• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Zidan Gvardiolaga qarshi. Barchasi “Real”—“Manchester Siti” to‘qnashuvi haqida

    2019-yil dekabrida bo‘lib o‘tgan qur’a Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 finalidayoq bir nechta super to‘qnashuvlarni taqdim etishi ma’lum bo‘lib ulgurgandi. PSJ—“Borussiya D”, “Chelsi”—“Bavariya”, “Atletiko”—“Liverpul”, “Napoli”—“Barselona” va albatta “Real”—“Manchester Siti” shular jumlasidan.

    Foto: Goal

    Foto: Goal

    Muxlislar ushbu o‘yinlardan 4 tasining guvohi bo‘lib ulgurdi. Yuqorida tilgan olingan so‘nggi bellashuv esa 26-fevral, chorshanba oqshomida Madridda bo‘lib o‘tadi.

    Unda Zinedin Zidan boshchiligidagi “Real” Xosep Gvardiola qo‘l ostidagi “Manchester Siti”ni qabul qiladi. Keling uchrashuvga oid ma’lumotlar bilan birgalikda tanishib chiqamiz.

    Musobaqa yo‘li

    “Real”

    “Real” guruh bosqichida PSJ, “Bryugge” va “Galatasaroy” klublari bilan pley-off yo‘llanmasi uchun kurash olib bordi. Madridliklar faqat uchinchi turga kelib, o‘zining musobaqa joriy mavsumidagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi. U ham bo‘lsa “Galatasaroy” ustidan minimal hisobda. Zidan shogirdari dastlabki ikki turda — avvaliga PSJga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi, keyin esa “Bryugge” bilan 2:2 hisobida durang qayd etdi. Keyin esa turklar ketma-ket 2 ta o‘yinda mag‘lub etildi. “Bryugge” safarda 3:1 hisobida taslim qilindi. So‘nggi turda PSJ bilan 2:2 hisobida durang qayd etildi. Shu tariqa Zidan shogirdlari guruh bosqichini PSJdan so‘ng 2-o‘rinda yakunlab, pley-off bosqichiga yo‘l oldi.

    “Manchester Siti”

    “Manchester Siti” musobaqaning “C” guruhida pley-off yo‘llanmasi uchun “Atalanta”, “Dinamo Z” va “Shaxtyor” bilan kurashga kirishdi. “Siti” guruh bosqichini mag‘lubiyatsiz yakunladi. Dastlabki uch turda “Shaxtyor”, “Dinamo” va “Atalanta” umumiy hisobda 10:1 hisobida mag‘lub etildi. Guruhdan chiqish masalasi ijobiy hal etilgach, Gvardiola shogirdlari 4 va 5-turda durang qayd etdi. So‘nggi turda esa “Dinamo” safarda 4:1 hisobida tor-mor etildi. Manchester klubi 14 ochko to‘plagan holda 1-o‘rin bilan pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

    Jamoalarning ayni damdagi holati

    “Real”

    Zidan shogirdlari so‘nggi o‘yinlarda oqsab qoldi. Jamoa ikkita o‘yinda mag‘lub bo‘ldi, kamiga autsayder klub bilan durang qayd etdi. Bu esa “Barselona”ga qo‘l kelib, “Real”dan La Liga peshqadamligini tortib oldi. “Real” so‘nggi 4 ta o‘yinda o‘z darvozasidan 8 ta gol olib chiqdi. Bungacha klub La Liganing 21 ta o‘yinida atigi 9 ta gol o‘tkazgandi. Farq yaqqol ko‘rinib turibdi. Biroq shuni ham unutmaslik kerak, “Real”ga so‘nggi o‘yinlarda gol urgan jamoalarning hujum chizig‘i “Manchester Siti”nikichalik qo‘rqinchli emasdi.

