Braziliya terma jamoasi sentabr oyidagi FIFA kunlari uchun qaydnomani e’lon qildi.

Fernando Diniz boshchiligidagi Braziliya terma jamoasi JCH—2022 dan so‘ng ilk bor rasmiy o‘yinlarda ishtirok etadi. Sentabr oyida bo‘lib o‘tadigan Boliviya va Peruga qarshi o‘yinlar uchun murabbiy quyidagi futbolchilarni jalb qildi:
- Darvozabonlar: Alisson (“Liverpul”), Ederson (“Manchester Siti”), Bento (“Atletiko Paranaense”).
- Himoyachilar: Renan Lodi (“Marsel”), Kayo Enrike, Vanderson (ikkalasi ham “Monako”), Danilo (“Yuventus”), Rojer Ibanes (“Al-Ahli”), Gabriel Magalyaes (“Arsenal”), Markinyos (“PSJ”), Nino (“Fluminense”).
- Yarim himoyachilar: Andre (“Fluminense”), Joelinton, Bruno Gimaraes (“Nyukasl”), Kazemiro (“Manchester Yunayted”), Rafael Veyga (“Palmeyras”).
- Hujumchilar: Antoni (“Manchester Yunayted”), Gabriel Martinelli (“Arsenal”), Rodrigo Goes, Vinisius Junior (“Real Madrid”), Risharlison (“Tottenhem”), Neymar (“Al-Hilol”), Mateus Kunya (“Vulverhempton”).
Boliviya va Peruga qarshi bahslar Jahon Chempionati saralashi doirasida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)