrid ko‘z yoshlarga ishonmaydi.

    3. Krishtianu Ronaldu: “Manchester Yunayted” — “Real”, 94 million yevro (2009)

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Nafaqat “Real” 2009-yil yozida o‘z tarixidagi  va dunyodagi eng qimmat (o‘sha vaqtdagi) transferni amalga oshirdi, balki Ronalduning transferi klub tarixidagi eng omadlisi ham bo‘ldi. “Qirollik klubi” Krishtianu uchun “Manchester Yunayted” g‘aznasiga 94 million yevro o‘tkazib berdi. Ronni Madridga yilning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida keldi. U “qaymoqranglilar” safida qayd etish va erishish mumkin bo‘lgan barcha rekord hamda sovrinlarni o‘ziniki qildi. Ronaldu “Real” bilan umumiy 15 ta jamoaviy sovringa ega chiqdi. Bundan tashqari u 4 marta “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi. “Real”dagi faoliyatini esa 2018-yil yakunladi. Futbolchi 117 million yevro evaziga Turinning “Yuventus” klubiga yo‘l oldi. Uning Madrid klubidagi statistikasi va qoyilmaqom o‘yinlari esa hech qachon muxlislar yodidan chiqmasligi aniq — 438 ta o‘yin, 450 ta gol.

    4. Zinedin Zidan: “Yuventus” — “Real”, 77,5 million yevro (2001)

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Florentino Peres 2001-yil yozida transfer bozori siyosatini tamoman boshqa tarafga burib yubordi. Ispaniyalik funksioner 77,5 million yevro evaziga “Yuventus”dan Zinedin Zidanni olib keldi. Zidanning xaridi yillar davomida barcha davrlarning eng qimmat transferi sifatida reytinglardan tushmadi. Zizu “Real”dagi ilk mavsumidayoq jamoaning asosiy o‘yinchisiga aylana oladi. O‘sha yili “Real” Yevropa Chempionlar Ligasi finalida “Bayer Leverkuzen” ustidan g‘alaba qozonadi. Zidan esa futbol tarixidagi eng chiroyli gollardan birini uradi. Fransiyalik futbolchi Figu, Ronaldo, Bekhem, Karlos va Raul kabi yulduzlar vaqtida ham jamoa yetakchisi bo‘lib qoldi. Zizu futbolchilik faoliyatiga ham aynan “Real”da 2006-yil yakun yasadi. Keyinchalik esa u klubga murabbiy sifatida qaytib, nima karomatlar ko‘rsatganini bilsangiz kerak, aziz muxlis!

    5. Xames Rodriges: “Monako” — “Real”, 75 million yevro (2014)

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    “Portu”da tanilib, “Monako”ga yo‘l olgan kolumbiyalik yigit Fransiyada ham uzoq ushlanib qolmadi. Monegasklar tarkibidagi 1 yillik faoliyatdan so‘ng Xames 2014-yilgi Jahon Chempionatida shunday o‘yin namoyish etdiki, natijada Florentino Peres kolumbiyalik futbolchini “Real”ga chorladi. 22-iyul sanasida “Qirollik klubi” Xames transferini e’lon qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Rodrigez uchun madridliklar “Monako” g‘aznasiga 75 million yevro o‘tkazib beradi. 2014/15-yilgi mavsum Xames uchun “Real”dagi eng omadlisi sifatida yodda qoldi. U klub safida 46 ta o‘yin o‘tkazdi va 17 ta gol urdi. Oqibatda futbolchi La Ligada mavsumning eng yaxshi yarim himoyachisi deb topildi. Zinedin Zidan “Real” boshqaruviga kelgach esa futbolchi zaxiradan maydonga tushadigan futbolchiga aylandi. Shunga qaramay 2016/17-yilgi mavsumda futbolchi 32 ta o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 2017-yilning 11-iyulida esa Xames 2 yillik ijara sharti bilan “Bavariya” safiga o‘tdi. Myunxenliklar esa 2019-yil yozida futbolchini 40 million yevroga sotib olish imkoniyatidan foydalanmadi. Ayni damda Xames “Real” ixtiyoriga qaytgan. Biroq uning klubdan ketishi ovoza qilinmqda. Rodrigesning xizmatlariga esa “Napoli” hamda “Atletiko Madrid” jiddiy qiziqish bildirgan.

    Mavzuga doir: “Barselona” tarixidagi eng qimmat 5 transfer haqida 

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

    09.08.2019, 12:05   Izoh (0)   62478
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    APLda transfer oynasi yopildi. So‘nggi kunning asosiy transferlari bitta sahifada

    09.08.2019, 10:14

    Eldor Shomurodov SSKAga o‘tmaydi, u faqat Yevropadan tushadigan takliflarni ko‘rib chiqadi

    08.08.2019, 16:58

    Gabriel Jezus ikki oyga diskvalifikatsiya qilindi

    08.08.2019, 15:48

    “Navbahor”dan ketgan Andrey Kanchelskis “buyurtma hisoblar”, Namangan hokimi va boshqalar haqida

    08.08.2019, 12:30

    “Yuventus” “Manchester Siti”ga Kanseluni sotdi va Daniloni olib keldi

    08.08.2019, 10:14

    “Barselona” o‘rtoqlik o‘yinida “Napoli”ni yengdi

    08.08.2019, 09:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Konor Makgregor oktagonga qaytishi mumkin

    Sport | 31 iyul, 12:55

    Kristofer Nolan “Odisseya” filmini G‘arbiy Sahroyi Kabirning Marokash tomonidan bosib olingan hududida suratga olgani uchun tanqidlarga uchradi

    Kino | 31 iyul, 12:55

    “Medvedev o‘zini hanuz prezidentman deb o‘ylaydi” — Tramp sobiq Rossiya rahbarini tanqid qildi

    Dunyo | 31 iyul, 12:45

    Surxondaryoda Nexia urib yuborgan 8 yoshli qizaloq vafot etdi

    O‘zbekiston | 31 iyul, 12:40

    Santimetrgacha kuzatadi: Hindiston va AQSH orbitaga eng mukammal sun’iy yo‘ldoshni uchirdi

    Dunyo | 31 iyul, 12:34

    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?

    Reklama | 31 iyul, 10:30

    Amerikalik ayol to‘rt farzandini bir kunda, ammo turli yillarda dunyoga keltirdi

    Qo‘ziqorin | 31 iyul, 12:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.