    “Manchester Siti”

    Gvardiola jamoasi ham so‘nggi oylarni bir maromda o‘tkaza olayotgani yo‘q. Jumladan, “Tottenhem” hamda “Manchester Yunayted”dan qabul qilingan mag‘lubiyatlar “Siti”da ham yetarlicha muammolar borligini ko‘rsatib qo‘ydi. Biroq “shaharliklar” bu muammolarni so‘nggi 2 ta o‘yindagi “quruq” g‘alabalar orqali yopishga erishgandek bo‘ldi. Jumladan, APLda ikkinchi o‘rin uchun kurashayotgan to‘g‘ridan to‘g‘ri raqobatchisi “Lester” taslim etildi. Faqat “Siti”da “Real”ga qaraganda bitta katta muammo bor. UEFA “shaharliklar”ni Chempionlar Ligasining kelasi ikki mavsumidan chetlatdi. Buning barchasiga moliyaviy feyr-pleyga amal qilinmagani sabab qilib ko‘rsatilgan. “Siti” rahbariyati 26-fevral kuni ushbu qaror yuzasidan Xalqaro aribtraj sudiga shikoyat qilganini ma’lum qildi.

    Qayd etish joiz, “Real” ham “Manchester Siti” ham ichki chempionatda ikkinchi o‘rindan joy olib turibdi. Farqi shuki, “Real” peshqadam “Barselona”dan 2 ochkoga, “Siti” esa “Liverpul”dan 22 ochkoga ortda qolmoqda.

     Jamoadagi yo‘qotishlar

     “Real”

    Madrid klubi “Siti”ga qarshi bahs oldidan sezilarli yo‘qotishga uchradi. Uzoq tanaffusdan so‘ng safga qaytgan Eden Azar “Levante”ga qarshi bahsda yana jarohat oldi. Eden eski jarohatini qaytalab olgani aytildi. Endi belgiyalik futbolchi nafaqat “Siti”ga qarshi bahsni, balki 1-mart kuni “Santyago Bernabeu”da o‘tadigan “Barselona”ga qarshi o‘yinni ham o‘tkazib yuboradi. Marko Asensio ham jarohat sabab “Real”ga yordam bera olmaydi. Shuningdek, murabbiy qaroriga ko‘ra, Xames Rodriges, Mariano Dias, Braim Dias, Nacho va Rodrigolar “Siti”ga qarshi “Real”ning o‘yin qaydnomasidan o‘rin olmagan.

    “Manchester Siti”

    “Real”ga qarshi bahs oldidan Rahim Sterlingning jarohat olgani aytilgandi. Biroq futbolchi o‘yin qaydnomasidan o‘rin olgan. Faqatgina uzoq muddatga safdan chiqqan Leroy Sanening “Real”ga qarshi maydonga tushmasligi aniq. Gvardiolaning o‘yin sxemasida muhim o‘rin tutadigan Aymerik Lyaportning safga qaytgani esa “shaharlik” muxlislarni xursand qilgani bor gap. Umuman olganda, Gvardiola jamoasida tarkib borasida katta muammolar yo‘q.

    O‘zaro o‘yinlar tarixi

    Jamoalar hozirgacha 6 marta to‘qnash kelgan. Shulardan 4 ta bahs Chempionlar Ligasi musobaqasiga to‘g‘ri keladi. Ilk bor ular 2012/13-yilgi mavsum musobaqaning guruh bosqichida uchrashgan. Madridda o‘tgan bahsda “Real” “Siti” 3:2 hisobida yenggan bo‘lsa, Manchesterdagi o‘yin 1:1 hisobi bilan yakuniga yetgan. 2015-yil klublar Xalqaro Chempionlar Kubogi doirasida Avstraliyada o‘yin o‘tkazgan. Unda “Real” raqibini 4:1 hisobida mag‘lub etgan. Chempionlar Ligasining 2015/16-yilgi mavsumida esa tomonlar yarim finalda o‘zaro to‘qnash kelgan. “Etihad Stadium”dagi bahs 0:0 ko‘rinishda yakunlangan. “Santyago Bernabeu”da esa “Real” “Siti”dan 1:0 hisobida ustun kelgan. Ular o‘rtasidagi hozircha so‘nggisi bo‘lib turgan o‘yin Xalqaro Chempionlar Kubogi doirasida 2017-yil 26-iyulida AQShda bo‘lib o‘tgan. Unda “Siti” “Real”ni 4:1 hisobida tor-mor qilgan.

