• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz

    Har qanday sayyoh safarga chiqarkan ko‘proq joyni ko‘rishni istaydi – ajoyib tabiat, tarixiy obidalar, zamonaviy ko‘ngilochar joylar. Namangan – aynan shunday joy! U yerda chiroyli tabiat ham, tarixiy ob’yektlar ham, zamonaviy ko‘ngilochar maskanlar ham bor. Xo‘sh, u yerga qanday boriladi?

    Masofa va transport
    Aslini olganda Toshkentdan Namanganga masofa u qadar uzoq emas, 280 kilometr atrofida. Ammo yo‘l dovon oshib o‘tgani tufayli biroz vaqt talab qiladi, yengil mashinada 4,5-5 soat ichida manzilga yetib olish mumkin. Yo‘lkira esa bir kishi uchun 150 ming so‘m atrofida bo‘ladi. 

    Poyezd bu masofani o‘rtacha 4 soatda bosib o‘tadi, narxi ham talab darajasida – kupega 170 ming so‘mga chipta sotib olasiz. 

    Uzoq yo‘l yurishni yoqtirmaydiganlar esa samolyotda Namanganga parvoz qilishlari mumkin. Samolyotga chipta narxlari ham turlicha, hammasi qachon buyurtma berishingizga bog‘liq. Ekonom toifaga 250 000 so‘mdan boshlanadi, komfort va biznes toifa narxlari esa ancha qimmat, 2-3 milliongacha ham borishi mumkin. Hammasi chiptani qachon buyurtma qilishingizga bog‘liq, qancha erta harakat qilsangiz, shuncha arzon bo‘ladi. 

    Biz Namangan sari poyezdda yurishga qaror qildik! Nima uchun? Buning bir qator sabablari bor – birinchidan, vodiy sari ketarkansiz, tog‘lar orasida shunday manzaralar bo‘ladiki, ko‘rib to‘ymaysiz. Ancha-muncha Shveysariya tog‘lariga dam beradigan maskanlarimiz bor. Manzilga yeta yetguncha bahri dilingiz ochilib boradi.

    Chodak
    Namanganga kelgan odam albatta Chodakni borib ko‘rishi kerak. Popda poyezddan tushasiz va u yerdan Chodakkacha bo‘lgan masofa unchalik uzoq emas, yarim soat nari berisida manzilga yetib olasiz. Muhimi – yo‘lkira ham qimmat emas, kishi boshiga 30 mingdan.

    Chodakda nimani ko‘rasiz? Ishoning, u yerda sira zerikmaysiz! Uzunligi 300 metr bo‘lgan to‘rtta osma ko‘prik, uzunligi 50 metr bo‘lgan shishali osma ko‘prik, sharshara va 400 metrlik bo‘lgan osma dor yo‘li (ziplayn) sizga keragidan ortiq adrenalin bera oladi. Ochig‘i, o‘zim ham balandlikdan qo‘rqishimni Chodakka kelib sezib qoldim!

    Yana Chodakda juda ajoyib va andak qo‘rqinchli g‘or ham bor. Qorong‘u g‘or, 300 metr balandlikda lapanglab borib kelayotgan osma ko‘prik va g‘izillab uchayotgan dor yo‘li – bularni boshqa joydan topishingiz ancha og‘ir masala! 

    Axsikent
    Chodakni ko‘rib olgach, qadimgi go‘sha - Axsikent sari yurdik. Bu yerda dunyoga mashhur qilichlar ishlab chiqarilgan, yer osti yo‘llari bo‘lgan, ming yil oldin ham vodoprovod tizimi ishlab turgan. 

    2016 yildan e’tiboran O‘zbekistonning turli sohalarida ko‘tarilish davri boshlandi. Bu davr arxeologiyani ham chetlab o‘tmadi va shaxsan prezident Shavkat Mirziyoyevning e’tibori bilan Axsikentni ochish ishlari boshlandi. Shahar bir necha asrlik mudroq uyqudan asta-sekin uyg‘ona boshlandi. 


     
    Yevropa va Axsikent
    Axsikentliklar juda tartibli, toza-ozoda yashaganlar. Shaharda chiqindi va yuvindi suv uchun maxsus o‘ralar kavlangan. Ko‘chaga chiqindi tashlash esa qat’iyan man qilingan, qonun bilan jazolangan. IX-X asrlarda, ya’ni bundan ming yil ilgari Axsikentda sanitariya qoidalariga jiddiy amal qilingan. Shu sababli shaharda yuqumli kasalliklar kam tarqalgan. 

    Shu o‘rinda bir misolni keltirib o‘tsak. O‘tgan yili Yevropada sayohatda bo‘lganimizda bir ajoyib manzaraga duch keldik. Bizda uning fotosi ham bor! 

    Qo‘hna Yevropadagi uyning devoriga yopishib o‘sgan nok daraxti –  manzara shunchalik chiroyli ediki! Bu biz uchun ancha noodatiy holat bo‘lganligi sababli selfi ham qilib oldik.

