• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Ayollar sahifasi Maslahatlar Salomatlik

    Nega to‘satdan fastfud va shirinliklarga kuchli ishtiyoq paydo bo‘ladi?

    Mutaxassislar ta’kidlashicha, qandaydir aniq bir mahsulotni yegingiz kelishi har doim ham ochlik tufayli emas, balki hissiy va fiziologik omillar bilan bog‘liq bo‘ladi. Stress, gormonal o‘zgarishlar, vitaminlar yetishmovchiligi yoki hatto oddiy suvsizlanish — bularning barchasi shakar yoki tuzga bo‘lgan to‘satdan ishtiyoq ko‘rinishida namoyon bo‘lishi mumkin.

    Foto: Shutterstock.com

    Nutrisiologlarning aytishicha, bu — biz zararli ovqatni xohlayapmiz degani emas, balki ichakdagi bakteriyalar o‘zlariga energiya sifatida aynan shuni talab qilmoqda. Odamlar ularning “xohish”lariga ko‘proq bo‘ysunsa, shuncha ko‘p ichak mikrobiotasini buzadi. Bu esa qorinning shishishi, yallig‘lanishlar va ovqat hazm qilishdagi doimiy muammolarga olib keladi.

    Aslida bu ishtiyoq nimani anglatadi? Va qanday qilib zararli mahsulotni foydalisi bilan almashtirib, o‘zimizni lazzatdan mahrum qilmaymiz?

    Tuzli narsani xohlaysizmi? Bu holat tanadagi kaliy va magniy yetishmovchiligi, shuningdek suvsizlanish belgisi bo‘lishi mumkin. Stressda yoki charchagan holatda organizm natriy talab qiladi, uning muvozanatini buyrak usti bezlari boshqaradi.

    Nimani tanlash kerak: tuzlangan sabzavotlar, kimchi, uyda tayyorlangan sabzavotli chipslar, limonli suv, dukkaklilar va suzma. 

    Uglevodli ovqatga ishtiyoq

    Bu holat qondagi qand miqdorining notekisligi, serotonin tanqisligi, kletchatka yetishmasligi, doimiy stress yoki ichakdagi zamburug‘li infeksiya sabab bo‘lishi mumkin. Ular uglevod bilan oziqlanadi.

    Nimani tanlash kerak: murakkab uglevodlar — butun donli bo‘tqalar, kinoa, grechka, jo‘xori, qaynagan tuxum. Ovqatni balansda ushlang: oqsillar, kletchatka va foydali yog‘lar ishtiyoqni kamaytiradi.

    Foto: Shutterstock.com

    Shirinlik xohishi kuchayganmi?

    Bu holat xrom, magniy, foydali yog‘lar tanqisligi yoki oddiy stress belgisi bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, ichakdagi “yomon” bakteriyalar shakarni yashash uchun talab qilayotgan bo‘lishi mumkin.

    Nimani tanlash kerak: mevalar, xurmo, asal, kokos suvi, tabiiy yogurt. Bular organizmga zarar yetkazmasdan qondagi qand miqdorini me’yorda ushlab turadi.

    Shokoladga qarshi tura olmaysizmi?

    Bu magniy yetishmasligining belgisi bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, gormonal o‘zgarishlar yoki charchoq paytida bu holat tez-tez yuz beradi. Shirinliklar serotonin va dopamin darajasini oshirib, kayfiyatni ko‘taradi.

    Nimani tanlash mumkin:

    • kamida 80% kakao tarkibiga ega qora shokolad;

    • banan va yer yong‘og‘i pastasi;

    • kakao qo‘shilgan smuzi (kokteyl).

    Achchiq yoki nordon taomlar iste’mol qilishga xohishingiz yuqorimi?

    Bu holat organizm C vitamini, elektrolitlar talab qilayotganidan darak berishi mumkin yoki ichakdagi muammolarni bildiradi. Achchiq va nordon ovqatlar moddalar almashinuvini rag‘batlantiradi va oksidlovchi stressga qarshi kurashadi.