     O‘yinoldi fikrlar

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    “Futbolda eng asosiysi — natija. Jamoa so‘nggi haftalar deyarli o‘zgargani yo‘q. “Levante”ga qarshi bahsda yaxshi o‘yin ko‘rsatdik, faqat gol ura olmadik. “Manchester Siti”ga qarshi bahs esa o‘zimizni ko‘rsatish uchun imkoniyat hisoblanadi. O‘zimizni ayashga vaqt yo‘q. Natijalar o‘zi keladi. Bu Zidan—Gvardiola to‘qnashuv emas, balki “Real”—“Manchester Siti” to‘qnashuvidir. Odamlar “Siti” va “Real” o‘rtasida tomoshabop o‘yin ko‘rishni xohlamoqda. Bu o‘zgacha hafta ekanligini bilamiz. Futbolchilar bunday o‘yinlarda ishtirok etishdan faxrlanadi”, — deydi Zidan.

    Foto: FotMob

    Foto: FotMob
    “Bu jamoaning ushbu tarkibi uchun Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonish uchun so‘nggi imkoniyat emas. Tarkibimizdagi ko‘plab o‘yinchilarimizda Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonish uchun keyin ham imkoniyat bo‘ladi. Biz katta jamoaga qarshi o‘ynaymiz va oldinda bizni qanday sinov kutib turganini bilamiz. Bu aniq so‘nggi imkoniyat emas. Nima bo‘lishini oldindan aytib bo‘lmaydi. G‘alaba qozonish xoxishi bo‘lishi kerak, bo‘lmasa g‘alaba qozonib bo‘lmaydi. Biroq bu navbatdagi bir o‘yin xolos”, — deydi Gvardiola.

    Taxminiy tarkiblar

    “Real”: Kurtua, Karvaxal, Ferlan Mendi, Ramos, Varan, Kazemiro, Kroos, Valverde, Isko, Benzema, Beyl

    “Manchester Siti”: Ederson, Uoker, Fernandinyo, Lyaport, Benjamin Mendi, de Bryuyne, Rodri, David Silva, Bernardu Silva, Aguero, Sterling.

    Asror Abdunazarov tayyorladi

    26.02.2020, 17:16   Izoh (0)   28354
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Levandovski YChLda Ronalduning rekordini takrorladi

    26.02.2020, 14:36

    “Napoli”—“Barselona”, “Chelsi”—“Bavariya” uchrashuvlarining eng yaxshi o‘yinchilari aniqlandi

    26.02.2020, 13:42

    YChL. “Barselona” safarda “Napoli” bilan durang o‘ynadi (video)

    26.02.2020, 03:09

    YChL. “Bavariya” Londonda “Chelsi”ni yirik hisobda yengdi (video)

    26.02.2020, 03:01

    Tokio—2020 Olimpiadasi koronavirus sabab bekor qilinishi mumkin

    25.02.2020, 22:27

    Koronavirus tufayli Yevro—2020 musobaqasi bekor qilinishi mumkin

    25.02.2020, 21:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentning ayrim ko‘chalari velomarafon sabab vaqtincha yopiladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 22:52

    Mark-Andre ter Shtegen “Barselona”dan ketishi mumkin

    Sport | 7 iyun, 22:50

    Shavkat Mirziyoyev va Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif bir-birini Qurbon hayiti bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 21:19

    Italiya A Seriyasida 2025/26-yilgi mavsum uchun taqvim eʼlon qilindi

    Sport | 7 iyun, 21:17

    Toshkentdan Farg‘onaga giyohvandlik vositasini olib ketayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 21:10

    O‘zbekistonliklar to‘rt oyda turistik maqsadlarda eng ko‘p qaysi davlatlarga chiqayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 20:00

    Qamchiq dovonida yo‘lning bir qismi vaqtincha yopilgan

    O‘zbekiston | 7 iyun, 19:11

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Qahramoni Azim Latipov vafoti munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 18:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.