• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    APLda Klopp — Gvardiola to‘qnashuvi, A Seriyada Turin derbisi, “Barselona” Madridda, “Real” esa Kataloniyada mehmon. Uik-endning eng muhim o‘yinlari haqida

    Yakunlanayotgan haftada Yevropaning top-5 chempionatlarida bo‘lib o‘tadigan o‘yinlar anonsi bilan tanishing.

    APL. Klopp va Gvardiola to‘qnashuvi, “Manchester Yunayted” “Everton”ni mehmon qiladi, “Tottenhem” “Aston Villa” sinovidan o‘tadi

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Manchester Yunayted” — “Everton”, 2-oktabr, 16:30

    Ole-Gunnar Sulsher shogirdlari oxirgi 6 turdan so‘ng 13 ochko jamg‘argan 5 ta jamoadan biri. Qo‘shimcha ko‘rsatkichlar evaziga “qizil iblislar” musobaqa jadvalining 4-o‘rinida turibdi.

    Sentabr oyi “Manchester Yunayted” uchun og‘ir keldi. YChLda “Yang Boyz”dan uchralgan mag‘lubiyat (1:2), Angliya Liga Kubogidan chiqib ketish va o‘tgan turda “Aston Villa”ga boy berilgan imkoniyat (0:3). Faqatgina Chempionlar Ligasining 2-turida “Vilyarreal” ustidan qozonilgan g‘alabagina Sulsher jamoasi joniga oro kirdi. Krishtianu Ronaldu so‘nggi daqiqalarda g‘alaba golini urdi.

    “Everton” ham 13 ochko jamg‘argan va boshqa jamoalardan farqli ravishda 5-o‘rinni band etib turibdi. Benites qo‘l ostida jamoa mavsumni muvaffaqiyatli boshladi. To‘rtta g‘alaba va bitta mag‘lubiyat. 6-turda “Everton” “Norvich” ustidan ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

    “Liverpul” — “Manchester Siti”, 3-oktabr, 20:30

    “Liverpul” Gvardiola jamoasiga qarshi o‘yinda musobaqa yetakchisi sifatida qatnashadi. Yurgen Klopp shogirdlari 2-o‘rindagi jamoadan (ikkinchi o‘rinni aynan “Manchester Siti” egallab turibdi) bir ochko oldinda. Ortda qolgan 6 ta turdan so‘ng “Liverpul” hisobida 14 ochko mavjud. “Liverpul” oldida chempionatdagi mag‘lubiyatsiz seriyani davom ettirish vazifasi turibdi. Oldinda esa qiyin raqib.

    Birinchi turda “Tottenhem”dan qabul qilib olingan mag‘lubiyat “Manchester Siti” uchun chempionatdagi yagona omadsizlik bo‘lib turibdi. Shundan buyon Gvardiola shogirdlari 4 ta g‘alaba va 1 ta durang natija qayd etdi. 6-turda “Chelsi” bilan o‘ynagan (1:0) “Manchester Siti” hafta o‘rtasida Chempionlar Ligasi doirasida “PSJ”ga qarshi bahs olib bordi va yutqazib qo‘ydi (0:2). Endi esa navbatdagi qiyin raqib — “Liverpul” kutib turibdi.

    Qolgan uchrashuvlar:

    2-oktabr, shanba

    “Byornli” — “Norvich”, 19:00

    “Chelsi” — “Sauthempton”, 19:00

    “Lids” — “Uotford”, 19:00

    “Nyukasl” — “Vulverhempton”, 19:00

    “Brayton” — “Arsenal”, 21:00

    3-oktabr, yakshanba

    “Kristal Pelas” — “Lester”, 18:00

    “Tottenhem” — “Aston Villa”, 18:00

    “Vest Hem” — “Brentford”, 18:00

    La Liga. Turning markaziy uchrashuvida “Atletiko” “Barselona”ni qabul qiladi, “Real” Kataloniyaga safar qiladi

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Atletiko” — “Barselona”, 2-oktabr, 00:00

    Ortda qolgan 7 turdan so‘ng “Atletiko” musobaqa jadvalida 4-o‘rinni egallab turibdi. Diyego Simeone shogirdlari o‘tgan turda “Alaves”ga mag‘lub bo‘lmaganda 1-o‘rinda turishi ham mumkin edi. “Matraschilar” musobaqa autsayderiga 0:1 hisobida yutqazib qo‘ydi.

    Hafta o‘rtasida “Atletiko” Chempionlar Ligasida “Milan”ga qarshi o‘ynadi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. To‘g‘ri, milanliklar qizil kartochka oldi, madridliklar so‘nggi daqiqalarda ikkita gol urdi va qiyinchilik bilan 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

    Tez orada “Barselona” yangi murabbiyni jamoaga olib kelsa kerak. YChLda “Barselona” “Benfika”ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Kataloniyaliklar barcha musobaqalarda omadsizlikka uchramoqda. La Ligada ham 12 ochko bilan 6-o‘rinda turibdi. Agar “Atletiko” ham g‘alaba qozonsa, Ronald Kuman iste’foga chiqarilishi mumkin.

