• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12672.81
    • RUB158.89
    • EUR14753.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    Rus armiyasi Ukrainaga bostirib kirgan 2022-yili nomi uchuvchisiz uchish vositasiga dalolat qiladigan birgina Bayraktar TB2 bor edi. U mudofaa amaliyotlarida faol qatnashib, son-sanoqsiz rus texnikalarini safdan chiqardi.

    Biroq qarama-qarshi tomon XXI asr urushiga nisbatan sekinroq moslashdi. Qariyb yarim asrdan beri sanksiyalar bosimi ostida yashayotgan Eron bu borada ruslardan, balki butun dunyodan ildamlab ketgandi. Moskva bunga vaqtida diqqat qaratib, Tehronning ko‘ngliga yo‘l topdi. Shahed-136 kamikadze dronlari rus armiyasi saflarida shu tariqa paydo bo‘ldi.

    Mazkur modeldagi dronlar asosan 150-170 km/soat tezlikda uchadi. Parvoz balandligi ham yuqori emas. Shu bilan birga, “qora bozor”dan olingan komponentlardan yig‘ilgani bois dvigateli favqulodda baland shovqin chiqaradi. Bularning bari uni payqash, taʼqib qilish va urib tushirishni osonlashtiradi.

    Lekin ayni shu omil dronning “kuzir kartasi” hisoblanadi. Boshqacha aytganda, arzon ehtiyot qismlaridan yig‘ilgan qurilmaning narxi ham shunga muvofiq – 20-50 ming AQSH dollari. Shunchaki taqqoslash uchun, qanotli va ballistik raketalar bir necha million dollar turadi.

    Arzon narx Shahedʼlarni yirik sonda ishlab chiqarish va keng ko‘lamda qo‘llash imkonini beradi. Bu esa himoyadagi tomonga jiddiy muammo tug‘dirishi tabiiy. Boisi ularning har birini tutib olish, birinchidan muammo, ikkinchidan esa bir necha yuz, balki million dollar turadigan zenit-raketalarni qo‘llashga to‘g‘ri keladi. Yaʼni ularga qarshi samarali kurash misli ko‘rilmagan resurslarni taqozo qiladi.

    Rossiya armiyasi Shahedʼlardan ilk bor 2022-yilda foydalandi. Zamonaviy optika va boshqaruv tizimlari yo‘qligi bois dastlabki namunalar oldindan kiritilgan koordinatsiyalar asosida uchgan. Yaʼni parvoz davomida nishonlarni almashtirib bo‘lmas, qolaversa aniqligi ham past edi. Biroq ruslar vaqt o‘tgani sayin ularni modernizatsiya qilib bordi. Avvaliga Erondan tayyor qurilmalar keltirilgan bo‘lsa, keyinchalik mamlakatning o‘zi eksport huquqi asosida ishlab chiqarishni mahalliylashtirdi. Rossiya manbalari ularni Geran-2 deb ataydi.

    F
     
    Foto: “Daryo”

    Ukraina ularga qarshi qanday kurashmoqda?

    Shahedʼlarning anʼanaviy nishoni energetika inshootlari, qo‘mondonlik markazlari hamda boshqa statsionar obyektlar hisoblanadi. Ukraina avvaliga ularga qarshi kurashda jiddiy muammolarga duch keldi. Biroq keyinchalik yangi voqelikka moslashish boshlandi. Boisi cheklangan sondagi havo mudofaa tizimlarini ballistik va qanotli raketalarga qarshi asrash zarurati bor edi. 

    Sharoitning o‘zi ukrainaliklarga yangicha yondashuvlarni joriy etish uchun stimul berdi. Pikap kabi harakatchan transport vositalariga zenit qurollari, pulemyotlar o‘rnatilib, mobil bo‘linmalar tashkil etildi. Xalq tilida “Shahed ovchilari” deb atalgan otryadlar projektor kabi zaruriy ashyolar bilan ham taʼminlandi. Erkaklarning aksariyati oldingi jabhada bo‘lgani bois ularning salmoqli qismini ayollar tashkil qiladi.

     
    “Shahed ovchilari”
    Foto: Mil.in.ua

    Yuqorida qayd etilganidek, Shahed dronlari yo‘nalishni primitiv usullar orqali belgilaydi. Bu esa ularning elektron urush tizimlari uchun sezgirligini oshiradi. Le Monde nashrining yozishicha, Ukraina kuchlari rus dronlariga shu tarzda taʼsir o‘tkazib, bir qanchasini yo‘nalishdan ozdirgan. Hatto 2024-yilning 24-26 noyabr kunlari ularning 43 tasi Rossiya va Belarusga burib yuborilgan.

