• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12892.91
    • RUB160.34
    • EUR14512.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +20°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Ayollar sahifasi Maslahatlar Salomatlik

    Parhez va og‘ir mashqlarsiz ozish siri: moddalar almashinuvini tezlashtirish uchun xatolardan voz keching

    Agar siz ovqatlanish tartibingizni to‘g‘rilab, harakatni ko‘paytirgan bo‘lsangiz-u, lekin tarozidagi raqamlar o‘zgarmayotgan bo‘lsa — bu holatda organizm “to‘xtash” rejimini yoqqandek tuyuladi. Go‘yoki hech qanday parhez ham, mashq ham foyda bermaydi. Bunday vaziyatda muammo moddalar almashinuvi — organizmning og‘irlikdan tortib umumiy holatigacha ta’sir qiluvchi murakkab tizimidagi buzilishlarda bo‘lishi mumkin.

    Foto: Getty Images

    Metabolizm nima va u nega sekinlashadi?

    Bugungi kunda metabolizm (moddalar almashinuvi) haqida juda ko‘p gapirishadi, ammo ko‘pincha mavzu aniq tushuntirilmaydi. Avvalo, unga qanday ta’sir qilish mumkinligini tushunish uchun, bu tushunchaning o‘zi bilan tanishib chiqish kerak.

    Metabolizm — bu tanadagi barcha biokimyoviy jarayonlarning yig‘indisi bo‘lib, uning “tezligi” organizm tinch holatda qancha energiya sarflashi bilan o‘lchanadi.

    Shuningdek, metabolik sindrom degan tushuncha bor — bu uglevodlar, yog‘lar va umumiy moddalar almashinuvining buzilishi bilan bog‘liq holat. Metabolik sindromning asosiy belgilardan biri bu insulin qarshiligi (insulinrezistentlik) bo‘lib, bunda tana to‘qimalari insulinga yomon javob bera boshlaydi. Bu esa vaqt o‘tishi bilan qon tarkibida glyukoza va insulin miqdorining ortishiga, oqibatda moddalar almashinuvining izdan chiqishiga, xususan uning sekinlashishiga olib keladi.

    Ovqatlanish, uyqu va jismoniy faollik moddalar almashinuviga qanday ta’sir qiladi?

    Moddalar almashinuvi tezligi turmush tarziga, ayniqsa ovqatlanish, uyqu miqdori va jismoniy faollik darajasiga bevosita bog‘liq. Tana energiya muvozanatiga juda sezuvchan: agar kaloriya tanqisligi yuzaga kelsa, u darhol “tejash rejimi”ga o‘tadi va almashinuvni sekinlashtiradi. Aksincha, to‘g‘ri va muvozanatli ovqatlanish, ayniqsa oqsil yetarli bo‘lsa, metabolizmni faollashtirishi mumkin — ammo bu odatda qisqa muddatli bo‘ladi.

    Bundan tashqari, organizmning ichki biologik ritmlarini boshqaruvchi mexanizm ham metabolizmda muhim rol o‘ynaydi. Bu ritmlarning tashqi omillar bilan — masalan, uyqusizlik yoki kechqurun ovqatlanish bilan nomuvofiqligi insulinga sezuvchanlikning kamayishiga olib kelishi mumkin. Bu esa 2-tip diabet rivojlanish xavfini oshiradi. 

    Uyqu yetishmasligi gormonlar muvozanatni, jumladan, ishtaha va to‘qlik hissini boshqaruvchi gormonlarni buzadi. Bu esa metabolizmga salbiy ta’sir qiladi. Kundalik biologik ritmlar iste’mol qilinadigan oziq-ovqat, energiya sarfi va insulinga sezuvchanlik jarayonlarini boshqaradi. Ichki bioritm va tashqi muhit orasidagi nomuvofiqlik bu jarayonlarni izdan chiqarib, metabolik kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin.