    “Espanyol” — “Real Madrid”, 3-oktabr, 19:15

    “Espanyol” 7 turdan so‘ng 6 ochko bilan 14-o‘rinda bormoqda. Kataloniya jamoasi ushbu mavsumda faqatgina bir marotaba, “Alaves” ustidan g‘alaba qozona oldi. 1 ta g‘alaba, 3 ta mag‘lubiyat va 3 ta durang natija qayd etgan Visente Moreno shogirdlari “Real”ga qanday “syurprizlar” tayyorlab qo‘ygani noma’lum.

    Karlo Anchelotti jamoasi 17 ochko bilan chempionat peshqadami bo‘lib turibdi. Mavsum boshidanoq Karim Benzema va Vinisiusning o‘zaro kelishib o‘ynashi, jamoaga muhim bo‘lgan ochkolarni olib keldi. YChLda esa “Real” kutilmaganda o‘z uyida Moldovaning “Sherif” jamoasiga mag‘lub bo‘ldi. Madridliklar o‘sha o‘yindagi mag‘lubiyat alamini ham “Espanyol”dan olish ilinjida maydonga tushadi.

    Qolgan uchrashuvlar:

    2-oktabr, shanba

    “Osasuna” — “Rayo Valyekano”, 17:00

    “Malyorka” — “Levante”, 19:15

    “Kadis” — “Valensiya”, 21:30

    3-oktabr, yakshanba

    “Elche” — “Selta”, 17:00

    “Xetafe” — “Real Sosyedad”, 21:30

    “Vilyarreal” — “Betis”, 21:30

    “Granada” — “Sevilya”, 00:00

    A Seriya. Turinda derbi, “Atalanta” “Milan” bilan bahs olib boradi, Shomurodov to‘p suradigan “Roma” esa “Empoli”ni chig‘iriqdan o‘tkazadi

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Torino” — “Yuventus”, 2-oktabr, 21:00

    “Torino” o‘tgan mavsumda quyi divizionga tushib ketmaslik vazifasini a’lo darajada bajargandi. Ushbu mavsumda esa jamoa 8 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda. Jamoa oxirgi 4 turdan buyon mag‘lubiyatga uchramayapti (2 ta g‘alaba, 2 ta durang).

    Massimiliano Allegri shogirdlari uchun mavsum dahshatli boshlandi. Krishtianu Ronaldusiz qolgan jamoa A Seriyada 10-o‘rinni egallab turibdi. Bu esa “Yuventus”ning muammolari jiddiyligini bildiradi.

    Allegri asta-sekin kamchiliklarni bartaraf qilyapti. Chempionatda oxirgi turda “Sampdoriya” va Chempionlar Ligasida “Chelsi” ustidan qozonilgan g‘alabalar jamoaga kayfiyat bag‘ishlaydi. Skudetto uchun kurashga nazariya jihatdan imkoniyat mavjud.

    “Atalanta” — “Milan”, 3-oktabr, 23:45

    “Atalanta” mavsumni “Torino” ustidan qozonilgan g‘alaba bilan boshladi (2:1). Keyingi 5 turda 2 ta durang, 2 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat qayd etdi. Oxirgi turda “Inter” bilan 2:2 hisobida durangga erishdi. “Atalanta” 11 ochko bilan 7-o‘rinni egallab turibdi.

    “Milan” mavsumni omadli o‘tkazmoqda. 6 turdan so‘ng 5 ta g‘alaba va 1 ta durang natija. Milanliklar musobaqa jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda va peshqadam “Napoli”dan 2 ochko ortda qolgan. Stefano Pioli shogirdlari chempionlikni jiddiy maqsad qilgan.

    1-oktabr, juma

    “Kalyari” — “Venetsiya”, 23:45

    2-oktabr, shanba

    “Salernitana” — “Jenoa”, 18:00

    “Sassuolo” — “Inter”, 23:45

    3-oktabr, yakshanba

    “Bolonya” — “Latsio”, 15:30

    “Verona” — “Spetsiya”, 18:00

    “Sampdoriya” — “Udineze”, 18:00

    “Fiorentina” — “Napoli”, 21:00

    “Roma” — “Empoli”, 21:00

    Liga 1. “PSJ” Rennga safar qiladi, “Lill” “Marsel” bilan hisob-kitob qiladi

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Renn” — “PSJ”, 3-oktabr, 16:00

    “Renn” Fransiya chempionatining ortda qolgan 8 turida 9 ochko jamg‘ara oldi. Bruno Jenezio shogirdlari 13-o‘rinni egallab turibdi. Lekin oxirgi o‘yinlarga qarasak, “Renn” mag‘lubiyatga uchramayapti, uyda “Klermon” ustidan 6:0 hisobidagi g‘alaba, “Bordo” bilan 1:1 hisobidagi durang. Jamoaning ushbu mavsumdagi eng katta yo‘qotishi Kamavingani “Real”ga qo‘yib yuborgani bo‘ldi.