    Biroq dronlarni zararsizlantirishdan oldin ularni aniqlash talab etiladi. Ammo mamlakat hududini radarlar bilan butunlay qamrab olish imkonsiz. Shu bois Ukraina harbiylari fuqarolarning yordamiga tayana boshladi. Har bir ukrainalik maxsus mobil ilova orqali o‘zi guvoh bo‘lgan uchuvchisiz uchish qurilmasi haqida xabar berish imkoniga ega bo‘ldi.

    Elektron urush tizimi yordamida qulatilgan Geran-2 droni
    Elektron urush tizimi yordamida qulatilgan Geran-2 droni
    Foto: Tarmoqdan

    Oradan vaqt o‘tib ukrainaliklar yanada murakkabroq taktika ishlab chiqdi. Dronlar hujumi kuzatiladigan yo‘nalishlar bo‘ylab daraxt va ustunlarga mikrofonlar o‘rnatildi. Ular Shahedʼlardan chiqayotgan shovqinni ilg‘ab, parvoz yo‘nalishini aniqlashga yordam beradi.

    Ammo jabhaning narigi chizig‘ida ham voqelikni diqqat bilan kuzatayotgan, o‘zgarish qilishga qodir insonlar bor. Ular Geran-2 dronlarini muntazam takomillashtirib bormoqda. Avvaliga dizel motorlar turboreaktiv dvigatellarga almashtirildi. Natijada qurilma tezligi, shu bilan birga parvoz balandligi oshdi.

    Bundan tashqari, GPS/GLONASS ga asoslangan navigatsiya tizimlari ham modernizatsiya qilinib, zamonaviy optik moslamalar o‘rnatildi. Bu aniqlik ko‘rsatkichini oshirib, nishonlarni parvoz davomida ham o‘zgartirish imkonini berdi. Bularning bari “Shahed ovchilari” ishini ancha murakkablashtirib, elektron urush tizimlari samarasini pasaytirdi.

    Ammo kurash shu bilan to‘xtab qolmadi. Ukrainaliklar rus dronlarini tutib olish uchun taktik aviatsiyani ishga sola boshladi. F-16, MiG-29 kabi qiruvchilari ularni “havo-havo” raketalari bilan zararsizlantirishi, Mi-8/24 vertolyotlari esa avtomatik to‘p va bort pulemyotlari bilan urib tushirishi mumkin.

    Ukraina kuchlarining MiG-29 qiruvchisi Geran-2 droniga R-73 raketasi bilan zarba bermoqda
    Ukraina kuchlarining MiG-29 qiruvchisi Geran-2 droniga R-73 raketasi bilan zarba bermoqda
    Foto: Tarmoqdan

    Biroq bu yuqori mahorat talab etadigan jarayondir. Boisi dron hujumlari vaqti havo mudofaa tizimlari faollashgan bo‘ladi. Bu esa “do‘stona o‘t ochish” holatlarini keltirib chiqarishi xavfi bor. Ukraina ittifoqchilari tomonidan yetkazib berilgan F-16 qiruvchilaridan birinchi talafotni ayni shu omil sabab ko‘rgan bo‘lishi mumkin. Garchand bu rasman tasdiqlanmagan bo‘lsa-da, ekspertlarning aksariyati mazkur xulosada yakdil.

    Shunga qaramay, Shahedʼlarning samaradorligi ortib bormoqda. Ukraina harbiy havo kuchlari tomonidan eʼlon qilingan hisobotga ishonilsa, joriy yilning fevral oyida 111 ta dron nishongacha yetib borgan. Ushbu ko‘rsatkich mart oyida 404 taga, aprelda esa 424 taga yetgan. Biroq so‘nggi ikki oy ichida Ukrainaga uchirilgan Shahedʼlar soni uchdan birga kamaygan. Bu ruslar son emas, sifatga eʼtibor qarata boshlaganidan dalolat beradi.

    19 may, 20:10   Izoh (0)   11215
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Ukraina#Rossiya#Eron#Shahed-136#Geran-2
    Humoyun Tojiddinov

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi

     

    Tavsiya etamiz

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoylik er-xotin ajrashayotganda 29 ta tovuqni bo‘lisha olmadi

    Dunyo | 10 avgust, 23:59

    ChatGPT maslahati sababli erkak jinnixonaga tushib qoldi

    Dunyo | 10 avgust, 23:35

    Putin Xerson va Zaporojye viloyatlaridan rus qo‘shinlarini olib chiqmaydi

    Dunyo | 10 avgust, 23:15

    Ilhom Aliyev Rossiyani Ozarbayjon obyektlariga “maqsadli zarba berish”da aybladi

    Dunyo | 10 avgust, 22:55

    Superliga. “So‘g‘diyona” “Mash’al”dan ustun keldi

    Sport | 10 avgust, 22:35

    Turkiyada 6,1 magnitudali kuchli zilzila yuz berdi (video)

    Dunyo | 10 avgust, 22:34

    NYT: Britaniya yarim yil maxfiy Falastin rejasi ustida ishladi

    Dunyo | 10 avgust, 22:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.