• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12514.34
    • RUB156.41
    • EUR14600.48
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES

    Mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ko‘paytirish, xususan, gidroenergetika tarmog‘ini yanada rivojlantirish borasida keng ko‘lamli amaliy faoliyat olib borilmoqda.

    Bu borada, “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan gidroenergetik salohiyati yuqori bo‘lgan hududlarda yangi GESlarni barpo qilish ishlari jadal sur’atlarda amalga oshirilmoqda.

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 yanvardagi “Chotqol daryosida Quyi Chotqol GES qurilishi” investisiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi Chotqol daryosining belgilangan hududida qurilish ishlari rejaviy asosda izchil davom ettirilmoqda.

    ugun, 23 may kuni Jamiyat Axborot xizmati tomonidan mamlakatimizning bir guruh bosma va elektron OAV vakillari, televideniye va radiokanallar muharrirlari, jurnalistlar va blogerlar uchun Quyi Chotqol GES qurilishi ob’yektiga press-tur tashkil qilindi. 

    Ta’kidlash joizki, barpo etilayotgan ushbu gidrotexnik inshoot loyihasida har birining quvvati 22,5 MVt bo‘lgan 4 ta gidroagregatni o‘rnatish mo‘ljallangan. Quyi Chotqol GESning o‘rnatilgan quvvati 90 MVt bo‘lib, yillik o‘rtacha elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 300 mln. kVt.soatga teng, ya’ni GES quvvati kelajakda yiliga o‘rtacha 125 ming xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

    Shuningdek, GESning to‘liq ishga tushirilishi 81,0 mln. m3 gacha tabiiy gazni yoki 250 ming tonna ko‘mirni iqtisod qilish imkoniyatini beradi. Inshoot gidrologik rejimga ta’sir qilmaydi va gidrobiologik ob’yektlarga zarar yetkazmaydi hamda atrof-muhit va tabiat o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatmaydi.

    E’tiborli jihati, qurilish ishlari doirasida Respublikamiz va Markaziy Osiyoda ilk bor yangi zamonaviy texnologiyalar asosida birinchi marta to‘g‘on konstruksiyasi bosib zichlangan (ukatanniy) betonli tipda quriladi. Beton to‘g‘on balandligi 60 metr, uzunligi 270 metr, to‘g‘on usti eni 7,5 metrni tashkil etadi. Suv ombori hajmi 6,8 mln m3 ga teng.

    Mazkur tipdagi to‘g‘on qurilishi loyihani amalga oshirish muddatini 2 barobarga qisqartirish hamda suv ombori kunlik suv sarfini samarali boshqarish imkonini beradi. Natijada, mazkur mustahkam to‘g‘onda quriladigan GES kun davomida elektr energiyasiga talab keskin oshgan davrda, ya’ni rostlovchi quvvatlarda elektr energiyani ishlab chiqarish imkoniyatini yuza keltiradi.

    To‘g‘on qurilishida RCC (Roller-compacted concrete – bosib zichlangan beton) dan foydalaniladi, ya’ni to‘g‘onning asosiy qismi (195 ming m3) bosib zichlangan betondan iborat bo‘ladi. Bosib zichlangan betondan foydalanishdagi afzalliklar – betonni tashkil etuvchilari ajralib qolishi hamda suv o‘tkazuvchanlikni minimallashtirish maqsadida kichik qatlam-qatlam qilib beton yotqizish, yotqizilgan qatlam ustida mashina-mexanizmlarning darhol harakatlana olishi, uni tekislashi, zichlashi va bu bilan beton mustahkamligini oshirishdir.

    Qurilish metodi gruntli to‘g‘onni barpo etishdagi sodda usullariga o‘xshash bo‘lib, issiq kunda syement va inert materiallar harorati tushirilgan holda beton mahsuloti tayyorlanishi hamda bosib zichlangan beton tarkibida maxsus qo‘shimchalar mavjudligi sabab beton yotqizilganda uning harorati mo‘tadil bo‘ladi. Bu esa, o‘z navbatida, betonning qizib, deformatsiyaga uchramasligini ta’minlaydi.