    “PSJ” yozgi transferlar vaqtida juda katta xaridlarni amalga oshirdi. Fransiya chempionatida hozirgacha birorta mag‘lubiyatga uchramadi. 8 turda 8 ta g‘alaba. Gollar nisbati 22:7. Yo‘qotishlar borasida muammo yo‘q. Faqatgina Serxio Ramosning debyuti kechikmoqda.

    1-oktabr, juma

    “Lans” — “Reyms”, 00:00

    2-oktabr, shanba

    “Monpelye” — “Strasbur”, 20:00

    “Nitssa” — “Brest”, 00:00

    3-oktabr, yakshanba

    “Anjer” — “Mets”, 18:00

    “Loryan” — “Klermon”, 18:00

    “Monako” — “Bordo”, 18:00

    “Nant” — “Trua”, 18:00

    “Lill” — “Marsel”, 20:00

    “Sent-Etyen” — “Lion”, 23:45

    Bundesliga. “Augsburg” alamzada “Borussiya D”ga qarshi, “Bavariya” navbatdagi g‘alabaga tayyor, “Volfsburg” kuchli uchlikdagi o‘rnini saqlab qolishga urinadi

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Bavariya” — “Ayntraxt”, 3-oktabr, 20:30

    Yulian Nagelsmann shogirdlari Germaniya Bundesligasida 16 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. “Bavariya” oxirgi 5 o‘yinida o‘rtacha 4,40 tadan gol urmoqda. 8 o‘yindan buyon faqat g‘alaba qozonib kelmoqda. Navbatdagi raqib ham myunxenliklarga qarshilik qilishga qodir emasdek ko‘rinmoqda.

    “Ayntraxt” oxirgi 6 o‘yinida 5 ta durang natija qayd etdi. Faqatgina Yevropa Ligasida “Antverpen” kichik hisobda taslim etildi. Bundesligada 6 o‘yinda 5 ochko to‘play oldi va 14-o‘rinda bormoqda.

    1-oktabr, juma

    “Kyoln” — “Groyter”, 23:30

    2-oktabr, shanba

    “Herta” — “Frayburg”, 18:30

    “Shtutgart” — “Hoffenhaym”, 18:30

    “Volfsburg” — “Borussiya M”, 18:30

    “Borussiya D” — “Augsburg”, 18:30

    “Leypsig” — “Boxum”, 21:30

    3-oktabr, yakshanba

    “Mayns” — “Union”, 18:30

    “Arminiya” — “Bayer”, 22:30

    Ma’rufjon Ochilov tayyorladi

    01.10.2021, 23:14   Izoh (0)   31268
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qarzga botib qolgan “Barselona”, “samoviy maosh” olishni xohlayotgan Holand va katta sportga qaytgan Oksana Chusovitina. Eng so‘nggi sport yangiliklari

    01.10.2021, 22:15

    Superliga. 6 ta gol urilgan o‘yinda “Paxtakor” “Qo‘qon-1912”ga yengildi, “Lokomotiv” 90+1-daqiqadagi gol evaziga g‘alaba qozondi

    01.10.2021, 21:20

    Muhammadqodir Abdullayevdan Bahodir Jalolovgacha. Yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekistonga oltin medal olib kelgan sportchilar

    01.10.2021, 20:23

    O‘zbekiston milliy terma jamoasining oktabr oyidagi o‘yinlarda ishtirok etadigan tarkibi ma’lum bo‘ldi

    01.10.2021, 10:41

    Konferensiyalar Ligasi. “Roma” Eldor Shomurodov asosiy tarkibda tushgan o‘yinda Ukraina klubini yirik hisobda mag‘lub etdi

    01.10.2021, 00:12

    Mukofotlangan futzalchilar, tarkibga birorta ham “Real” futbolchisini jalb qilmagan Ispaniya terma jamoasi va YChL 2-turi qahramonlari. Eng so‘nggi sport yangilikl...

    30.09.2021, 23:03
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tailand besh kunlik mojaroda qo‘lga tushgan ikki nafar Kambodja askarini yurtiga qaytardi

    Dunyo | 3 avgust, 14:51

    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim

    Reklama | 3 avgust, 10:30

    “O‘zgidromet” hafta boshida qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 14:40

    Ozarbayjon gazi Turkiya orqali Suriyaga yetkazib beriladi

    Dunyo | 3 avgust, 14:15

    “An-Nassr” Ronalduning tavsiyasi bilan Fernandeshni sotib olmoqchi

    Sport | 3 avgust, 13:55

    O‘zbekistonda ayrim bog‘cha bolalari uchun har oy 618 ming so‘mdan beriladi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 13:29

    BAA Misrdan yarim milliondan ortiq g‘azolikni ta’minlash uchun yetadigan suv quvuri tortib keladi

    Dunyo | 3 avgust, 12:55

    UNICEF: G‘azoda har uchinchi odam kunlarni ochlik bilan o‘tkazadi, bolalar esa halok bo‘lish xavfi ostida

    Dunyo | 3 avgust, 12:09

    Bolalar yerto‘lada yashirilgan: Toshkentda noqonuniy diniy ta’lim berilgan xonadonlar aniqlandi (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 11:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.