    Jismoniy faollik, ayniqsa kuch mashqlari, mushak massasining ortishiga xizmat qiladi. Mushaklar esa tinch holatda ham ko‘proq energiya sarflaydi. Mushaklar ulushi qancha yuqori bo‘lsa, metabolizm shuncha faol bo‘ladi. Hatto oddiy kundalik yurish ham almashinuv tezligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

    Foto: Getty Images

    Jins, yosh, gormonlar va genetika: yana nimalar metabolizmga ta’sir qiladi?

    Turmush tarzidan tashqari, moddalar almashinuviga fiziologik omillar ham ta’sir qiladi: jins, yosh, gormonal fon va genetik meros. Erkaklarda metabolizm odatda tezroq bo‘ladi, chunki ularda mushak massasi ko‘proq. Yoshlik o‘tgan sayin almashinuv sekinlashadi, ammo muntazam mashq va sog‘lom ovqatlanish tartibi bilan uni faolligicha saqlab qolish mumkin.

    Genetika ham muhim rol o‘ynaydi. Gormonlar ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, gipotireoz (qalqonsimon bez faoliyatining sustligi) bo‘lsa, to‘g‘ri ovqatlanish va mashq qilinsa ham metabolizm sekinlashadi. Insulin darajasi ham muhim. Doimiy yuqori insulin, ayniqsa tez-tez yeb turish va oddiy uglevodlar haddan ortiq iste’moli natijasida yuzaga kelsa, almashinuv jarayonini sekinlashtiradi. Uch mahal ovqatlanish va atistansiz tartib ushbu gormonning sezuvchanligini saqlashga yordam beradi.

    Qo‘shimchalar va nutritsevtiklar

    Agar uyqu, ovqatlanish va harakat tartibga solinmagan bo‘lsa, hech qanday kapsula metabolizmni yo‘lga qo‘ymaydi. Biroq kompleks tarzda ular haqiqatan foyda berishi mumkin.

    Masalan, insulinga sezuvchanlikning pasayishi holatida qon shakarini me’yorga keltiruvchi vositalar — sarimsoq, koenzim Q10, kletchatka yordam berishi mumkin.

    L-karnitin yog‘larni mitoxondriyaga tashish jarayonida ishtirok etadi va ayniqsa faol jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanuvchilar uchun foydali bo‘lishi mumkin. Bu moddalar tanadagi yog‘ zaxiralarini energiya manbai sifatida samarali ishlatishga yordam beradi.

    Yashil choy, zanjabil va achchiq qalampir ekstraktlari tanadagi termogenik (issiqlik chiqaruvchi) effekt orqali energiya sarfini rag‘batlantiradi. Ayniqsa, yashil choy yaxshi o‘rganilgan: undagi katexinlar va kofein dam olish holatida ham, jismoniy mashq paytida ham yog‘ni oksidatsiya qilishni kuchaytiradi.

    PMC platformasidagi tahlilga ko‘ra, yashil choy ekstrakti kunlik energiya sarfini biroz oshiradi va tana vaznining kamayishiga yordam beradi. Biroq bu ta’sir individual bo‘lib, yanada ko‘p klinik tadqiqotlarni talab qiladi.

    Zanjabil va achchiq qalampir moddasi ham termogenezni kuchaytirishi mumkin, lekin bu boradagi ma’lumotlar hali aniq emas. Hattoki tabiiy qo‘shimchalarni ham ehtiyotkorlik bilan qabul qilish kerak.

    Masalan:
     • Kletchatka (o‘simlik tolasi) — ortiqcha ichak bakteriyalari sindromi (SIBO) bo‘lgan hollarda holatni yanada og‘irlashtirishi mumkin.
     • Sarimsoq — jigar kasalliklarida har doim ham tavsiya etilmaydi.
     • Qo‘shimchalar — homilador ayollar, bolalar va surunkali kasalliklari bo‘lgan kishilar tomonidan faqat shifokor tavsiyasi bilan qabul qilinishi kerak.
     • Semaglutid (Ozempik kabi dorilar) — doimiy nazoratni talab qiladi va uzoq muddat qabul qilinganda salbiy ta’sirlar keltirib chiqarishi mumkin.