    Foto: Shutterstock.com

    Nimani tanlash kerak: amla (hind do‘lanasi), fermentlangan ichimliklar (kefir, kombucha), sitrus mevalari, uyda tayyorlangan tuzlamalar, ko‘katlar va yong‘oqlar.

    Yog‘li va zararli ovqatni xohlaysizmi?

    Bunday holat foydali yog‘lar, oqsil, kletchatka yoki umumiy energiya yetishmasligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shuningdek, natriy darajasining pasayishi ham sabab bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.

    Nimani tanlash kerak: avokado, yong‘oqlar, urug‘lar, tandirda pishirilgan baliq yoki tovuq, kokosli taomlar. Shuningdek, kinoa yoki jigarrang guruchli non kabi yeguliklarni sinab ko‘ring.

    Gazli ichimliksiz yashay olmaysizmi?

    Agar siz shakarli gazlangan ichimliklarga kuchli bog‘liqlik sezsangiz, ehtimol bu suvsizlanish va kalsiy tanqisligi belgisidir. Tana tez shakar va karbonatlanganlikni instinktiv ravishda qidira boshlaydi.

    Nimani tanlash kerak: laym, yalpiz va jaggeri bilan aralashtirilgan suv, kokos suvi, limonli gazsiz suv yoki uyda tayyorlangan mors.

    24 may, 19:50   Izoh (0)   1940
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Salomatlik#fastfud#shirinlik

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    To‘g‘ri ovqatlanish haqida eng keng tarqalgan yanglish fikrlar

    29.08.2017, 15:13

    Ochliksiz ham organizmni keraksiz moddalardan tozalasa bo‘ladimi?

    28.05.2020, 08:21

    Yuz terisi tiniqlashishi uchun nima yeyish va aksincha nimadan tiyilish kerak?

    12.08.2020, 21:44

    Har qanday yoshda xotirani mustahkamlovchi 8 ta tabiiy mahsulot

    15.08.2020, 21:36

    Semirmaslik uchun 35 yoshgacha amal qilish kerak bo‘lgan odatlar

    18.08.2021, 13:54

    Volumetrik parhez: ko‘p ovqatlanib vazn tashlash mumkinmi?

    09.09.2021, 09:57

    Foydali hamda mazali: yuqori qon bosimi egalari uchun tavsiya etiladigan DASH diyetasi

    13.10.2021, 08:55

    “Yordam bering, bog‘lanib qoldim”. Oziq-ovqatga tobelikni keltirib chiqaradigan 5 ta mahsulot

    15.09.2022, 21:40

    Sovuq ob-havoda iste’mol qilish tavsiya etilmaydigan 5 ta mahsulot

    20.10.2022, 17:44

    Shakar va un mahsulotlaridan voz kechilsa, organizmda qanday o‘zgarishlar yuz beradi?

    01.12.2022, 20:42

    Homiladorlikning birinchi trimestrida ratsiondan qanday mahsulotlar o‘rin olishi kerak?

    17.01.2023, 18:33

    Na gamburger va na kartoshka fri: shifokor organizm uchun eng zararli bo‘lgan fastfud turini ochiqladi

    05.05.2023, 20:50

    To‘g‘ri ozish sirlari: vazn tashlash uchun kaloriya tanqisligini qanday yaratish mumkin?

    05.07.2024, 09:25

    Garvard olimlari kolbasa iste’moli va demensiya kasalligi o‘rtasida bog‘liqlikni aniqladi

    05.08.2024, 18:34

    Uzoq umr ko‘ray desangiz: yurak salomatligini mustahkamlashning 7 usuli  

    17.08.2024, 10:50

    “Kariyes tufayli semirib ketdim”. Davolatilmagan tishlar qanday oqibatlarga olib keladi? 