    Asosiy loyiha ishlari Jamiyat tizimidagi “Gidroproyekt” AJ tomonidan amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, loyiha doirasidagi asosiy to‘g‘onning texnik yechimlari murakkabligi, geologik jihatdan og‘irligini inobatga olib, loyihalashtirish ishlariga Turkiyaning va Eron davlatining ilg‘or kompaniyalari jalb qilingan.
    GES ob’yektlari qurilishida, xususan, syementatsiya ishlarini amalga oshirishda GERTEK (Germaniya) kompaniyasining ilg‘or uskunasidan foydalanilmoqda.

    Ushbu texnologiya avtomatik tarzda syementatsiya uchun maxsus qorishmani (rastvor) tayyorlaydi hamda uni skvajinalarga yuboradi. E’tiborli jihati, mazkur uskunani masofadan, dunyoning istalgan nuqtasidan turib boshqarish va ish faoliyatini real vaqt rejimida kuzatish mumkin. Filtratsiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirish maqsadida to‘g‘on va uning o‘qi bo‘ylab syementatsiya pardasi ishlari bajarilmoqda.
    Syementatsiya ishlarini amalga oshirish uchun 650 metrdan ziyod uzunlikdagi tunnel ochish ishlari bajarilgan.

    Zichlangan beton to‘g‘oni qurilishida ishlatiladigan bosib zichlangan betonni tayyorlashda qo‘shma kotlovandan olib chiqilgan gruntlardan foydalaniladi. Ya’ni, olib chiqilgan gruntlar qurilish maydonida o‘rnatilgan quvvati 500 tonna/soat bo‘lgan bo‘lgan inert materiallarni ishlab chiqaruvchi-saralovchi zavoddan turli fraksiyalardagi qum va chaqiq tosh ko‘rinishida ishlab chiqariladi. Mazkur inert materiallar bosib zichlangan betonning asosiy tarkibini tashkil etadi.

    Shu bilan birga, loyiha doirasida O‘zbekistonda ilk bor to‘g‘on yuvish galereyasida yemirilishga chidamli va mustahkamlik darajasi yuqori bo‘lgan (M800 markali) beton quyish ishlari amalga oshirildi.

    Suv omboridan yillik qattiq oqimni (suvda erigan va tubda to‘plangan cho‘kindilar) yuvish jarayonida umumiy hajmi 1 mln. m³ bo‘lgan suv GES binosi va beton to‘g‘on ichida joylashgan yuvish galereyasi orqali o‘tkaziladi. Bu jarayonda yuvish galereyasi inshootining kontakt yuzasiga katta gidrostatik yuklama ta’sir qiladi.

    Asosiy ishqalanish yuklamasi yuvish galereyasining tub qismiga va devorlarning o‘rtasigacha bo‘lgan qismiga tushadi. Yuvish galereyasining butun uzunligi bo‘ylab tub qismi quyma temir plitalar bilan qoplangan. Quyma temir – yemirilishga chidamli va uzoq muddat xizmat qiluvchi material bo‘lib, plitalarning konstruksiyasi eskirgan qismlarini yangilari bilan almashtirish imkonini beradi.

    Asosiy qurilish-montaj ishlarini sifatli tashkil etish va nazorat qilib borish jahonning ilg‘or kompaniyalaridan bo‘lgan “MATEST” (Italiya) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan uskunalar yordamida amalga oshiriladi.

    E’tiborli jihati, qurilishda o‘rnatilgan – qorishmali betonni tashishga mo‘ljallangan zamonaviy va ilg‘or tasmali konveyer texnologiyasidan jahondagi 5 ta davlatdagina foydalanilgan – AQSH, Kanada, Italiya, Eron hamda O‘zbekistonda.

    Aytish joizki, ushbu istiqbolli loyihada mamlakatimiz tarixida ilk bor jahon standartlari asosida to‘g‘on va GES binosi yaxlit inshoot sifatida qurilmoqda.