    Keyin esa bizni olib yurgan giddan qiziqib so‘radik – nima uchun nok daraxti uyga yopishtirib ekilgan? Gidimiz so‘zlab berganlaridan esa, yumshoq qilib aytganda, shok holatiga tushib qoldik – emishki, o‘rta asrlarda Yevropa shaharlarida sanitariya masalasi juda oqsagan, xojatxonalar esa muammoli bo‘lgan. Odamlar tuvakdagi axlatlarini shunchaki ko‘chaga to‘kib yuborishgan ekan. Devorga yopishtirib ekilgan daraxt esa turli noxush narsalarni ko‘chaga shaloplab to‘kilishdan saqlab, ancha-muncha axlatni o‘zida ushlab qolgan emish. Bu haqida hatto internetdan ancha-muncha ma’lumot ham topsa bo‘larkan.

    Endi o‘sha eshitganlarimizni Axsikentdagi holat bilan taqqoslab ko‘ring! Albatta ajdodlar bilan maqtanaverish yaxshi emasku, ammo sanitariya masalasi bunaqa yechilganiga faqat qoyil qolish kerak. Shunday emasmi?

    Suv yetkazish tizimi
    Axsikentning yana bir ajoyib jihati – uning suv yetkazish tizimidir.  Shahar gumbazsimon uslubdagi yer osti yo‘li orqali suv bilan ta’minlangan. Yer osti yo‘lidan sopol quvurlar o‘tkazilgan va bir necha kilometr uzoqlikdagi soydan Axsikentga suv olib kelingan. Eng muhimi – quvurlar shikastlangan taqdirda ta’mirlash uchun yerni qazish shart bo‘lmagan, shunchaki ustalar yer ostiga tushganlar va quvurlarni yangilariga almashtirib chiqqanlar. 

    Shu o‘rinda endi bir savol paydo bo‘ladi, o‘ylab ko‘ring, IX–XII asrlarda Axsikent vodiyning eng gavjum, poytaxt shahri bo‘lsa, shahar ichi zich uylar hamda do‘konlar bilan band bo‘lsa, qanday qilib bu yer osti inshooti qurilgan? Eng qizig‘i ham mana shunda, o‘z zamonasining amaliy fanlariga tayangan quruvchi ustalar bu ajoyib inshootni hozirgi metro qurilishi usulida bunyod qilganlar. Avval pishiq g‘ishtdan gumbazsimon uslubda o‘ziga xos yer osti yo‘li qurilib, uning tubiga katta diametrli sopol quvurlar yotqizilgan.

    Suv ana shu quvurlar orqali shildirab oqib kelgan. E’tiborlisi, bu tizimning suvni tozalash, filtrlash qismi ham bo‘lgan. Ya’ni, yer osti yo‘lining ma’lum joylarida pishiq g‘ishtdan qurilgan yer osti kuzatish xonalari bo‘lgan. Sopol kuvurlarda oqayotgan suv kuzatish xonasidagi kichik hovuz orqali o‘tgan. Natijada suv tarkibidagi qum, mayda tosh va boshqa yot jismlar  hovuz tubiga cho‘kib, qolib ketgan, toza suv esa xonadonlarga borgan. Qoyil qolarli jihati, bu behad ajoyib quvur tizimi shahar aholisiga eng kamida 300 yildan ortiq xizmat qilgan.

    Reklama huquqi asosida

    23 may, 18:00   Izoh (0)   8769
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda

    23 may, 16:30

    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 

    23 may, 15:00

    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar

    23 may, 12:00

    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)

    23 may, 10:30

    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda

    22 may, 18:00

    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi

    22 may, 13:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Eron oliy rahnamosi o‘z o‘limi ehtimoliga vorislarini tanladi — NYT

    Dunyo | 22 iyun, 22:06

    AQSH hujumiga javoban Eron Hormuz bo‘g‘ozini yopmoqchi. Bu nimani anglatadi?

    Dunyo | 22 iyun, 21:28

    AQSH Eronga 75 ta bomba tashlagan: hujum tafsilotlari e’lon qilindi

    Dunyo | 22 iyun, 20:44

    “Oltin to‘p” uchun asosiy da’vogar nomi o‘zgardi — TNT Sports

    Sport | 22 iyun, 20:20

    AQSH Eronning ehtimoliy javob hujumiga tayyorlanmoqda — NBC

    Dunyo | 22 iyun, 20:02

    Qozog‘istonda samolyot qulab tushdi. Qurbonlar bor

    Qozog‘iston | 22 iyun, 19:48

    Medvedev bir qator davlatlar Eronga “yadroviy o‘q-dorilar” berishga tayyorligini aytdi

    Dunyo | 22 iyun, 18:19

    “Qo‘shnilar” bahsi, braziliyaliklar hissasi va yirik hisobdagi g‘alaba: “Navbahor” va “OKMK” o‘yinidan fotogalereya

    Sport | 22 iyun, 18:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.