• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Superliga tirikmi? “Real”, “Barselona” va “Yuventus” sudda UEFAni yutib chiqdi, biroq tashkilot sudning talablarini bajarmoqchi emas

    Aprel oyida tashkil etilib, bor-yo‘g‘i 72 soat yashagan Superliga loyihasi ikkinchi hayotini boshlashi mumkin.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Dastlab Superligada 12 ta jamoa bor edi: “Real”, “Barselona”, “Atletiko”, “Yuventus”, “Milan”, “Inter”, “Chelsi”, “Manchester Yunayted”, “Manchester Siti”, “Arsenal”, “Tottenhem” va “Liverpul”. UEFA va FIFA mustahkam himoya qo‘rg‘onini egalladi, muxlislar norozilik bildirdi, Britaniya hukumati va qirollik oilasi bu ishga aralashdi. Shundan so‘ng “Real”, “Barselona” va “Yuventus”dan boshqa barcha jamoalar xalq g‘azabidan qo‘rqib, musobaqadan chiqqanini e’lon qildi.

    UEFA aybdorlarni kechirdi va ularga ramziy jarima belgiladi: har bir klubga 7 million funt va sovrin uchun beriladigan pulning 5 foizi olib qolinadigan bo‘ldi. Qolgan uchta jamoaga UEFA qattiqroq jazo tayinlamoqchi edi — Chempionlar Ligasidan chetlatish. Tashkilot Madrid sudiga murojaat qildi, lekin ular apellyatsiyasini rad qildi va Superliga asoschilari jazoga tortilmasligini aytdi.

    UEFA Madrid sudining Yevropa Superligasi klublariga taqiqlar qo‘ymaslik talabini bajarmadi. Tashkilot Yevropa Ittifoqi sudida g‘alaba qozonishiga ishongan.

    Madrid sudi UEFAdan Superliga ta’sischilariga nisbatan qo‘yilgan taqiqlarni olib tashlaganini ommaviy e’lon qilishini so‘ragan. Undan tashqari Angliya va Italiya federatsiyalariga klublarni jazolash huquqi yo‘qligini eslatib o‘tishni ham talab qilgan. Federatsiyalar Superligaga qo‘shilgan va undan so‘ng bu g‘oyadan voz kechgan jamoalarni jazolash haqida o‘ylagan edi.

    UEFA esa hech qaysi talabni bajarmadi. Tashkilot bu sudda yutib chiqishiga ishongandi.

    “Superliga g‘oyasi o‘lgan. Muxlislar uni o‘ldirishdi, u endi qayta tirilmaydi”, — degan UEFA vakillaridan biri.

    UEFA Superliga asoschilariga qarshi bo‘lib o‘tgan sudda yutqazdi

    UEFA boshqa jamoalarga belgilagan jarimasini ham qaytarishiga to‘g‘ri keldi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Sud qarori “Barselona”, “Real” va “Yuventus”ni ruhlantirib yubordi: endi ular ikki hissa kuch bilan Superliga uchun kurashga kirishdi. Ularning maqsadi UEFA monopoliyasiga chek qo‘yish. Jamoalar birgalikdagi arizasini e’lon qildi:

    “Bizning qarzimiz — futbol oldida turgan jiddiy muammolarni hal qilish. UEFA o‘zini Yevropa musobaqalarini o‘tkazish bo‘yicha yagona tashkilot va qonun chiqaruvchi deb atadi. Bu monopolistik va ziddiyatli pozitsiya futbolga zarar yetkazishi mumkin. Yevropa futbolidagi moliyaviy nazorat adolatli emas. Yevropa musobaqalarida ishtirok etadigan klublarga boshqarish huquqi kafolatlanishi kerak.

    Endi UEFA tomonidan bo‘ladigan tahdidlardan xalos bo‘lganimizdan xursandmiz. Maqsadimiz barcha tomonlarning: muxlislar, futbolchilar, murabbiylar, klublar, milliy va xalqaro liga hamda federatsiyalar qiziqishlarini inobatga olgan holda Superliga loyihasini rivojlantirishda davom etish.

    Taklifimizning ba’zi elementlarini qayta ko‘rib chiqish kerakligini tushunamiz va ularni muloqot jarayonida amalga oshirsa bo‘ladi. Yevropa Ittifoqi qonunlariga bo‘ysunadigan loyihamiz muvaffaqiyatiga hali-hamon ishonamiz”.

    Superliga tashkil etilishining sababi: UEFA pullarni bo‘lishishni istamasligi

    UEFA prezidenti Aleksander Cheferin futbolga bo‘lgan chuqur muhabbati tufayli Superligaga qarshi kurashmoqda deb o‘ylasangiz katta xato qilasiz. Barchasi moliyaviy oqimlarni nazorat qilish bilan bog‘liq: Superliga ta’sischilari yangi media muzokaralari — homiylik shartnomalari bo‘yicha veto huquqini talab qildi. UEFA 51% ovozni o‘zida saqlab qolishni, qolgan 49% ovozni esa bo‘lishishni maqsad qilgandi. Bu esa Florentino Peres va Andrea Anyelliga yoqmadi: ular UEFA monopoliyasisiz klublar ko‘proq pul ishlab topishiga ishonardi.

    “Chempionlar Ligasi huquqi 1,5 milliard turadi, NFL’niki esa — 7 milliard. Izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, sportga qiziqadigan 2 milliard insonning 1,6 milliardi futbol ishqibozlari va faqatgina 150 million kishi Amerika futbolini tomosha qiladi”, — degandi Anyelli ikki yil avval.