    GES qurilishida mahalliylashtirish doirasida Jamiyat tizimidagi tashkilotlar (zavod) tomonidan qariyb 90 foizga yaqin zaruriy ehtiyot qismlar, texnologik jihozlar yetkazib berilmoqda.

    Qurilish davrida loyiha ob’yektlariga 3 smenada umumiy kesimda 1 800 nafar ishchi jalb etilgan bo‘lib, bu o‘rtacha hisobda ishchilarning 10 000 ga yaqin oila a’zolarining moddiy-iqtisodiy jihatdan barqarorligiga xizmat qiladi.

    Ushbu loyiha yakuniga yetkazilib, foydalanishga topshirilgandan so‘ng, 120 ortiq mahalliy yosh mutaxassislar doimiy ish o‘rinlari bilan ta’minlanadi.

    Gidroenergetika sohasida boshlangan izchil islohotlar hamda jadal sur’atlarda olib borilayotgan qurilish va bunyodkorlik ishlari aholi va sanoat tarmoqlarining elektr energiyasiga bo‘lgan talabini qondirishga xizmat qiladi. Masalaning yana bir muhim jihati shundaki, yangi bunyod etilayotgan GESlar energiya manbai bo‘lish bilan birga, ko‘plab yangi ish o‘rinlari yaratilishiga ham zamin yaratadi.

    Ta’kidlash joizki, Chotqol daryosida amalga oshirilayotgan mazkur yirik gidroenergetik loyiha nafaqat Toshkent viloyati energetika tizimida muhim ahamiyat kasb etib, viloyat aholisini ekologik toza va arzon elektr energiyasi bilan ta’minlashga xizmat qilishi, shubhasiz.

    Shu bilan birga, Quyi Chotqol GES boshqa turdagi elektr stansiyalariga nisbatan bir qator afzalliklarga ega:
    - har yili 91 283,4 ming m3 tabiiy gazni iqtisod qiladi;
    - ekologik toza elektr energiyasini ishlab chiqaradi, atmosferaga zararli chiqindilar chiqishi qisqaradi;
    - ishlab chiqarilayotgan elektr energiya tannarxi nisbatan past, ya’ni issiqlik elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiya narxidan 8-10 barobar arzon bo‘ladi;

    - GES va uning asbob-uskunalarini ekspluatatsiya qilishning texnik muddati nisbatan uzoq, issiqlik elektr stansiyalardan ikki barobar ko‘proq muddatga xizmat qiladi;
    - qayta tiklanuvchi, ya’ni suv energiyasi manbalaridan foydalaniladi.

    Rejaga binoan, Quyi Chotqol GESni joriy yilda Mustaqillik bayrami arafasida qurib bitkazilishi hamda ekspluatatsiyaga topshirilishi kutilmoqda.

    Reklama huquqi asosida

    24 may, 13:30   Izoh (0)   1963
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz

    23 may, 18:00

    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda

    23 may, 16:30

    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 

    23 may, 15:00

    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar

    23 may, 12:00

    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)

    23 may, 10:30

    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda

    22 may, 18:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ekspertlar Putin qo‘riqchisining “sirli quroli”ni o‘rgandi (video)

    Dunyo | 29 iyul, 13:21

    Pekinda kuchli suv toshqinlari oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 29 iyul, 12:55

    Yozda konditsionersiz xonada uxlab qolishga yordam beradigan 7 layfhak

    Maslahatlar | 29 iyul, 12:52

    “OKMK” futbolchisi Nodirbek Abdurazzoqov faoliyatini Rossiya chempionatida davom ettirishi mumkin

    Sport | 29 iyul, 12:52

    AQSHda 32 yil qamoqda nohaq o‘tirgan erkak oqlandi

    Dunyo | 29 iyul, 12:28

    “Arsenal” Uilyam Saliba bilan shartnomani uzaytiradi

    Sport | 29 iyul, 12:20

    Andijondagi kanalga korxonadagi avariya sabab neft oqib ketdi

    O‘zbekiston | 29 iyul, 12:08
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.