Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyo “Fenerbahche” bosh murabbiyiga aylandi.
Avvalroq 61 yoshli mutaxassis Istanbul klubi bilan 2 yillik shartnoma imzolagani xabar qilingandi.
Turkiya chempionati bungacha Portugaliya (“Portu”, “Benfika”), Angliya (“Chelsi”, “Manchester Yunayted”, “Tottenhem”), Ispaniyaning “Real Madrid” va Italiya (“Inter”, “Roma”) klublarini boshqargan Mourinyoning faoliyatidagi beshinchi chempionati bo‘ladi. Yanvar oyi o‘rtalarida murabbiy “Roma”dan ishdan bo‘shatildi va shundan beri klubsiz.
“Fenerbahche” milliy ligada 99 ochko bilan mavsumni yakunladi. 102 ochko to‘plagan “Galatasaroy”ga chempionlikni boy berib, ikkinchi o‘rinni egalladi.
Izoh (0)