    Moddalar almashinuvini tezlashtirishga xalaqit qiluvchi xatolar

    Odamlar metabolizmni faollashtirmoqchi bo‘lganida tez-tez quyidagi xatolarga yo‘l qo‘yishadi:
     • Och qolish — eng keng tarqalgan xato, ayniqsa insulinga sezuvchanlik pasaygan (insulinrezistentlik) vaqtida, bunday holatda och qolish aksincha salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
     • Tez-tez va oz-ozdan ovqatlanish (bo‘lib-bo‘lib ovqatlanish) — bu metabolizmni tezlashtirmaydi, balki oshqozon osti beziga ortiqcha yuk tushiradi.
     • Kaloriya miqdorini keskin kamaytirish — bu almashinuv jarayonining sekinlashuviga va ovqatlanish buzilishlariga olib keladi.
     • Faqat qo‘shimchalarga tayanish — hech bir qo‘shimcha to‘g‘ri uyquni, mashqni yoki muvozanatli ovqatlanishni almashtira olmaydi.

    Natija faqat kompleks yondashuvda bo‘ladi. Qo‘shimchalar faqat yordamchi vosita, xolos. Sog‘lom moddalar almashinuvining kaliti esa o‘zgarmaydi: yetarli uyqu, jismoniy faollik, muntazam ovqatlanish va sog‘liqqa ongli munosabat.

    20 may, 22:45   Izoh (0)   591
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Parhez#Semizlik#Salomatlik#Ozish

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Gipertoniya kasalligining uch asosiy alomati va uni yengishga yordam beradigan 3 tavsiya

    23.02.2021, 08:33

    TikTok’da tobora ommalashayotgan ozishning yangi usuli: bu chindan ham ish beradimi?

    03.11.2021, 19:56

    Qon bosimini nazorat qilamiz: gipertoniyadan saqlanishning 3 ta oson usuli

    30.04.2022, 18:54

    O‘zingizda tekshirib ko‘ring: qandli diabetni qanday aniqlash mumkin?

    27.08.2022, 21:57

    Ishtaha ochilishi: doimo ovqatlanish istagi tinch qo‘ymasa, qanday yo‘l tutish kerak?

    28.08.2022, 09:50

    Ortiqcha yukdan xalos bo‘ling: Qorindagi yog‘ qanchalik xavfli?

    17.01.2023, 13:49

    Teri burmalari, immunitet pasayishi, depressiya: vazn yoʻqotganda organizmda qanday oʻzgarishlar kuzatiladi?

    02.02.2023, 21:42

    Yurganda oyoq og‘risa: sabablari va davo choralari

    11.07.2023, 16:59

    O‘smirlarda uchraydigan semizlik: xavotirga asos bormi va nima qilish kerak?

    24.11.2023, 16:48

    Soch to‘kilishiga olib keladigan kundalik hayotdagi odatlar

    01.03.2024, 14:50

    Nima uchun tunda ovqatlanish zararli va ushbu odatdan qanday qutulish mumkin?

    02.04.2024, 19:55

    “O‘g‘limning vaznidan uyalmayman”: dunyodagi eng badavlat kuyov Anant Ambani qanday kasallikdan aziyat chekadi? (foto)

    22.07.2024, 17:53

    Saraton yosharmoqda: kasallikning eng keng tarqalgan 5 turi va ularning oldini olish yo‘llari

    07.10.2024, 18:22

    Ozish uchun barcha harakatlar besamar bo‘lishiga 11 ta asosiy sabab

    18.12.2024, 16:40

    Ularni har kuni iste’mol qilasiz: semizlikka olib keladigan mahsulotlar

    20 yanvar, 16:49

    Diyetologlar buni aytmaydi: doim sarviqomat bo‘lishning siz bilmagan 5 ta siri

    20 fevral, 17:35

    Ovqatlanish uyqu sifatiga qanday ta’sir qiladi? Mutaxassislar javob beradi

    25 fevral, 16:40

    O‘z-o‘zini mag‘lub etgan tadbirkor, eski raqobatchilar va sobiq hamkorlar bahsi — o‘tgan haftada o‘tkazilgan tenderlarga nazar 

