Kanada Oq uy bilan munosabatlardagi keskinlikni pasaytirish maqsadida Amerika tovarlarining keng doirasiga qo‘llangan javob bojlarini bekor qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
-ggNFMGmX.avif)
Bu AQSH, Meksika va Kanada o‘rtasidagi kelishuvga mos keladigan barcha mahsulotlarga taalluqli bo‘ladi.
Ta’kidlanishicha, bosh vazir Mark Karni o‘z qarorini 22 avgust, juma kuni Vazirlar Mahkamasi a’zolari bilan uchrashuvdan so‘ng e’lon qiladi.
Agar bu amalga oshsa AQSHda ishlab chiqarilgan keng turdagi iste’mol tovarlari endi 25 foizlik bojga tortilmaydi. Kanada esa o‘z tarif siyosatini AQSH choralari bilan ko‘proq muvofiqlashtirish uchun o‘zgartirmoqchi.
2025-yil fevral oyida AQSH Kanadadan import qilinadigan tovarlarga 25 foizlik bojxona to‘lovlarini joriy etdi. Kanadadan import qilinadigan energiya va energiya resurslari bundan mustasno bo‘lib, ularga 10 foizlik tarif belgilandi. Ushbu choralarning maqsadi AQSH savdo taqchilligini kamaytirish, noqonuniy immigratsiyani to‘xtatish va Kanada hamda Meksika chegaralari orqali fentanil yetkazib berishni to‘xtatishdan iborat.
Bunga javoban Kanada AQSHning bir qator tovarlariga, xususan, oziq-ovqat mahsulotlariga 25 foizlik bojlar joriy qildi. Boj solinadigan Amerika mahsulotlari orasida go‘sht, sut va sut mahsulotlari, meva va sabzavotlar bor.
Izoh (0)