    05.09.2024, 15:55

    Fastfud va ko‘p uxlash: Ko‘zlar ko‘rmay qolishiga sabab bo‘ladigan omillar

    09.09.2024, 16:33

    Ortiqcha vazni sababli attraksionga chiqa olmagan amerikalik erkak 11 oy ichida 60 kiloga ozdi

    27.12.2024, 17:01

    Yurak xurujining oldini olish uchun kardiologdan bir umrga tatigulik maslahatlar

    4 yanvar, 15:37

    Tilsiz qotil: Nima uchun 30 yoshlilar ham qon bosimini nazorat qilishi kerak?

    25 fevral, 12:26

    “Yegan sari yegim kelar”: nega ko‘pchilik o‘zini yog‘li va shirin taomlardan tiya olmaydi?

    27 mart, 17:40

    Diyeta va sportsiz: amerikalik ayol birgina odatini o‘zgartirib, 90 kilogramm ortiqcha vazndan xalos bo‘ldi

    3 aprel, 14:45

    “Ish va shaxsiy hayot chegasini belgilab oling”. Yapon psixoterapevtidan hayotingizni yaxshilashga yordam beradigan tavsiyalar

    23 may, 18:46

    Tez-tez shamollash, holsizlik, asabiylashish: osteopatiya qanday muammolarni yechishga yordam beradi?

    12 may, 19:30

    Miyani zaharlaydi: xotirani susaytiradigan va fikrlash tiniqligini yo‘qotadigan mahsulotlar haqida ogohlantirish berildi

    17 may, 21:25

    Parhez va og‘ir mashqlarsiz ozish siri: moddalar almashinuvini tezlashtirish uchun xatolardan voz keching 

    20 may, 22:45

    Immunitetni zaiflashtiradigan kutilmagan omil aniqlandi

    20 may, 19:40

    Uy sharoitida ko‘rish qobiliyatini yaxshilash uchun 5 samarali usul

    21 may, 09:52

    Muntazam piyoda yurish onkologik kasalliklarga chalinish xavfini kamaytiradi — tadqiqot

    22 may, 13:30

    Yaponiyada inson tushlarini yozib olish texnologiyasi yaratildi

    22 may, 14:40

    Tadqiqot: oziq-ovqatdagi plastik mikrozarralar ruhiy kasalliklarni qo‘zg‘atadi

    22 may, 22:40

    Yozgi ta’til boshlanishidan avval bolalarda o‘tkazish kerak bo‘lgan 5 ta muhim tekshiruv

    23 may, 10:56

    Yoshlar orasida eng ko‘p uchrayotgan 5 xil saraton

    22 may, 19:40

    Kartoshkani po‘stlog‘i bilan yeyish mumkinmi?

    23 may, 16:40

    Makiyaj bilan uxlash va gadjetlar: ko‘rish qobiliyatini pasaytiradigan 5 ta kundalik odat

    23 may, 14:45

    Gepatitni tabobat yo‘li bilan davolash mumkinmi? Mutaxassis tushuntirish berdi

    23 may, 16:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi

     

    Tavsiya etamiz

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    Vahshiylikning eng yuqori cho‘qqisi — Isroil askarlari falastinlik 6 yoshli qizcha va uning qarindoshlarini qanday o‘ldirgan edi?

    10 iyun, 19:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    Dunyo | 14 iyun, 16:36

    “Islom Karimov nomidan xat yozib, 700 ming dollar so‘ragan”. O‘qituvchi ayol Samarqand hokimini chuv tushirishga uringan

    O‘zbekiston | 14 iyun, 16:10

    “Davlat byudjetidan subsidiya va investitsiyalarga xarajat qilmaslik kerak” — Abdulla Abduqodirov

    Iqtisodiyot | 14 iyun, 16:00

    Mashhurlikdan panjara ortigacha: qamoqda o‘tirib chiqqan Gollivud yulduzlari

    Kino | 14 iyun, 15:50

    Bank krediti arzonroqmi yoki nasiya savdo? Markaziy bank tahlili eʼlon qilindi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 15:20

    “Real” Raul Asensoning tovon pulini 1 mlrd yevro etib belgilamoqchi

    Sport | 14 iyun, 15:17
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.