    3 mart, 22:10

    Nima uchun bahorda vitaminlar yordam bermaydi: immunitetni tabiiy oshirish sirlari

    4 mart, 10:30

    108 yoshli yaponiyalik ayol dunyodagi eng keksa sartarosh sifatida rekord o‘rnatdi

    7 mart, 15:35

    Turkiyadagi Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida epilepsiya va serebral falajni davolashning innovatsion usullari

    17 mart, 09:00

    Diyeta va sportsiz: amerikalik ayol birgina odatini o‘zgartirib, 90 kilogramm ortiqcha vazndan xalos bo‘ldi

    3 aprel, 14:45

    Muvaffaqiyatsiz turmush, depressiya va ortiqcha vazn bilan kurash: Nilufar Usmonova haqida ko‘pchilik bilmaydigan ma’lumotlar

    8 aprel, 14:55

    “Sumerki” yulduzi Teylor Lotner hozir qanday ko‘rinishda va nimalar bilan band?

    12 may, 11:24

    Keto, interval ochlik, intuitiv ovqatlanish: qaysi biri tezroq ozishga yordam beradi?

    15 may, 08:00

    Uy sharoitida tayyorlanadigan 4 ta eng mazali muzqaymoq retsepti

    16 may, 11:55

    Miyani zaharlaydi: xotirani susaytiradigan va fikrlash tiniqligini yo‘qotadigan mahsulotlar haqida ogohlantirish berildi

    17 may, 21:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    TezQR InfinBANK orqali Amirsoydagi shalelarga eshiklarni ochadi


    APEX BANK Markaziy savdo ofisi va Bosh ofisini ochishga tayyorgarlik ko‘rmoqda: yangi ko‘lam, yangi imkoniyatlar


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    “Markaziy Osiyo – Uzbekistan Airways qanotlarida”: Moskvada ilk yillik biznes forum bo‘lib o‘tdi


    Jamg‘armalarni qanday ishlatish kerak: ko‘chmas mulk va investitsiya paketlarini solishtiramiz


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    “O‘zbekinvest” Italiya va Ispaniya sug‘urta kompaniyalari bilan hamkorlik bitimlarini imzoladi


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    Yangi Note 50: metal hoshiyali, super tezkor 90W zaryadlash, MagCharge simsiz zaryad qurilmasi sovg‘a sifatida


    BASHKENT turar joy majmuasida 1 iyun – Bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan mental arifmetika bo‘yicha Chempionat bo‘lib o‘tadi!


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    Ucell: Ustyurt platosining asosiy yo‘l bo‘linmalarida mobil aloqa


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    Ishonchli tanlov: Haval M6 va 0 % dan boshlanadigan kredit

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yevropa Ittifoqi Suriyaga nisbatan iqtisodiy sanksiyalarni bekor qilishga qaror qildi

    Dunyo | 20 may, 23:50

    Britaniya G‘azodagi operatsiya tufayli Isroil bilan savdo muzokaralarini to‘xtatdi

    Dunyo | 20 may, 23:35

    Qozog‘istondan O‘zbekistonga 1 mln dollarlik sintetik giyohvandlik vositalarini olib kirmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 20 may, 23:20

    Crocus’dagi terror hujumidan yetkazilgan zarar 75 mln dollarni tashkil etgani ma’lum qilindi

    Dunyo | 20 may, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 20-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 20 may, 23:00

    Parhez va og‘ir mashqlarsiz ozish siri: moddalar almashinuvini tezlashtirish uchun xatolardan voz keching

    Layfstayl | 20 may, 22:45

    “Bayden hujjatlarni o‘zi imzolamagan” — Tramp

    Dunyo | 20 may, 22:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.