Qashqadaryodan Toshkentga sotish uchun olib kelinayotgan 600 kilogrammdan ortiq go‘sht mahsuloti musodara qilindi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar qildi.
Joriy yilning shu davriga qadar Jizzax viloyati hududida 1,5 tonnaga yaqin yaroqsiz go‘sht mahsulotlari isteʼmolga chiqib ketishining oldi olingan.

O‘tkazilgan reyd tadbirlarining birida ham hech qanday tegishli hujjatlarsiz, tashish qoidalariga zid ravishda Qashqadaryodan Toshkentda sotish uchun olib ketilayotgan 600 kilogramm go‘sht mahsuloti aniqlandi.
Laboratoriya tekshiruvlari isteʼmolga yaroqsiz ekanligini ko‘rsatgan ushbu yirik shoxli hayvon go‘shtlari Cobalt mashinasining salon va yukxona qismlariga joylashtirilgan bo‘lgan. Mahsulot yoqib, yo‘q qilingan.
29 yoshli haydovchiga nisbatan esa Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan bayonnoma rasmiylashtirilib, 412 ming so‘m jarima jazosi tayinlangan.
Soha xodimlari har bir isteʼmolchi sotib olayotgan mahsulotining sotuvchidan tibbiy daftarchasi va veterinar xulosasini talab qilishi kerakligini eslatgan.
Izoh (0)