    Peres o‘z navbatida Superligasiz “Real” yangi yulduzlarni sotib ololmasligini ta’kidladi — jamoa boshqa grandlar singari koronavirus pandemiyasi tufayli qattiq zarbaga duch keldi. “Bu yozda katta transferlar bo‘lmaydi. Top-jamoalardan kichik klublarga pul tushmasa, bundan barcha aziyat chekadi. Superligasiz Mbappe va Holand transferlarini iloji yo‘q. Bu faqat “Real”ga tegishli emas”, — aytib o‘tdi Peres Superliga to‘xtatilganda. U haq bo‘lib chiqdi: yozda “Real” hech kimni xarid qilmadi. Yagona transfer — David Alaba jamoaga erkin agent sifatida tashrif buyurdi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Peresning mantig‘i oddiy: u Superligada faqat yaxshilikni ko‘ryapti, “Real” boyib ketadi va pastroq darajadagi jamoalardan futbolchi sotib olishni boshlaydi. Natijada u jamoalar ham foyda ko‘radi. Forbes’ning izlanishlariga ko‘ra super turnir grand jamoalarning moliyaviy muammolarini yechishga qodir edi: agarda Superliga tashkil etilganida 12 ta ta’sischining umumiy qiymati 12,7 milliard dollarni tashkil etardi. “Barselona” shu holatda “Nyu-York Niks” (NBA), “Nyu-York Yankis” (MLB) va “Dallas Kovboys” (NFL) jamoalarini ortda qoldirib dunyoning eng boy klubiga aylanardi.

    Yana bir muhim lavha: Superliga ideologiyasi futbol avvalgi shiddatini yo‘qotib, jamoatchilik nazaridan qolishiga ishonmaydi. Ha, bugungi kundagi futbolchilar Maradonadan yomonroq o‘yin namoyish etmaydi, lekin Maradonaning Netfliks, Instagram va Disney+ kabi raqobatchilari bo‘lmagan.

    “Mening besh nafar farzandim bor, hech bo‘lmasa ulardan biri men bilan birga 90 daqiqalik o‘yinni tomosha qiladi deb o‘ylamayman. Buning ustida ishlash kerak. Masalan, NBA’ni olaylik. Unda qisqa videosharhlarni sotib olish mumkin, qandaydir xavfli vaziyat bo‘lganda siz bundan darhol xabar topasiz. Oxirgi chorakni sotib olib tomosha qilish ham mumkin. Hozirgi bolalarning diqqati biznikidek emasligini tushunish lozim. Futbol o‘zgarishlar chorrahasida turibdi. Biz ko‘p narsalarni o‘zgartirishimiz va muxlislarga ajoyib musobaqa taqdim etishimiz kerak. Hozir ko‘p o‘yinlar muxlislar diqqatini qozona olmaydi deb hisoblayman. Biz auditoriyaga bunday munosabatda bo‘lmasligimiz lozim. Ularga tomosha qilishga arziydigan narsa berishimiz kerak, yo‘qsa ularni yo‘qotamiz”, — deydi Anyelli.

    U o‘zining pullari uchun oxirigacha kurashishga shubha qilmasa ham bo‘ladi.

    05.08.2021, 14:24   Izoh (0)   13146
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tokio—2020. Erkin kurashchi Javrail Shapiyev bronza medali uchun kurashish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Yengil atletikachi Svetlana Radzivil esa musobaqa bilan xay...

    05.08.2021, 11:32

    Svetlana Radzivildan Bekzod Abdurahmonovgacha. Tokio—2020 Olimpiadasida 5-avgust kuni qaysi o‘zbekistonlik sportchilar ishtirok etadi?

    04.08.2021, 21:47

    “Urinib ko‘rsam, itimga ham grossmeysterlik unvonini olib berishim mumkin”. Shaxmatdagi qing‘irliklar, darajasi tushib ketgan unvon va 12 yoshli grossmeysterlar ha...

    04.08.2021, 19:13

    Kamida kumushni naqd qilgan Bahodir Jalolov va bronza uchun kurash olib boradigan erkin kurashchilar. O‘zbekistonlik sportchilarning Tokio—2020 12-kunidagi natijal...

    04.08.2021, 16:25

    O‘zbekistonlik olimpiyachilarning sport formasi Cosmopolitan’ning Top-5 taligiga kirdi

    04.08.2021, 13:25

    “Jenoa” Eldor Shomurodovning keyingi transferidan qancha ulush olishi ma’lum bo‘ldi

    04.08.2021, 13:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Ozarbayjon AZAL samolyoti halokati tufayli Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda” — Ilhom Aliyev

    Dunyo | 19 iyul, 23:19

    O‘zbekistonda akademik litseylarga kirish test sinovlari qachon o‘tkazilishi e’lon qilindi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 23:00

    Xabi Alonso “Chelsi” yetakchisi Koul Palmerni “Real”ga olib kelmoqchi

    Sport | 19 iyul, 22:57

    Air China aviakompaniyasi Pekindan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 22:55

    Janubiy Koreyada 4 kundan beri yog‘ayotgan yomg‘ir sabab 5 kishi halok bo‘ldi (foto)

    Dunyo | 19 iyul, 22:35

    Latviya minglab rossiyalikni mamlakatdan chiqarib yuborishni rejalashtirmoqda

    Dunyo | 19 iyul, 22:10

    Isroil AQSHdan G‘azodagi falastinliklarni ko‘chirishda yordam so‘ramoqda

    Dunyo | 19 iyul, 21:40

    AQSH razvedkasi Obamani Rossiyaning saylovlarga aralashgani haqidagi soxta ma’lumotlarni tarqatishda aybladi

    Dunyo | 19 iyul, 21:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.